Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlar va xizmatlar
- Bosim va vakuum O‘V qiyoslash laboratoriyasi
11-AMALIY MASHG‘ULOT
BOSIM VA SARF O‘LCHAGICHLARINI O‘LCHASH VA FIZIK-KIMYOVIY, OPTIK-FIZIKAVIY VA HARORAT KATTALIKLARI ILMIY-ISHLAB CHIQARISH BO‘LIMLARINING FAOLIYATINI O‘RGANISH Ishning maqsadi: Yoqilg‘i, issiqlik, suv yetkazib beruvchilari va iste’molchilari o‘rtasidagi O‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligi faqat magistral neft- va gazquvur yo‘llarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarida, neft va gazni hisobga olish uzellarida, issiqlik- va suvta’minot tizimlarida gaz, suv, issiqlik, elektr energiyasi va neft mahsulotlari sarfini o‘lchash vositalarining asosli va mustaqil metrologik ta’minoti sharoitida kafolatlanishi mumkin. Ishlar va xizmatlar: – suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarining (qiyoslash uskunalari, sarf o‘lchagichlar, hisoblagichlar, sig‘im o‘lchovlari, hisobga olish tizimlari va uzellari) turini tasdiqlash maqsadida sinash; – suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarini (qiyoslash uskunalari, sarf o‘lchagichlar, hisoblagichlar, sig‘im o‘lchovlari, hisobga olish tizimlari va uzellari) qiyoslash va kalibrlash; – suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash usuliyatlarini ishlab chiqish; – o‘lchash vositalari va sinov asbob-uskunalarini metrologik attestatlash dasturlarini ishlab chiqish; – suyuqlik va gazlarning hajmi va sarfini o‘lchash tizimlarini ishlab chiqish va yaratish uchun texnik topshiriq va ishchi loyihalarning metrologik ekspertizasi; – korrektorlar, hisoblagichlar, kontrollerlar, shuningdek taqsimlangan ASU tizimlarining dasturiy ta’minotini attestatlash; – standart, maxsus toraytiruvchi qurilmalar va gaz sarf o‘lchagich-hisoblagichlari yordamida o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasida ilmiy-texnik faoliyatning amalga oshirilishi; – texnik topshiriq va talablar, ishchi va texnik loyihalar, suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash usuliyatlari (usullari)ning metrologik ekspertizasi. Bosim va vakuum O‘V qiyoslash laboratoriyasi – Manometrlar, vakuummetrlar, ko‘rsatuvchi (jumladan shartli shkalali), O‘zi yozar manovakuummetrlar hamda pnevmatik va elektr chiqish signallariga ega o‘lchash bosim O‘zgartirgichlari (jumladan raqamli kod ko‘rinishida); – Vakuummetrlar, manometrlar, yukporshenli manovakuummetrlar; – Kalibratorlar, bosim beruvchilar (jumladan avtomatik); – Bosim O‘zgartirgichlari; – Differensial manometrlar, tortish kuchi o‘lchagichlari, bosim o‘lchagichlar, tortish kuchi-bosim o‘lchagichlar. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling