Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.2-rasm. RPL – 3 refraktometri
15.1-rasm. IRF – 22 refraktometri
IRF – 22 markali refraktometrda nur sindirish ko‘rsatkichi 1,3 – 1,7 oraliqda bo‘lgan moddalar o‘lchanadi. Bu refraktometrlardan suyuq va qattiq holatdagi sanoat va oziq – ovqat mahsulotlarining eritmalarini analiz qilishda foydalaniladi. RPL – 3 markali refraktometrlar suyuqliklarni hamda konditer mahsulotlardagi, konservalardagi, kraxmaldagi quruq moddalarning miqdorini saxaroza miqdoriga taqqoslab nur sindirish ko‘rsatkichini aniqlashga mo‘ljallangan. 15.2-rasm. RPL – 3 refraktometri Quyida ushbu usulning fizikaviy asoslarini qarab chiqamiz. Aslida, refraktometriya – tahlil qilishning eski usullaridan biri bo‘lib I.Nyuton, L.Eyler va M.Lomonosovlar tomonidan asoslangan. Lekin, shunga qaramasdan ushbu usuldan bugungi kungacha moddalarning tuzilishini o‘rganish usuli sifatida keng foydalanilmoqda. Refraktometrik usul – shunday usulki bunda yorug‘lik turi bir (1) muhitdan ikkinchi (2) muhitga o‘tganda ular fizik xossalarining turlichaligi sababli tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlarning tezligi va yo‘nalishi O‘zgaradi. Ushbu O‘zgarishlarning (2.3 - rasm) o‘lchanadigan eksperimental xarakteristikasi bo‘lib, n – sinishning ko‘rsatkichi (koeffitsiyenti) hisoblanadi. Muhit (2) ning (1) muhitga bo‘lgan nisbiy sindirish ko‘rsatkichi quyidagi tenglama (Snellius qonuni) asosida ifodalanadi Bu yerda , - yorug‘lik to‘lqinlarining 1 va 2 muhitdagi tarqalish tezliklaridir. – nurning tushish burchagi; – sinish burchagi. Agar yorug‘lik nuri 1 – muhitdan kichik sindirish qobiliyati katta bo‘lgan muhitga o‘tsa u holda, – sinish burchagi, – tushish burchagidan kichik bo‘ladi. 2 – muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi – bu ushbu muhitning va unga nisbatan o‘lchangan sindirish ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi: Bu yerda с – yorug‘likning vakuumdagi tezligi Moddaning sindirish ko‘rsatkichiga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi faktor uning zichligi – bo‘lib hisoblanadi. Moddaning zichligi qancha katta bo‘lsa uning sindirish ko‘rsatkichi shuncha katta bo‘ladi. Ushbu usulning kamchiliklarini sanab o‘tamiz: - sezgirligining yuqori emasligi; - o‘lchash aniqligining yuqori emasligi; Usulning afzalligi: - soddaligi, foydalanishiga bo‘lgan qulayligi; - o‘lchashlarda namunaning kam miqdorda bo‘lishi; - ekspress (tezkorligi); - tejamkorligi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozoriga eksport qilishda quyidagi O‘zbekiston davlat standartidan foydalaniladi: O‘z DSt ISO 2173:2011. Meva – sabzavot mahsulotlari. Refraktometr bilan eruvchan quruq moddalar miqdorini aniqlash usuli. (ISO 2173:2003, IDT) Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling