Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
-rasm. 9001:2015 xalqaro standartning jarayonli yondashuvga asoslangan modeli
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
22.3-rasm. 9001:2015 xalqaro standartning jarayonli yondashuvga asoslangan modeli
ISO 22000:2005 – bu standartlar oilasining dastlabkisi bo‘lib, u O‘z ichiga quyidagi hujjatlarni qamrab oladi: ISO/TS 22004:2005 “Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi - ISO 22000:2005 ni qo‘llash bo‘yicha qo‘llanma”. U 2005 yil noyabrda nashr etilgan. ISO/TS 22003:2007 “Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi. Oziq – ovqat xavfsizligi tizimini sertifikatlashtiruvchi va audit o‘tkazuvchi idoralar uchun talablar”. U sertifikatlashtirish idorasini akkreditlashtirish bo‘yicha uyg‘unlashtirilgan qo‘llanma bo‘lib, oziq – ovqat xavfsizligi tizimi auditi bo‘yicha qoidalarni aniqlaydi. Ushbu standart 2006 yilning birinchi kvartalida nashr etilgan. ISO 22005 “Oziq – ovqat mahsulotlari va omuxta yem zanjirida kuzatuvchanlik – Umumiy tamoyillar va loyihalashtirish va ishlab chiqish bo‘yicha qo‘llanma”. Ushbu O‘z DSt ISO 22000:2010 standarti bo‘yicha maqbul xavf – xatarlar mavjud bo‘lmasligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, NASSR– ХАССП (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf – xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari, XT va KNN) guruhi uni ekspert yo‘li bilan o‘rnatadi. Mahsulotni ishlab chiqarishda qatnashadigan atrof – muhit, xodimlar, qurilmadan chiquvchi va boshqa xavfli omillar hisobga olinadi. Xavf – xatarli omillar qo‘llanilishi ehtimolligi qiyinchiligini inobatga olib, sifat diagrammasi koordinatasida ruxsat etilgan xavf – xatarlar chegarasi ko‘rsatiladi. НАССР – ХАССП (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf – xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari, XT va KNN) tizimida xavfli omil – bunga oziq – ovqat mahsulotlari xavfsizligiga sabab bo‘luvchi ixtiyoriy biologik, kimyoviy yoki fizik xavf – xatarlarni kiritish mumkin. НАССР– ХАССП (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf – xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari, XT va KNN) tizimi xavf – xatarlarni nolgacha kamaytirmaydi. Uning maqsadi oziq – ovqat mahsulotlari xavfsizligiga xavflarni, xavfli omillarni minimallashtirish bo‘lib hisoblanadi. Oziq – ovqat mahsulotlari xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi xavfli omillarni uchta guruhga, ya’ni biologik, kimyoviy va fizikaviy bo‘lish mumkin. Biologik xavfli omillar – zararli bakteriyalar, viruslar va parazitlar (masalan, salmonella, tilla rang stafilokokk, ichak tayoqchasi) taalluqli. Kimyoviy xavfli omillar – bevosita yoki ma’lum bir vaqtdan keyin zarar yetkazuvchi, mahsulotga sun’iy yo‘l bilan qayta ishlashda yoki qayta ishlash jarayoni davomida (masalan, antibiotiklar, pestitsidlar, allergenlar) chetdan kiradigan moddalar bo‘lishi mumkin. Fizikaviy xavfli omillar – ularga oziq – ovqat mahsulotlaridagi turli toifadagi predmetlar, xususan inson organizmiga tushganda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan (masalan, shisha, metal, daraxt) predmetlar taalluqlidir. Kimyoviy xavf omillari paydo bo‘lishining asosiy manbalarini ko‘rib chiqamiz: Bexosdan oziq – ovqatga tushuvchi ximikatlar: a) qishloq xo‘jaligi ximikatlari: pestitsidlar, gerbitsidlar, xayvonlar uchun dorivor preparatlar, o‘g‘itlar va h. b) korxona foydalaniladigan ximikatlar: dezinfeksiyalash uchun tozalash va yuvish vositalari, yog‘lar, moylash materiallari, bo‘yoqlar, pestitsidlar va h. s) tashqi muhitdan zaharlanish: qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob, mishyak. 2. Tabiiy paydo bo‘luvchi kimyoviy xavf – xatar omillari: o‘simlik mahsulotlari, hayvonot yoki mikrobli metabolizmlar. 3. Bexosdan oziq – ovqatlarga qo‘shiladigan ximikatlar: konservantlar, kislotalar, qayta ishlashni yengillashtirish xususiyatiga ega moddalar, oziq – ovqat qo‘shimchalari va h.k. Fizikaviy xavfli omillar insonga shikast yetkazuvchi yoki kasallikka chalinish ehtimolini keltirib chiqaruvchi oziq – ovqat mahsulotlariga tasodifan boshqa toifadagi predmetlar yoki fizikaviy predmetlar bo‘lib hisoblanadi. Boshqa toifadagi materiallar – shisha, metall yoki plastik sifatda bo‘lib, texnologik jarayonlar davomida qurilmalar noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilinganligi uchun yoki texnologik jarayonlarga rioya qilinmaganligi uchun parranda va go‘sht mahsulotlariga ko‘proq ma’lum bo‘lgan fizikaviy xavfli omillar hisoblanadi. Agar nuqta chegarada yoki yuqorida bo‘lsa, omil hisobga olinadi, quyida bo‘lganda esa hisobga olinmaydi. NASSR guruhi xavf – xatarlarni bartaraf etish yoki ularni ruxsat etilgan darajagacha kamaytirishning oldini olish amallarini aniqlash va hujjatlashtirish lozim. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling