Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-MASHG‘ULOT: STANDARTLASHTIRISH SOHASIDAGI EKSPERTLAR FAOLIYATINI O‘RGANISH Ishning maqsadi
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Standartlashtirish tayanch tashkilotlari nima maqsadda tashkil etiladi? 2. Standartlashtirish tayanch tashkilotlarini tayinlash tartibiga va ularni ishlarini tashkil etishga bo‘lgan ta- lablar qaysi xujjatda belgilangan? 3. Qaysi xujjatda STTning O‘ziga biriktirilgan soha bo‘yicha asosiy vazifalari va fo‘nksiyalari belgilangan? 4. STTning O‘ziga biriktirilgan soha bo‘yicha asosiy vazifalari va fo‘nksiyalari nimalardan iborat? 5. Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun STTlarga qanday huquqlar berilgan? 6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘z qoshida standartlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar (xizmatlar) nima maqsadda tashkil etiladi? 7. Qaysi xujjatda standartlashtirish bo‘yicha bo‘linma- larga umumiy talablar, ularning asosiy vazifalari, huquqlari belgilangan? 8. Standartlashtirish bo‘yicha xizmatlari zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan? 9. Qaysi xujjatda korxonalarda standartlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar asosiy faoliyat turiga kirishi ko‘rsatigan? 10. Korxonalarda standartlashtirish bo‘yicha xizmatlar faoliyatining samarasi nimalarni ta’minlaydi? 11. Korxonalarda standartlashtirish bo‘yicha xizmatlar faoliyatining nazorati kimga yuklatiladi? 20-MASHG‘ULOT: STANDARTLASHTIRISH SOHASIDAGI EKSPERTLAR FAOLIYATINI O‘RGANISH Ishning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa meyoriy-huquqiy xujjatlarida ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga kat’iy talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular mahsulotlar MHlarida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, MHsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlanishi ko‘rsatilgan. Qonunchilikda O‘zbekistonda standartlashtirish ishlarini tashkil etish, olib borish va muvofiqlashtirish «O‘zstandart» agentligi, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralari zimmasiga yuklatilgan. Ushbu idoralar nafaqat standartlashtirish bo‘yicha umumtashkiliy ishlar bilan, balki bevosita MHlar ishlab chiqish, MHlar fondini tuzish va olib borish, MHlarni ekspertizasini o‘tkazish, halqaro MHlarni joriy etish kabi ishlarni ham olib boradilar. Standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar va tayanch tashkilotlari ham O‘z navbatida bu kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadilar. O‘z mahsulotlari (ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan mahsulotlari) uchun tadbirkorlik subyektlari ham MHlar ishlab chiqadilar va joriy etadilar. O‘zbekiston Respublikasida MH davlat fondida 40000 dan ziyod xujjatlar mavjudligi va har yili respublikada o‘rtacha yangi 500 dan ziyod MHlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini xisobga olinsa, standartlashtirish ishlarini olib borish uchun ko‘plab mutaxassislar kerak bo‘lishi talab etiladi. Standartlashtirish ishlarini malakali va amaldagi meyo-riy-huquqiy xujjatlar talablari asosida bajarish uchun yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan, maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olgan, standartlashtirish sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lgan, vakolatli idora tomonidan baholangan (attestatsiyalangan, sertifikatlangan) mutaxassislar bo‘lishi talab etiladi. Bu toifadagi mutaxassislar standartlashtirish bo‘yicha ekspertlar deb yuritiladi. O‘zbekistonda 2005 yilgacha standartlashtirish bo‘yicha ekspertlar instituti mavjud bo‘lmagan. Bunday institutning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash doirasida va ayrim MDH mamlakatlarida kiritilishini, respublihamizda ham bu toifa mutaxassislarga ehtiyojni hisobga olib, O‘zbekiston davlat standarti O‘z DSt 1.26: 2006 ishlab chiqilgan. Bu MHda standartlashtirish bo‘yicha ekspertlarning malakasi va attestatlanishiga qo‘yiladigan umumiy talablari, attestatsiyalashning malakaviy mezonlari va protsedurasi belgilangan. Ushbu xujjat Moldova Respublikasining standartlashtirish bo‘yicha milliy tizimida «standartlashtirish bo‘yicha ekspert» toifasini joriy etish tajribasini hisobga olgan holda va PMG «Kvalifikatsionniye kriterii i protsedura attestatsii ekspertov v oblasti standartizatsii» davlatlararo standarti qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Bu hujjat qabul qilingunga qadar, O‘zbekistonda standartlashtirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga nisbatan yagona va vakolatli davlat idorasi tomonidan tas- diqlangan aniq meyoriy xujjat mavjud bo‘lmagan. Bu yo‘na- lishda faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarga talablar har bir korxona va muassasaning O‘z talablaridan kelib chiqqan holda belgilangan. SMSITI qoshidagi malaka oshirish Markazida standartlashtirish ishlarini tashkil etish mavzusidagi bir necha o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatsada, ular umummajburiy kuchga ega bo‘lmagan. Standartlashtirish ishlari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralarida, korxonalarda shug‘ullanuvchi mutaxassislar umumiy talablar asosida tizimli attestatsiya yoki sertifikatlashtirishdan o‘tmasdan, faqat tarmoq yoki korxona darajasida belgilangan talablar asosida attestatsiyadan o‘tkazilgan. Mazkur O‘z DSt 1.26:2006* standartda quyidagi atamalar mos ta’riflari bilan qo‘llanilgan: kompetentlilik: O‘z bilim va mahoratini qo‘llanishi ifodalangan qobiliyati. ekspert (standartlashtirish sohasida): standartlashtirish sohasida amaliy ishlarda ilm va bilimlarga ega bo‘lgan, kompetentliligi muvofiq attestat bilan tasdiqlangan shaxs. Davlat standartida belgilanganligi bo‘yicha, ekspert faoliyat yo‘nalishidan qat’i nazar, mazkur xujjat bilan regla- mentlangan talablarga javob beruvchi zarur kompetent- lilikka ega bo‘lgan va «O‘zstandart» Agentligining eks- pertlarni attestatlash bo‘yicha komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Ekspertlarning asosiy fo‘nksiyalari qilib quyidagilar belgilangan: barcha darajadagi meyoriy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish; amaldagi meyoriy xujjatlarni tekshirishni amalga oshirish; loyihalar va amaldagi meyoriy xujjatlar (O‘zgarti- rishlar)ning ilmiy-texnikaviy ekspertizasini amalga oshirish; meyoriy xujjatlar (O‘zgartirishlar) loyihalarining meyoriy tekshiruvini o‘tkazish; standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar (mil- liy, davlatlararo, halqaro) va tayanch tashkilotlar va h.k. ishida qatnashish. Davlat standartida ekspertlikka nomzodlarni o‘qitish SMSITIda yoki boshqa tashkilotlarda «O‘zstandart» agentligi tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan. O‘qitish O‘z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi kerak: «Standartlashtirish asoslari» mutaxassisligi bo‘yicha tayanch ma’lumotni olish; «Meyoriy xujjatlarning ilmiy-texnikaviy eksper- tizasi» mutaxassisligi bo‘yicha har 5 yil davriyligi bilan malakani oshirish. Ekspertlikka nomzodlar ma’lumoti va tajribasi bo‘yicha quyidagilarga ega bo‘lishi lozim: a) tugallangan oliy ma’lumot; b) «Standartlashtirish asoslari» mutaxassisligi bo‘yicha tayanch ma’lumot; v) «Meyoriy xujjatlarning ilmiy-texnikaviy eksper- tizasi» mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumot; g) mutaxassislik bo‘yicha hamida o‘n yil amaliy ish staji, ulardan hamida besh yili standartlashtirish sohasida; d) quyidagi sohalarda ish tajribasi: barcha darajadagi amaldagi MHni ishlab chiqish va tek- shirishni amalga oshirish; halqaro, mintaqaviy va xorijiy MH ni qabul qilish bo‘yicha ishlarni olib borish, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha milliy MHni halqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlar bilan uyg‘o‘nlashtirish; standartlashtirish bo‘yicha MH loyihalarining eks- pertizasini amalga oshirish. Ekspertlikka nomzod quyidagilarii bilishi zarur: standartlashtirish sohasidagi qonunchilikni; O‘z ST asos bo‘luvchi xujjatlarini; standartlashtirishning halqaro va Yevropa metodolo- giyasi va tajribasini; standartlashtirishning davlatlararo tizimini rivoj- lantirishning asosiy yo‘nalishlarini; O‘z O‘DT, O‘z SMT va standartlashtirishning boshqa tarmoqlararo tizimlari asoslarini. Malakaviy bilimlar bilan birga ekspertga shaxsiy si- fatlar bo‘yicha ham quyidagi talablar qo‘yiladi: obyektivlik, mas’ullik, prinsipiallilik, xayri- xoxlik, muloqatga qobiliyatlilik, xushmuomalalik, vaz- minlik; O‘z nuqtai nazarini tahlil qilish, mantiqiy asoslash, qatiy va dalillar bilan himoya qilish qobiliyati; O‘z fikrini aniq va erkin, og‘zaki va yozma bayon qilish qobiliyati; ekspert majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni obyektiv va mustaqil hal etish qobiliyati. O‘z DSt 1.26: 2006ga asosan ekspertlarni «O‘zstandart» agentligi buyrug‘i bilan tuzilgan maxsus komissiyasi ikki bosqichda attestatni amalga oshiradi: ekspert bo‘lishni xohlovchi shaxslarni boshlang‘ich baholash; ekspertlarni davriy baholash. Davlat standartida attestatlash protsedurasi va ekspert- dan talab qilinadigan xujjatlar bo‘yicha ma’lumotlar ba- tafsil bayon qilingan. Attestatsiyadan muvaffadiyatli o‘tgan mutaxassislarga besh yil muddatga kompetentlilik attestati beriladi va ular haqidagi axborot davlat reyestriga kiritiladi. Ushbu xujjatda standartlashtirish bo‘yicha ekspert bo‘lgan shaxsning keyinchalik O‘z malakasini tasdiqlab borish pro- seduralari ham aniq ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ekspertlarni malakasini va kompetentliligini baholashda amaldagi attestatsiyalash tizimi o‘rniga halqaro amliyotda keng qo‘llaniladigan sertifikatlashtirish tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun halqaro xujjatlarda belgilangan qoidalar va talablar bilan birga O‘zbekiston Respublikasining «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi Qonunida personalni muvofiqligini baholash talablarini inobatga olish mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling