Tekshirish (sinash, o’lchash, tahlil) usullariga standartlar birinchi navbatda mahsulot (xizmat) sifatiga qo’yilgan barcha majburiy talablarni har tomonlama tekshirishni ta’minlash kerak.
Standartda belgilangan tekshirish usullari ob’ektiv, aniq va natijalarni qaytarilishini btlgilash kerak.
Bunga erishish uchun standartlarda o’lchash xatoliklari va boshqa xalqaro ISO standartlarida keltirilgan ko’rsatkichlar bo’lishi kerak.
Har bir usul uchun joyiga qarab quidagilar belgilanadi:
- sinovlarni o’tkazish vositalar va yordamchi qurilmalar;
- sinovlarni o’tkazish uchun tayyorlanish tartibi;
- sinovlarni o’tkazish tartibi;
- sinov natijalarni tahlil qilish qoidalari;
- sinov natijalarni qayd qilish qoidalari;
- sinovlarning ruxsat etilgan xatoligi.
Standartlar toifalari
O’zbekiston Respublikasida standartlashga doir quidagi me’yoriy hujjatlar qo’llaniladi:
- xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
- O’zbekiston Respublirasining davlat standartlari;
- tashkilotning standartlari;
- xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Davlat standartlari quyidagilar uchun ishlab chiqariladi:
- bir turdagi mahsulotning
ko’rsatkichlari uchun;
- atrof muhit, inson sog’ligi,
ta’minlovchi talablar uchun;
asosiy texnik va foydalanishdagi
xayoti va mulkining xavfsizligini
– mahsulotlarning texnik va axborot mosligi va o’zaroalmashinish talablari uchun;
O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida”gi Qonuni 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan. Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan:
- O’zR 26.05.2000 y. 82-II-Qonuni,
- O’zR 25.04.2003 y. 482-II-Qonuni,
- O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni
Do'stlaringiz bilan baham: |