Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


O‘lchash vositalarini kalibrovkalovchi laboratoriyalarga qo‘yiladigan


Download 1.47 Mb.
bet39/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

O‘lchash vositalarini kalibrovkalovchi laboratoriyalarga qo‘yiladigan
talablar tahlili
Kalibrlash ishlarini bajaruvchi va O‘z faoliyatini akkreditlashga da’vogar bo‘lgan laboratoriya O‘zDst ISO/IEC 17025 – standartining kalibrlash laboratoriyalarining kompetentligiga bo‘lgan talablariga muvofiq ish yuritishi kerak, xususan;
- Rahbariy va texnik xodimlarga ega bo‘lishi;
- Axborotning konfidensialligini himoyasini ta’minlovchi qoida va protseduralarga ega bo‘lishi;
- Laboratoriyaning kompetentligiga ishonchni pasaytiruvchi ta’sirlarni yo‘qotuvchi qoida va protseduralarga ega bo‘lishi;
- Kalibrlovchi laboratoriyaning korxona tuzilmasidagi o‘rnini va uning boshqaruv va tashkiliy tuzilmasini aniqlash;
- Barcha xodimlarning kalibrlash sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlarni bajarilishida javobgarlik va vakolatlarni o‘rnatishlik;
- Kalibrlashni o‘tkazuvchi xodimlar ustidan stajyorlarni qo‘shgan xolda nazoratni ta’minlash;
- Kalibrlash laboratoriya ishining talab etilgan darajadagi sifatini ta’minlash uchun texnik administratsiyaga ega bo‘lishi;
- Bitta xodimni sifat boshqaruvchisi etib tayinlash
- Tashkilotning sifat tizimi va kalibrlash ishlarini bajarishi hujjatlashtirilishi kerak.
Kalibrlash ishlarining sifatini quyidagi omillar aniqlaydi:
- Xodim;
- Bino va atrof-muhit;
- Kalibrlash metodikasi;
- Kalibrlash vositalari;
- O‘lchashlarning kuzatiluvchanligi;
- Kalibrlanuvchi o‘lchash vositalariga yondashuv;
- Kalibrlovchi laboratoriyaning mutaxassislari texnika xafvsizligi qoidalarini bilishini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi kerak;

  • Kalibrlovchi laboratoriyaning barcha binolari quriliish va sanitariya normalariga mos kelishi kerak;

  • Injenerlik kommunikatsiyalari o‘lchash vositalarini kalibrlashga tayyorlashi va o‘tkazish bo‘yicha kompleks ishlarni bajarilishini ta’minlashi kerak;

  • Sklad binolari normativ hujjatlar asosida o‘rnatilgan saqlash sharoitlarini kalibrlashga keltirilgan o‘lchash vositalari uchun ta’minlashi kerak.

  • Ishlab chiqarish binolari kalibrlash uchun kalibrlash metodikasida ўрнатилган talablarga muvofiq kelishi kerak.

  • O‘lchash vositalarini kalibrlash laboratoriyada mavjud bo‘lgan yoki o‘lchash vositasining foydalanuvchisi taqdim etgan kalibrlash metodikasi asosida o‘tkaziladi;

  • O‘lchash vositasini kalibrlash metodikasiga bo‘lgan talablar O‘zDst 8.029 da keltirilgan.

  • Foydalaniladigan yordamchi qurilmalar O‘zDst 8.017 bo‘yicha attestatsiyalanishi kerak.

  • Qo‘llanilishiga ko‘ra o‘lchash vositalari O‘zDst 8.003 bo‘yicha qiyoslanishi va O‘zDst 8.004 asosida kalibrlanishi kerak.

  • Kalibrlash laboratoriyasida qo‘llaniladigan etalonlar va namuna o‘lchash vositalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat metrologiya xizmatlari tomonidan qiyoslash (kalibrlash)dan o‘tishi kerak.

  • O‘lchash vositalarini kalibrlashga taqdim etish O‘zDst 8.029 talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

  • Kalibrlash laboratoriyasi taqdim etilgan barcha o‘lchash vositalarini qaydlovdan o‘tkazishi va quyidagi ma’lumotlarni saqlab qolishi kerak:

  • O‘lchash vositasining nomi;

  • O‘lchash vositasining turi;

  • O‘lchash diapazoni va aniqligi bo‘yicha asosiy xarakteristikalari (aniqlik klassi, yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar chegarasi);

  • O‘lchash vositasini ishlab chiqaruvchisi (firma yoki mamlakat);

  • O‘lchash vositasining idintifikatsion ma’lumotlari (zavoddan chiqish tartib raqami. Ishlab chiqarilgan yili);

  • Kalibrlashni o‘tkazish tartibi va natijalarini rasmiylashtirish O‘zDst 8.029 bo‘yicha;

  • Kalibrlanganligi to‘g‘risidagi sertifikat shakli va to‘ldirilishiga doir talablar O‘zDst 8.029 bo‘yicha;

  • Kalibrlash laboratoriyasi quyidagi hujjatlar komplektiga ega bo‘lishi kerak:

  • Kalibrlash laboratoriyasining huquqiy statusi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiqligi;

  • Kalibrlash laboratoriyasi to‘g‘risidagi nizom;

  • Kalibrlash laboratoriyasining pasporti;

  • Akkreditlanganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

  • Normativ hujjatlar;

  • O‘lchash vositalarini kalibrlash metodikasi;

  • Lavozim yo‘riqnomasi.

Kalibrlash laboratoriyasining faoliyatini aniqlovchi asosiy huquqiy hujjati bo‘lib “Laboratoriya to‘g‘risidagi nizom” hisoblanadi.

  • Nizomda quyidagilar bayon qilingan bo‘lishi kerak:

  • Kalibrlash laboratoriyasining yuridik statusi;

  • Administrativ jihatdan bo‘ysunishi;

  • Laboratoriyaning maqsad va vazifalari;

  • Laboratoriyaning huquqi, majburiyatlari va javobgarligi;

Nizom akkreditlovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Kalibrlash laboratoriyasi hujjatlashtirilgan sifat menejmenti tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Tizimning hujjatlar kompleksi “Sifat bo‘yicha qo‘llanma” va protsedura hujjatlaridan tashkil topishi kerak. Sifat bo‘yicha qo‘llanma, laboratoriyaning faoliyat sohasi hisobga olingan holda va O‘zRH 51 – 054 talablariasosida ishlab chiqiladi.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling