Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘limning asosiy vazifasi
- Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklari
ilmiy ishlab–chiqarish bo‘limi Issiqlik texnika va fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash bo‘limi (09-bo‘lim) “O‘ZMMI” DK tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Fizik-kimyoviy, optika-fizikaviy va harorat o‘lchashlar – kimyo, tibbiyot, neftni qayta ishlash, kon metallurgiyasanoatlarining barcha sohalarida, laboratoriya tibbiyotida va atrof muhit muhofazasida ishonchli axborot olish uchun, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari, ish joylari va h.k. sanitariya-gigiyenik normativlarining nazoratini ta’minlash uchun asos bo‘lgan, talab eng katta bo‘lgan o‘lchash turlaridan biridir. Bo‘limning asosiy vazifasi: • fizik-kimyoviy, optika-fizikaviy va harorat o‘lchashlar sohasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash;; • ishlar va xizmatlarni eng yuqori professional darajada bajarish; • ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish; • o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasida mavjud ish turlarini saqlab qolish va yangi ish turlarini O‘zlashtirish; • bo‘lim mutaxassislarining malakasi va professional saviyasini oshirish; • ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozori va Buyurtmachilar ehtiyojlarining monitoringini o‘tkazish. Belgilangan akkreditatsiya doirasiga muvofiq bo‘lim zarur va muntazam ravishda yangilalanib turadigan etalon bazaga ega. Bo‘limda barcha ishlar o‘lchashlar birliligini ta’minlashsohasidagi malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: Qiyoslash va kalibrlash, moddaning fizik-kimyoviy tarkibi va xossalarini O‘V, shu jumladan: -konduktometrlar -sut sifati analizatorlari -xromatograflar (suyuqlikka oid va gazga oid) -havo probalarini tanlab olish uchun aspiratorlar -rN-metrlar -ion o‘lchagichlar -tuz o‘lchagichlar -elektrodli tizim imitatorlari -gaz analizatorlari (ko‘chma, statsionar) -signalizatorlar (statsionar) -zaxarli gazlarning miqdorini aniqlovchi o‘lchash vositalari (techeiskatel) -gazdagi namlik o‘lchagichlari (statsionar) -viskozimetrlar (kapillyar, rotatsion va shartli qovushqoqlikni aniqlash uchun) -neft va gaz sanoatiga oid analizatorlar (neft mahsulotlarining sifatini nazorat qilish uchun) -areometrlar (neftedensimetrlar, laktodensimetrlar, spirt o‘lchagichlar, saxarimetrlar) -zichlik o‘lchagichlar (ko‘chma, statsionar, qo‘lda olib yuriladigan) -shaxta interferometrlari -polyarograflar -neft mahsulotlarining chaqnash haroratini aniqlash asboblari (ochiq va yopiq tiglda) (avtomatlashtirilgan) -gaz bilan ifloslanganlikni aniqlash tizimi -spektrograflar -titratorlar -turbidimetrlar -YAMR-moydorlik analizatorlari -spektrometrlar -xlor analizatorlari -kislorod analizatori Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling