Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoslash tadbirlari Metodlar va tadbirlarning o‘tkazilishi Hisoblash vositalari
- Xavfsizlik talablari
- Qiyoslash sharoitlari
- Qiyoslashni o‘tkazish
Qiyoslashda 1-jadvalda keltirilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Qiyoslash tadbirlari va vositalari 13.2-jadval
Qiyoslashda 1-jadvalda ko‘rsatilganlaridan tashqari, O‘zining texnik va metrologik parametrlari bo‘yicha aniqligi past bo‘lmagan qiyoslash vositalarining qo‘llanilishiga ruxsat beriladi. Xavfsizlik talablari Qiyoslashni o‘tkazishda ekspluatatsion hujjatlarga muvofiq holda analizator, o‘lchashlarning etalon vositalari, sinash qurilmalariga bo‘lgan xavfsizlik talablariga rioya qilinishi kerak. Undan tashqari tashkilotning xavfsizlik bo‘yicha talablariga rioya qilinishi zarur. Qiyoslash sharoitlari qiyoslash tadbirlari atrof – muhitning barqaror temperaturasida o‘tkazilishi kerak qiyoslash tadbirini o‘tkazish sharoitlari; atrof – muhit temperaturasi plyus 5 dan 40 0S qiyoslash vaqtidagi nisbiy namlik 30% dan 80%gacha atmosfera bosimi 86 dan 106.7 kPa ta’minlash kuchlanishi nominal qiymatdan 2 % ortmasligi; namlikning massasi ulushini o‘lchashda raqamlangan shkalaning bo‘lim qiymati 0,1 yoki 0,01 qatordan ekspluatatsion hujjatga muvofiq tanlanadi. Qiyoslashni o‘tkazish Tashqi ko‘rik. Tashqi ko‘rikda qiyoslanayotgan analizatorning ekspluatatsion va texnik hujjatlarining muvofiqligi o‘rnatilishi kerak. Qiyoslanayotgan analizator tashqi ko‘rikka quyidagi maqsadlar uchun tortiladi: Xavfsizlik belgisi mavjud bo‘lsa xam, ko‘rinib turadigan buzilishlarning bo‘lmasligi; Majburiy yozuvlar, qiyoslanganlik belgisi, nazorat belgilari (kleymo, plomba va b.q) mavjudligi; Nosanksionar foydalanish bo‘yicha himoya vositalarining ishchi holatda ekanligi ya’ni, nosanksionar foydalanishning yo‘qligini tekshirish; Ushbu talablarning birortasi bajarilmasa qiyoslanayotgan analizator qiyoslashdan o‘tmagan xisoblanadi. 4.2.1. ishlatib ko‘rishda tekshiriladi: - indikatsiya qurilmalarining ishga yaroqliligi; - namuna massasini ifodalash rejimida analizator ko‘rsatishlarini operator komandasi bo‘yicha “0” ga o‘rnatish qurilmasining ishi; - analizatorni daraja bo‘yicha o‘rnatilishini, darajaga o‘rnatish qurilmasi yordamida o‘rnatish imkoniyati; - ekspulatatsion hujjatlarda kO‘zda tutilgan funksional imkoniyatlarning ishga yaroqliligi; 4.2.2. analizator ko‘rsatishlarini “0” ga o‘rnatish qurilmasining ishi quyidagi tartibda tekshiriladi: analizator pallasiga tosh qo‘yiladi va “Tare/Reset”tugmasi bosiladi. Displeyda “nol”inchi ko‘rsatishlar o‘rnatilishi kerak. Tosh olib tashlangach displeyda o‘rnatilgan toshning massasiga teng bo‘lgan minus ishorali massa qiymati o‘rnatilishi kerak. Bu tadbirlar 4.3 bo‘yicha analizatorning metrologik xarakteristikalarini tekshirish bilan birga o‘tkazilishi mumkin. 4.2.3. ishlatib ko‘rishda dasturiy ta’minotni R50.2.077-2011 “GSI. Ispitaniya sredstv izmereniy v selyax utverjdeniya tipa. Proverka obespecheniya zashiti programmnogo obespecheniya”. 4.2.4. talablardan birortasi bajarilmay qolgan holda qiyoslanayotgan analizator qiyoslashdan o‘tmagan bo‘lib hisoblanadi. 4.3 metrologik xarakteristikalarni tekshirish Ushbu metodikaga asosan namuna namligining massaviy ulushi va absolyut xatolikning yo‘l qo‘yiladigan qiymatini tekshirish ushbu metodikaga asosan ikkita bosqichda bajariladi. Birinchi bosqich toshdan foydalangan holda amalga oshiriladi. Metrologik xarakteristikalar massani o‘lchash rejimida aniqlanadi: A) namuna massasining eng yuqori qiymatidan namuna massasining eng kichik qiymatigacha (yuksizlantirishda) bo‘lgan diapazonida o‘lchash xatoligini. B) analizator ishini namunaning massasining ifodalash rejimida ko‘rsatishlarni “0”ga o‘rnatish qurilmasining ishlaganida tekshirish. V) qiyalikning ta’sirini tekshirish. Ikkinchi bosqich namlikning massali ulushini xisoblash algoritmining to‘g‘riligini tekshirishdir. Metrologik xarakteristikalarni 4.3.1. – 4.3.5 bo‘yicha tekshirishdan oldin, qiyoslanayotgan nam o‘lchagichni ekspluatatsion hujjatlarga muvofiq holda yustirovka o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. 4.3.1. analizator ishini namuna massasining qiymatini ifodalash rejimida tekshirish 4.3.1.1. qator sinash yuklamalari L – (toshning) namuna massasining eng katta qiymatidan (keyinchalik Max) “nol”gacha o‘rnatiladi. Undan kam bo‘lmagan turli sinash yuklamalaridan foydalaniladi. Tanlangan yuklamalarning qiymati O‘ziga eng kam va eng ko‘p bo‘lgan namuna massasining qiymatlarini olishi kerak. Yuklama (massa) asta – sekin kamayishi (yuksizlanish) kerak 4.3.1.2. xatolikni baxolash Analizator ko‘rsatish, yaxlitlashdan oldin ko‘rsatishlar O‘zgaradigan nuqtalarni belgilab aniqlanadi. Pallaga qo‘yilgan L – yuklamada I –mos ko‘rsatish yozib olinadi. Yuklamani ketma – ket toshlar bilan 1 kg kattalikda oshirib boriladi. Bu jarayon ko‘rsatish bir bo‘linmaga (5 mg) oshmaguncha davom ettiriladi. Yuk qo‘yiladigan qurilmaga qo‘yilgan I qo‘shimcha yuklamada, R – ning ko‘rsatishi yaxlitlashdan oldin (3.1) – formuladan (mg) aniqlanadi. P=I+2,5- L (3.1) Yaxlitlashdan oldin ko‘rsatishlar xatoligi ifodadan aniqlanadi (mglarda) E=P-L= I+2,5- L-L (3.2) Korreksiyalangan Yes – xatolik yaxlitlashdan oldin ifodadan aniqlanadi Ec=E - E0 ≤ 5 (3.3) Bu yerda YE0 – xatolik bo‘lib, (3.2) ifoda bo‘yicha “0” ko‘rsatishda yoki “0”ga yaqin bo‘lgan yuklamada (masalan R=5 mg) hisoblangan. Ko‘rsatishlarning 1 – 80 g bo‘lgan diapozonida (3.3) tengsizlik bajarilishi kerak. 4.3.2. ko‘rsatishlarni “nol”ga o‘rnatish qurilmasi ishlaganda analizator ishini namuna massasini ifodalash rejimida tekshirish. Tadbir massaning ikki qiymatida o‘tkaziladi, taxminan massaning 1/3 va 2/3 maksimal qiymatida, bu qiymat “0”ga tenglashtirilishi mumkin. Analizator ishining 4.3.1 bo‘yicha namuna massasining qiymatini ifodalash rejimida tekshiruvi o‘tkaziladi. 4.3.3. Qiyalik ta’sirini tekshirish. 4.3.3.1. Analizator bo‘ylama yo‘nalishda oldinga va orqaga va ko‘ndalang yo‘nalishda u tomondan bu tomonga qiyalashtiriladi. Ko‘rsatishlar nolga o‘rnatilgach normal (qiyalanmagan) holatda nolinchi yuklamada va ikkita sinash yuklamasida ko‘rsatishlar aniqlanadi. Undan keyin “0” – yuklamada va ikkita sinash yuklamalarida ko‘rsatishlar aniqlanadi. 4.3.3.2. Yuksiz qiyalatish. Normal xolatda (qiyalatmasdan) ko‘rsatish “0”ga o‘rnatiladi. Keyin analizator ko‘ndalang yo‘nalishda indikatorning chegaraviy qiymatigacha qiyalantiriladi. Yuksiz analizatorning ko‘rsatishi yozib olinadi. Tadbir ko‘ndalang yo‘nalish uchun takrorlanadi. Xatolik 4.3.1.2 ga ko‘ra baxolanadi. Analizatorning “0” yuklamali va normal holatidagi va analizatorni burchak ostida (daraja ko‘rsatkich qiyalantirishdagi chegaraviy ko‘rsatishdagi) o‘rnatishdagi ko‘rsatishlar farqi 3 mgdan oshmasligi kerak. 4.3.3.3. Yuk bilan qiyalashtirish Analizatorning normal rejimida ko‘rsatish “0” o‘rnatiladi va keyin, yuk bilan ikki marotaba tortish bajariladi., birinchisida namuna massasining eng kichik qiymatiga yaqin bo‘lgan va namuna massasining maksimal qiymatiga yaqinroq bo‘lgan yuk bilan. Bandan keyin analizator, yuksizlantiriladi, bo‘ylama yo‘nalishda (oldinga va orqaga) qiyalatiladi va ko‘rsatkich “0” ga o‘rnatiladi. Qiyalashtirish daraja indikatorining chegaraviy qiymatigacha bajariladi. Aynan, o‘sha ikkita yuk bilan tortish bajariladi. Qiyalashtirishning ko‘ndalang yo‘nalishlarida aynan shu tadbirlar takrorlanadi. Xatolik 4.3.1.2. ga muvofiq baxolanadi. Analizatorning normal xolatidagi va analizatorni burchak ostida (daraja ko‘rsatkichning chegaraviy ko‘rsatishidagi qiyalashtirish) o‘rnatishdagi ko‘rsatishlar orasidagi farq 5 mg dan ortmasligi kerak. 4.3.4. Moslikni tekshirish Tortishning ikkita seriyasi o‘tkazilishi kerak: dastlab, 50% li yuklama bilan, keyin namuna massasining 100% ga yaqin bo‘lgan eng ko‘p qiymati bilan. Har bir seriya 10 ta o‘lchashlardan tashkil topishi kerak. Sanashlarni analizator yuklangan va yuksizlangan analizatorning tortishlari orasida muvozanat xolatiga qaytgan vaqtda o‘tkazish zarur. Ko‘rsatishlarning tortishlar orasida “0” dan chetlangan xolati kuzatilsa, ko‘rsatishlar “0” ga keltirilishi kerak.har bir yuklashda analizatorning ko‘rsatishi yozib olinadi va 4.3.1.2. bo‘yicha xatolik baxolanadi. Analizatorning tortishlar seriyasidagi eng kichik va eng katta ko‘rsatishlari orasidagi farq 5 mg dan ortmasligi kerak. 4.3.5. Namlikning massaviy usulini o‘lchashning diapozoniva xatoligini tekshirish. 4.3.5.1. Qiyoslashda namlikning massaviy ulushini o‘lchashning diapozoni va xatoligini aniqlash analizatorning ko‘rsatishi bo‘yicha namlikning massaviy ulushini hisoblash algoritmining to‘g‘riligini tekshirish orqali o‘tkaziladi. Xatolikni aniqlashdan oldin, analizator, namlikning massaviy ulushi (namlik)ni o‘lchashga, analizatorning foydalanish bo‘yicha qo‘llanmasi asosida tayyorlanishi kerak. Nochigraskop, barqaror, qizdirishga chidamli bo‘lgan yuk (yoki tosh) va distillangan suv analizator pallasiga alyumin taglikdan foydalanib joylanadi. Quritishning quyidagi rejimlari o‘rnatiladi: - Quritish rejimi, avtomatik; - Quritish temperaturasi 180 0S. Yuk (tosh) toshi va suvni alyumin taglikka joylanishidan oldin displeyda analizator ko‘rsatishini “nol”ga o‘rnatish (Tare/Reset tugmasi) qurilmasi yordamida nolga o‘rnatiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling