Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet44/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

Lyuminessent usuli
Lyuminessent usuli bilan oziq – ovqat mahsulotlari tarkibidagi oqsil, yog‘, vitaminlarning miqdorini, baliq va go‘sht maxsulotlarining buzilgan yoki buzilmaganligini, sabzavotlarning kasallanganligini aniqlash mumkin. Bu usul ko‘pchilik moddalar UB (ultrabinafsha) nurlari bilan yoritilganda O‘zlaridan qorong‘uda ko‘rinadigan va har xil rangdor tusga ega bo‘lgan nur chiqarishga asoslangan.
Mikroskopiya usuli
Mikroskopiya usuli oziq-ovqat to‘qimalarini, kraxmal turini aniqlashda, mahsulotlarda mikroorganizmlarni borligini bilishda keng ishlatiladi.
Shuningdek tabiiy va kimyoviy tolalar tuzilishini, tolalarning uzunasiga va ko‘ndalang kesimlarini tahlil qilishda foydalaniladi.
Atom – absorbsion analiz
Bu analiz qO‘zg‘atilmagan erkin atomlarning optik oraliqdagi nurlanishini yutishiga asoslangan. Atom – absorbsion tahlil uchun tekshiriladigan modda biror atomizatorda atomar gaz holatiga keltiriladi va shu atomar gazga aniqlanadigan elementga xos bo‘lgan nurlanish maxsus lampadan yuboriladi. Shu atomar gaz qatlamida maxsus lampadan tushgan nurning bir qismi yutiladi. Shu yutilish miqdoriy aniqlashlar uchun asosiy kattalik sifatida qo‘llaniladi.
Atom – absorbsion analizda atomizatorlar tekshiriladigan namunadagi moddani faqat atomar gaz holatiga o‘tkazish kerak. Atom – absorbsion analiz usulida atomlash manbai sifatida alanga ham ishlatiladi. Bu gorelka uchun yonilg‘i sifatida gaz – havo, atsetilen – havo va atsetilen – NO ishlatiladi. Alanga atomizatorlari bir xil rejimda ishlaydi, lekin ularning atomlash darajasi yuqori emas. Shuning uchun ham ko‘pincha elektrotermik atomizatorlardan foydalaniladi. Elektron – termik atomizator grafitdan yasalgan kichik naydan iborat bo‘lib, u katta kuchga ega bo‘lgan tok bilan qizdiriladi. Uning yuqori qismidagi teshikdan namuna eritmasi shprits yordamida kiritiladi. Bu atomizator yordamida qattiq moddalarni ham analiz qilish mumkin. Grafitni tez yonib ketmasligini ta’minlash uchun u argon atmosferasida joylashtiriladi. Elektrotermik atomizatorlarning atomlash qobiliyati va sezuvchanligi yuqori. Analiz uchun olinadigan namunaning miqdori ko‘p bo‘lishi talab etilmaydi.
Ushbu usuldan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishda quyida keltirilgan standartlar asosida foydalaniladi:
O‘z DSt ISO 6561-1:2013 Mevalar. Sabzavotlar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar. Kadmiy miqdorini aniqlash. 1 – qism. Atom absorbsion spektrometriya usuli. Grafin shamchasi qo‘llaniladi. (ISO 6561:2005, IDT).
O‘z DSt ISO 6561-2:2011 Mevalar. Sabzavotlar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar. Kadmiy miqdorini aniqlash. 1 – qism. Qo‘ydirish yordamida atom absorbsion spektrometriya usuli. (ISO 6561:2005, IDT)
Ushbu asbob atomlarning yutilish spektri bo‘yicha 70 ga yaqin elementlarni miqdoriy analiziga mo‘ljallangan.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling