Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet58/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

22-MASHG‘ULOT:
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI MENEJMENT TIZIMLARINING NORMATIV ASOSLARINI O‘RGANISH


Ishning maqsadi: Butun jahon iqtisodiyoti va bozor islohatlari sharoitlarida O‘zbekiston iqtisodiyotining integrallashuvi korxonalar uchun ishlab chiqarishni barqarorligiga intilishi, sifat, narx, yetkazish muddatlariga rioya qilish va boshqa mezonlar bo‘yicha masalalarda raqobatchilar oldida bunday imkoniyatlarni ta’minlovchi menejment tizimi zarurdir. Bunda bozorda talablar O‘zgaruvchanligi yuzaga keladi, negaki, menejment tizimidagi moslashuvchanlik va uning bunday O‘zgaruvchanliklarga xususiy moslashuvchanligi mavjuddir.
Demak, bugungi kunda xalqaro standartlarga muvofiq sifat tizimini ishlab chiqish va joriy etish hamda boshqa menejment tizimlari bilan korxonaning boshqaruv tizimini shakllantirish masalasi muhim dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi.
Bozorda muayyan mahsulotni aniqlab va uni ishlab chiqarish O‘zlashtirilsa, hamda kerakli o‘rnini topsa, fermer xo‘jaligi va korxona muvaffaqiyat qozonadi. Bunda fermer xo‘jaligi eksportga mo‘ljallangan xususiyatni kafolatlashi uchun, ayni vaqtda texnologik jarayonlarni nazorati va mukammal ma’muriy boshqaruvini O‘zigina yetishmasligini aytib o‘tish lozim.
Korxona bu dolzarb masalalarni hal etishi uchun yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishi va yuqori darajadagi boshqaruv tizimini shakllantirishini namoyish etishi darkor. Bunga esa xalqaro standartlarga muvofiq menejment tizimini shakllantirish bilan erishish mumkin. Standartlarni tanlash tarmoq xususiyati va turli mahsulotlarga qiziquvchilarni to‘liq qanoatlantirishini hisobga olib amalga oshirilishi kutilgan samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish korxonalari uchun bunday talablar mahsulot sifati va uning qonuniy, rasmiy namoyon etilishi bilan belgilanadi. Mahsulot sifati – ixtiyoriy korxonani raqobatbardoshligini aniqlovchi ko‘rsatkich bo‘lib, qonunan va rasmiy namoyon etilishi – sanoat korxonalarining qonuniy faoliyat yuritishini aks ettiruvchi omildir. Unga butun jahon hamjamiyati uchun nisbatan qonunchilikka rioya etilmasligi bo‘yicha bojxona va soliq xarajatlari davlat zimmasiga yuklatilgan, biroq ekotizim, xavfsizlik tizimi barcha qiziquvchi tomonlarning diqqat e’tiborida bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida talab qilingan darajada mahsulot sifati va qonuniy rasman nomoyon etishiga javob beruvchi xalqaro standartlarni joriy etish dolzarb masalalardan bo‘lib hisoblanadi.
ISO 22000:2018 xalqaro standarti, oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi menejment tizimi hisoblanib, oziq-ovqatlar xavfsizligi sifat tizimini joriy qilish uchun xalqaro standart hisoblanadi. ISO 22000:2018 xalqaro standartni oziq-ovqat korxonalarida joriy qilishning quyidagi afzalliklari mavjud.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling