Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


komplekslilik va optimal chegaralash


Download 1.47 Mb.
bet51/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

komplekslilik va optimal chegaralash — komplekslilik ta’minlash bilan birga faqat KS obyektining sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni standartlashtirish;

  • istiqbollilik — KS obyektining jahon fan va tex­nika taraqqiyotining hozirgi darajasi va tendensiyalariga mosligini inobatga olish;

  • amaldagi MHlar bilan bog‘liqligi — mavjud MHlarning KS obyekt bilan uzviyligini ta’minlash;

  • amalga oshirish — KS dasturiga kiritilgan MHlarning O‘z vaqtida joriy etilishini ta’minlash.

    KS dasturlari, asosan, mahsulotlarning muhim turlari, tarmoqlararo ahamiyatga ega mahsulotlar uchun ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. KS dasturlari davlat va tarmoq yillik standartlashtirish rejalari (dasturlari)ga kiritiladi. KS dasturlari bo‘limlardan iborat bo‘lib, 2.10-rasmda KS obyektlarining shartli chizmasi umumiy ko‘rinishda berilgan.
    Misol tariqasida «Bug‘doy» KS dasturini ko‘rib chiqamiz.
    Bug‘doyni yetishtirish, yig‘ib olish, tashish, tozalash, saqlash, qayta ishlash jarayonlarini O‘z ichiga olgan KS dasturi mas’ul idoralar (ilmiy muassasalar, davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari, «O‘zstandart» Agentligi, standartlashtirish bo‘yicha TK va tayanch tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
    Bug‘doyni KS dasturi ijrosidan asosiy manfaatdor tarmoqlarni shartli uch guruhga bo‘lish mumkin:

    • bug‘doyni yetishtiruvchi tarmoqlar;

    • bug‘doyni va undan olinadigan mahsulotlarni iste’mol qiluvchi tarmoqlar;

    • oldingi ikki tarmoqlar uchun ishlab chiqarish-texnikaviy bazani yaratuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar.

    Birinchi guruh tarmoqlariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga aloqador davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari kiradi. Qishloq va suv xo‘jaligi, don mahsulotlari, fermer xo‘jaliklari, tayyorlov korxonalari bo‘yicha tarmoqlar shular jumlasidan.
    Ikkinchi guruh tarmoqlariga bug‘doyni qayta ishlash, o‘n va o‘n chiqindilari ishlab chiqish, yem tayyorlash, non, ma­haron va non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari bo‘yicha tarmoqlar shular jumlasidan.
    Uchinchi guruhga don va don mahsulotlari uskunalarini ishlab chiqaruvchi, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va texnikasi, qishloq xo‘jaligining aviatsiyasi, qishloq xo‘jaligining kimyoviy himoyasi, barcha turdagi transport korxonalari, elektrotexnika va asbobsozlik korxonalari bo‘yicha tarmoqlar kiradi.
    KS dasturini amalga oshirish davrida ayrim amaldagi MHlar qayta ko‘rib chiqiladi, bekor qilinadi, ularga O‘zgartirishlar kiritiladi. Shu bilan birga, bu davrda aniq standartlashtirish obyektlariga umumiy texnikaviy talablar, texnikaviy talablar, sinovlar va nazorat uslublari standartlari ishlab chiqiladi.
    KS dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash, nazorat qilish, amalga oshirish ishlari bunga mas’ul va manfaatdorlar idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.



    17.1-rasm. Kompleks standartlashtirish obyektlari shartli chizmasi

    Download 1.47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling