Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Tarozining xatoliklarini yuklamaning markazlashmagan holatida aniqlash


Download 1.47 Mb.
bet31/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

Tarozining xatoliklarini yuklamaning markazlashmagan holatida aniqlash
Tarozilarning yuk qabul qilish platformaga toshlar yuklanadi (2 tadan ortmagan tosh) ularning massasi 1/3 eng katta o‘lchash chegarasiga maksimal yaqin. Dastlab, toshlar platforma markaziga joylanadi keyin xuddi rasmda ko‘rsatilganidek platforma markaziga navbatma-navbat joylanadi.

Toshlar platforma tashqarisiga chiqib ketmasligi kerak. Toshlarning har bir holatida tarozining ko‘rsatishi qayd qilinadi.


Yuklamaning markazlashmagan holatidagi xatoligi (3.1) va (3.2) ifoda bilan hisoblanadi. Tarozilarning har bir o‘lchashdagi xatoligi berilgan yuklama uchun yo‘l qo‘yiladigan chegaradan tashqariga chiqmasligi kerak
Tara massasining tanlanishidan keyin tarozilarning xatoligini aniqlash
Tara massasining tanlanishidan keyin tarozilarning xatoligini aniqlanishi, tarozi platformasida yuklamaning markazlashgan-simmetrik holatida taraning qiymati bo‘yicha 500ye ga 1/3 yoki tortishning 2/3 o‘lchashning eng yuqori chegarasiga yaqin bo‘lgan ikkita turli qiymatlarida o‘tkaziladi.
Tara massasi tanlanishidan keyin xatolikning aniqlanishi quyidagi tarzda o‘tkaziladi. Tarozilar displeyida nolinchi ko‘rsatishlar o‘rnatiladi. Yuk qabul qiluvchi platformaga tara massasining birinchi qiymatiga teng bo‘lgan massali tosh o‘rnatiladi. Tarozining foydalanish bo‘yicha qo‘llanmasiga muvofiq holda tara massasining tanlanmasi o‘tkaziladi va bunda displeyda nolinchi ko‘rsatishlar o‘rnatilib bo‘lishi kerak keyinchalik tarozilar platformasi ketma – ket beshta yuklama bilan yuklanadi va yuksizlantiriladi. Ularning massa qiymatlari tortishning eng kichik qiymatidan nettoning maksimal mumkin bo‘lgan qiymatigacha tekis taqsimlangan bo‘ladi. Taraning va yuklama massasining jamlangan qiymati tortishning eng katta qiymatidan ushbu tarozi modeli uchun ortib ketmasligi kerak. Xar bir netto uchun xatolik (3.1) va (3.2) ifodalar bo‘yicha hisoblanadi. Nettoning beshta yuklamasi uchun tara massasining ikkinchi qiymatida tarozining xatoligi aynan shunday aniqlanadi. Tara massasining tanlanishidan keyin xatolik tarozilarning netto massasi uchun o‘lchash intervallarida xatoliklarning yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan ortmasligi kerak.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling