Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
–rasm. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 22000 belgisi
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
2 2.1–rasm. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 22000 belgisi Korxonada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat maxsulotlarini chetga eksport qilish; Korxona maxsulotlarining raqobatbardoshliligini oshirish; Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat maxsulot ishlab chiqarilishi va b.; Quyida ISO 22000:2018 standartini oziq-ovqat korxonalariga joriy qilish tartibini tahlil qilamiz. Oziq – ovqat ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standart joriy qilinishi uchun korxona avvalo, ISO 22000:2018 talablari asosida tayyorgarlik olib boradi. Xalqaro standart O‘z ichiga quyidagi elementlarni qamrab olgan. Iste’molchilar bilan interaktiv axborot almashinuvi; Menejment tizimi; Standart sharoitlari uchun reja-dasturlar ishlab chiqish; Ishlab chiqarish jarayonining kritik nazorat nuqtalari uchun tamoyillarni tahlil qilish; Ushbu xalqaro standart joriy qilinishi jarayonidagi axborot almashinuvi kriteriysiga asosan ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bilan muntazam aloqa o‘rnatadi. Axborot orqali aniqlangan xavf va uning nazorati iste’molchi va ishlab chiqaruvchi talablariga aniqlik kiritadi. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi aloqalari orqali xavfni aniqlash elementi ISO 9001 standartlarida ham asosiy element hisoblanadi. ISO 22000:2018 elementlari ISO 9001 va xalqaro НАССР – ХАССП (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf – xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari, XT va КНН) tizimini talablari bilan uyg‘unlanishidan tashkil topgan. ISO 22000:2018 standartini joriy qilishda oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi davlat qonunchilik hujjatlari ham inobatga olinishi zarur. Xalqaro standart joriy qilinadigan barcha oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining ichki va tashqi resurslaridan kelib chiqilgan holda quyidagi talablarni belgilaydi. a) iste’molchilar uchun oziq-ovqat maxsulotlarini xavfsizligini ta’minlash. v) oziq-ovqat maxsulotlarining xavfsizlik meyoriy xujjatlarga muvofiqligini bildirish. s) iste’molchilar talablarini qondirish maqsadida oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini iste’molchilar talablari tomonidan baxolash. d) korxonani sertifikatlash yoki oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi menejment tizimini baxolash uchun tashqi korxonaga ariza berish yoki O‘z-O‘zini baholash yoki ushbu standart uchun muvofiqlik deklaratsiyasi uchun murojaat qilishi mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling