Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet55/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

NAZORAT SAVOLLARI:
1. Standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar nima bilan shug‘ullanadi?
2. ISOning qoshida texnikaviy qo‘mita, quyi qo‘mita va ishchi guruhlar faoliyat ko‘rsatadi?
3. Xalqaro tashkilotlarda TQ ishi kim tomonidan olib boriladi?
4. O‘zbkistonda TQlarning standartlashtirish bo‘yicha ishlarini kim muvofiqlashtiradi?
5. Standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar bo‘yicha umumlashgan Nizom qaysi hujjatda keltirilgan?
6. Standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar qanday vakolatlarga ega?
7. Hozirda O‘zbekistonda qanday standartlashtirish bo‘yicha TQlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda?


19-AMALIY MASHG‘ULOT
STANDARTLASHTIRISH BO‘YICHA TAYANCH TASHKILOTLAR VA STANDARTLASHTIRISH XIZMATI


Ishning maqsadi: O‘z ST qoidalari O‘zDSt 1.0:1998* ga ko‘ra, turli tarmoq- lardagi tashkilotlarda standartlashtirish ishlarini reja- lashtirish va muvofiqlashtirish uchun boshqaruv idoralari tomonidan standartlashtirish tayanch tashkilotlari tayinlanadi.
Standartlashtirish tayanch tashkilot (STT)larini tayin- lash tartibiga va ularni O‘z ST doirasida ishlarni tashkil etishga bo‘lgan talablar rahbariy xujjat O‘Z RX 51-012 da belgilangan.
STTlar O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari, xo‘jalik birlashmalari tomoni­dan tizimlaridagi bir turdagi mahsulotlar bo‘yicha bosh tashkilotlar ichidan tayinlanadi. Ularga tarmoqda O‘ziga biriktirilgan mahsulot turi bo‘yicha standartlashtirish ishlarida ilmiy-texnikaviy va tashkiliy-uslubiy rahbar- likni va sohada yagona texnik siyosatni olib borish yuklatiladi.
Belgilangan tartibotga ko‘ra, standartlashtirish tayanch tashkilotlari «O‘zstandart» Agentligida ro‘yxatdan o‘tish- lari kerak.
Mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni standartlashti- rish bo‘yicha ishlarni bevosita amalga oshirish uchun ilmiy-tekshiruv, konstruktorlik-texnologik bo‘limlar, byuro va laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin.
STT uchun standartlashtirish bo‘yicha ishlar asosiy faoliyat hisoblanadi va bu ishlar tashkilotning tematik rejasi asosida amalga oshiriladi.
STT O‘z faoliyatini amaldagi barcha toifadagi meyoriy- huquqiy xujjatlardan belgilangan tartibda foydalanish asosida tashkil etadi. Xususan, davlat ahamiyatiga ega me’yoriy-huquqiy xujjatlarga zid bo‘lmagan tarmoq xujjatlaridan ham foydalanishi mumkin.
STTlar bir turdagi mahsulotga ixtisoslashganligi va bir tarmoqda bir necha STT bo‘lishi mumkinligi sababli, bir-birlarining ishlarini qaytarmasliklari uchun ular tizim doirasida O‘zaro aloqada bo‘lishlari kerak.
Har bir STTning «O‘zstandart» Agentligi bilan keli- shilgan O‘z Nizomiga ega bo‘lishi kerakligi belgilangan.
O‘z ST hujjatlari O‘z RH 51-012-93* da STTning O‘ziga biriktirilgan soha (mahsulotlar guruhi) bo‘yicha asosiy vazifalari va fo‘nksiyalari belgilangan:
STTga biriktirilgan tashkilotlar va korxonalarning standartlashtirish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish hamda yagona texnik siyosatni ta’minlash;
kompleks tarzda standartlashtirishni rivojlanti- rishni asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
MHlar loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va kelishish, ularni tatbiq qilish va qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar va tadbirlar tayyorlash;
MHlarga kiritilayotgan talablarni amaldagi O‘zbekis- ton Respublikasi qonunchiligi talablariga va zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlarga mosligini ta’minlash;
standartlashtirishning nazariyasi va amaliyoti sohala- rida ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish, yangi mahsulot- larda talablarning optimal darajada bo‘lishini ta’min­lash;
-mahsulotlar MHlaridagi ko‘rsatkich va meyorlarni amaldagi meyoriy-huquqiy xujjatlar talablariga mosli­gini doimiy tekshirib borish;
-standartlashtirish va setrifikatlashtirish bo‘yicha reja va tadbirlarni ishlab chiqishda korxona va tashkilot- larga uslubiy yordam ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 410-sonli qaroriga binoan, davlat bosh- qaruv idoralari davlat budjetidan to‘liq yoki qisman moliyalashtirilayotgan davlat dasturlarini ishlab chiqish jarayonida mahsulot sifatini meyoriy ta’minlash masala- sini kO‘zda to‘tishlari kerak.
Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun STTlarga keng doiradagi huquqlar (masalan, standartlashtirish masalalarida halqaro tashkilotlar bilan O‘zaro mu- nosabat) berilgan.
Shu bilan birga, STT zarur hollarda standartlashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni korxona va tashkilotlardan talab qilib olish va MHlarni ilmiy-texnik ekspertizasi na- tijalari bo‘yicha yuqori tashkilotlarga takliflar berish huquqlariga etadir.
STT belgilangan tartibda soha bo‘yicha standartlashti­rish bo‘yicha MHlar fondini tashkil etadi hamda standart­lashtirish masalalarida biriktirilgan korxona va tashkilotlar ishlarini nazorat ksladi.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan 17 ta STT faoliyat ko‘rsatadi. Masalan, «Paxtasanoatilm», «O‘zneftegazLITI», «Kinap» STTlar shular qatoridadir.
Standartlashtirish tayanch tashkilotlari faoliyatining na- zorati ham O‘z RH 51-146:2006 ga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlardagi standartlashtirish xizmatlari
Standartlashtirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda hamda amaldagi qonunchilik talablarini bajarish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘z qoshida standartlash­tirish bo‘yicha bo‘linmalar (xizmatlar) tashkil etadilar. Ushbu xizmatlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar manfaatidan kelib chiqqan holda, standartlashtirish bo‘yicha ishlar ustidan tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik rahbarlikni amalga oshiradilar, korxonada standartlashtirish bo‘yicha ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajaradi, vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha boshqa bo‘linmalarning ishlarini muvofiqlashtiradi va ular bi­lan hamkorlik qiladi.
Standartlashtirish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etishni muvofiqlashtirishga qaratilgan O‘z ST doirasida rahbariy xujjat RD O‘z 51-051-96* ishlab chiqilgan bo‘lib, unda umumiy talablar bilan birga, bu tuzilmalarning asosiy vazifalari, huquqlari belgilab berilgan.
Standartlashtirish bo‘yicha xizmatlar asosan korxonalarda uning kattaligiga ko‘ra bo‘lim, byuro, guruh sifatida tashkil etilsa, injener-texnik xodimlar ham bo‘lgan kichik korxonalarda esa bu xizmatning vazifasi odatda bironbir mas’ul xodimga yuklatiladi.
Standartlashtirish ishlari asosan texnologik (ishlab chiqarish) jarayon bilan bog‘liq, bo‘lganligi sababli, stan­dartlashtirish bo‘yicha xizmatlarni korxonaning bosh mu- handisi yoki shu vazifani ijro etuvchi rahbarga bo‘yso‘ndi- rilishi tavsiya etiladi.
Standartlashtirish bo‘yicha xizmatlar O‘z faoliyati davo- mida birinchi navbatda O‘zbekistonda amalda bo‘lgan turli toifadagi meyoriy-huquqiy xujjatlar talablariga qat’iy rioya qilishlari zarurdir.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq standart­lashtirish bo‘yicha ishlarni talab darajasida tashkil etish va olib borish bo‘yicha mas’uliyat korxona rahbari va stan­dartlashtirish bo‘yicha xizmat boshlig‘i zimmasiga yuklatil- gan.
Amaldagi meyoriy-huquqiy xujjatlar talablariga aso­san standartlashtirish bo‘yicha xizmatlari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
korxonada MHlar tizimini tashkil etish bo‘yicha kom­pleks ishlarni amalga oshirish;
boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlikda ko‘p yillik va bir yillik standartlashtirish rejalari (dasturlari)ni loyihalarini ishlab chiqish va rahbariyatga kiritish;
mahsulotlar sifati va texnik darajasini oshirishga qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarga takliflar tayyorlashda, mahsulotlar sifatiga istikbolli talablarni O‘z ichiga oluvchi MHlarni ishlab chiqishda qatnashish;
MHlar loyihalarini muhohamasini tashkil etish;
korxonaning iqtisod bo‘limi bilan birgalikda standart- lashtirishning texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash;
korxonada o‘tkazilayotgan davlat nazorati idoralari tekshiruvlarida ishtirok etish;
korxonada raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarda dunyo bozori va amaldagi qonunchilik talablari (xavfsizlik, resurslarni tejash, O‘zaro almashuvchanlik va h.k.)ni bajarishni ta’minlash;
MHlarni joriy qilish va ularni talablariga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-uslubiy tad- birlarni amalga oshirish;
turli toifadagi (xususan, halqaro, regional, rivoj- langan davlatlar) standartlarini qo‘llashni tashkil etish;
korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot- larni (majburiy yoki ixtiyoriy tarzda) sertifikatlashti- rishini tashkil etish.
Albatta yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshi­rish uchun standartlashtirish bo‘yicha xizmatlar yetarli darajadagi vakolatga ega bo‘lishlari kerak. Bu vakolatlar korxona raxbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanishi kerak.
O‘z ST [O‘zDSt 1.0:1998*] talablariga ko‘ra, korxonalarda standartlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar asosiy faoliyat turiga kiradi.
Korxonalarda standartlashtirish bo‘yicha xizmatlar fao- liyatining samarasi nafaqat amaldagi qonunchilik talab- larini bajarilishini ta’minlaydi, balki ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqa- rishni kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘ risida»gi Qonunining 12-moddasida «standartlarga muvo- fiqlik belgisi bilan tamg‘alangan, xususan, an’anaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan yuqori bo‘lgan, istiqbolli talablarni O‘z ichiga olgan standartlarga muvofiq bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan korxonalarni davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi va ularning xo‘jalik faoliyati rag‘batlantirilishi» belgilangan.
Hozirda ko‘pchilik rivojlangan davlatlarda mahsulot sifatini boshqarishni halqaro talablaridan kelib chiqqan holda, korxonalarda sifatni boshqarish bo‘limlari (yoki standartlashtirish bo‘yicha xizmatlar) bilan bir qatorda, katta vakolatlarga ega bo‘lgan korxona rahbarining sifat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari ham kiritilmoqda.
O‘zbekistonda deyarli barcha yirik korxonalarda standart­lashtirish bo‘yicha xizmatlar faoliyat ko‘rsatadi, bu tuzil- malar faoliyatining nazorati bosh muhandisga yoki raxbar o‘rinbosariga buyro‘q bilan yuklatiladi. Biroq bunday mas’- uliyatni barcha korxonalarda ham kuzatish mumkin emas. Ayniqsa, kichik va xususiy korxonalarda nafaqat sifatni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan maxsus bo‘linmaning mavjud emasligini, balki bu vazifalar biron-bir mas’ul xodimga yuklatilmaganligini ham kuzatish mumkin. Bu kabi fakt- larni standartlar va o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha davlat nazorati jarayonida ko‘plab aniqlash mumkin. Bu kabi mas’uliyatsizlik esa O‘z navbatida mahsulotning sifati, xavfsizligini hamda uning raqobatbardoshligini ta’minlanmasligiga, qolaversa, amaldagi qonunchilik talablarini buzilishiga va oqibat natijada korxonaga nis- batan jiddiy choralar ko‘rilishiga olib keladi.
Ichki va tashqi bozorda O‘z o‘rnini saqlashga intiluvchi rahbarlar korxonani istiqbolini va iqtisodiy manfaatini o‘ylab, nafaqat standartlashtirish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etishni o‘ylaydilar, balki ularni malakali mutaxassislar va kerakli moddiy-texnik baza bilan ham ta’minlaydilar.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling