Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
O‘lchash natijalarining mosligi
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarozilar ko‘rsatishining o‘rtakvadratik og‘ishning aniqlash
O‘lchash natijalarining mosligi
O‘lchash natijalarining mosligi ularning chetlanishi bo‘yicha baxolanadi. O‘lchash natijalarining chetlanishini raqamli indikatsiyaning yaxlitlanish xatoligini inobatga olmasdan hamda “nol”ni o‘rnatish xatoligisiz aniqlanadi. O‘lchash natijalarining chetlanishini aniqlanishi tortishning eng yuqori chegarasiga 50% va 100% yaqin yuklamalarda o‘tkaziladi. O‘lchashlarning har bir seriyasi 6 tadan kam bo‘lmagan o‘lchashlar soniga ega bo‘lishi kerak. Agar tarozilar “0”ga o‘rnatishning avtomatik qurilmasiga ega bo‘lsa u holda ushbu qurilma o‘chirilgan bo‘lishi kerak. O‘lchash natijalarining chetlanishini aniqlash quyidagicha o‘tkaziladi. Tarozi displeyida “nol” ko‘rsatishlar o‘rnatiladi. Keyin platforma markaziga navbatma – navbat toshlar joylashtiriladi va xar safar yuklamali tarozi ko‘rsatishlari yozib olinadi. O‘lchash natijalarining chetlanishi raqamli indikatsiya xatoligini bartaraf qilish orqali aniqlanadi, buning uchun qo‘shimcha toshlardan foydalaniladi va Mk – tarozilarning ko‘rsatishlari yaxlitlashgacha bo‘lgan korreksiyalangan ko‘rsatishlari (3.1) ifodadan hisoblanadi. O‘lchash natijalarining chetlanishi (R) tarozilarni yaxlitlashgacha bo‘lgan eng katta va eng kichik korreksiyalangan ko‘rsatishlarining farqi sifatida aniqlanadi (har bir seriyadagi o‘lchashlar sonidan) R=Mkmax – Mkmin(3.3) Bu yerda Mkmax, Mkmin– tarozilarning yaxlitlashgacha bo‘lgan eng ko‘p va eng kam korreksiyalangan ko‘rsatishlari (raqamli indikatsiyani yaxlitlashning bartaraf qilingan xatoligi bilan) O‘lchash natijalarining chetlanishi tarozilarning yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning absolyut qiymatlaridan ortmasligi kerak va bunda, har qanday alohida o‘lchashning xatoligi tarozilarning berilgan yuklamasi uchun bo‘lgan yo‘l qo‘yiladigan xatolikdan ortmasligi kerak. Tarozilar ko‘rsatishining o‘rtakvadratik og‘ishning aniqlash Tarozilar ko‘rsatishning o‘rtakvadratik chetlanishining aniqlanishi tarozilarning eng yuqori tortish chegarasiga massasi bo‘yicha maksimal yaqin bo‘lgan toshlarni tarozilarning platformasiga o‘n karra markaziy – simmetrik yuklash bilan amalga oshiriladi. Har bir yuklashdan oldin tarozilar “0”ga o‘rnatiladi. Tarozilarning ko‘rsatishlari bo‘yicha o‘rta kvadratik og‘ish ifoda bo‘yicha hisoblanadi. (3.4) Bu yerda Mi – i – yuklamadagi tarozilarning ko‘rsatishi Mo‘r – o‘nta ko‘rsatishning o‘rta arifmetigi Tarozilar ko‘rsatishining o‘rta kvadratik og‘ishi tarozilarning yo‘l qo‘yiladigan chegaralari absolyut qiymatining 1/3 dan oshmasligi kerak Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling