Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Oldindan standartlashtirish


Download 1.47 Mb.
bet52/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

Oldindan standartlashtirish
O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni 6-moddasida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab ko‘yilishi (oldindan standartlashtirish) mumkinligi ko‘rsatilgan. Qonunda, davlat tomonidan istiqbolga mo‘ljallangan, an’­anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni O‘z ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xo‘jalik faoliyati subyektlari iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi va rag‘batlantirilishining kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan.
Oldindan standartlashtirish — mustaqil ishlatiladigan tugal tayyor buyumlar (mashinalar, asboblar, avtomatlashtirish vositalari, halq iste’moli mollari)ning, shu- ningdek, ular bilan birgalikda foydalaniladigan tugal tayyor buyumlar majmui (tizimi)ning texnika-iqtisodiy tavsiflariga O‘zining sifati va darajasi bilan jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan xomashyo, materiallar, detallar, qismlar, yig‘ma, birliklar, asboblar va Namunaviy texnologik jarayonlarga bo‘lgan talablarni oldindan standartlashti- rishni anglatadi.
Standartlashtirish mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tar- tiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat ekanligini hisobga olsak [O‘z DSt 1.10:1998], олдиндан standartlashtirish — bu standartlashtirish obyektlariga tegishli bo‘lgan amaldagi talablardan yuqori (istiqbolga mo‘ljallangan) talablarni O‘z ichiga olgan ilgarilama standartlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.
O‘zST doirasida ishlab chiqilgan O‘zbekiston davlat standarti O‘z DSt 1.16 da ilgarilama standartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilangan. Ushbu hujjatda quyidagi ta’riflar keltirilgan:

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling