Sirdaryo viloyati sardoba tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 5–sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining buyrug’I


Download 22.76 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi22.76 Kb.
#1785772
Bog'liq
абутуриент буйруги




SIRDARYO VILOYATI SARDOBA TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI 5–SONLI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI DIREKTORINING BUYRUG’I
Abituriyent-2021” shtabini tashkil etish to‘g‘risida

Sardoba tuman 5-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi 11-sinf bitiruvchilarining OTM larga tayyorgarlik ko’rish tashkil etish va OTM larga to’g’ri tanlov asosida xujjat topshirishlarini tashkil etish maqsadida buyuraman:


1.2021 yil iyun oyidan boshlab xalq ta’limi bo’limida “Abiturient-2021” shtabi tashkil etilsin va “Abiturient-2021” shtabi” (keyingi o’rinlarda Shtab deyiladi) xonasi etib psixolog bo’limi xonasi belgilansin.
2. “Abituriyent-2021” shtabi tarkibi.
- 11-sinf bitiruvchilarini oliy ta’limga tayyorlash ishlarini takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin.
- 11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onasi (uning o‘rniga vasiy) bilan suhbatlashib, farzandining qaysi OTMga hujjat topshirishini aniqlash, unga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqish bo‘yicha, biriktirilgan pedagoglar ro‘yhatini shakllantirish.
-Мaktablarda 11-sinf o‘quvchilarni belgilangan (ona tili, matematika, rus tili, fizika, kimyo, biologiya, tarix, rodnoy yazik, xorijiy tillar va geografiya) test jarayonlariga tayyoralash bo‘yicha malakali ustozlarni biriktirish.
3.“Abituriyent-2021” shtabi raisi, barcha direktor o‘rinbosarlari va psixologlarga:
-2 kun muddatda maktabning bitiruvchilarni test topshiradigan fanlar bo‘yicha ro‘yxatini shakllantirish va xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etish;
-15-iyun kuni bitiruvchilar uchun viloyat hokimligi tomonidan Davlat test markazining “E-SINOV” dasturida tashkil etiladigan “Men albatta talaba bo‘laman” nomli olimpiadasida bitiruvchilar ishtirokini qat’iy nazoratga olish;
-har hafta yakuniga ko‘ra “Abituriyent-2021” shtabi faoliyati to‘g‘risida xalq ta’limi bo‘limiga axborot berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. 2021 yil 1-iyundan boshlab 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchilar bilan ishlash bo‘yicha “Zarbdor 7 oylik” e’lon qilinsin.
-Respublikadagi OTM lar to’g’risidagi malumotlar yig’ma jildini;
-OTM lardagi yo’nalishlar to’g’risidagi yig’ma jildi;
-Bitiruvchi 11-sinf o’quvchilarining tanlagai talim yunalishlari va talim muassasalari to’g’risida yig’ma jildi;
-OTM lardagi topshiriladigan fanlar bloki xaqidagi malumotlar yig’ma jildi;
-DTM dan olingan testlar bankini tayyorlasinlar:
5.Talim muassasalarida faoliyat yuritilayotgan barcha pedagog xodimlarga 11-sinf bitiruvchilari (keyingi o’rinlarda Bitiruvchi deyiladi) biriktirilsin.
6.Belgilab qo’yilsiiki:
Biriktirilgan o’qituvchilar o’zlariga biriktirilgan bitiruvchining tanlagan talim turi va yunalishi bo’yicha kerakli malumotga ega bo’lishi.
Biriktirilgan o’qituvchi bitiruvchining OTM ga tayyorgarlik darajasi va sharoitini o’rganib borish.
Biriktirilgan o’qituvchi bitiruvchining OTM ga xujjat topshirishi jarayoni va o’qishga kirshi jarayoni bo’yicha bitiruvchining ota-onasi bilan birgalikda masul etib belgilansin.
7.“Abiturient shtabi”da kompyuterlarning soz xolatda ishlashiga masul etib informatika o`qituvchisi Sh.Razzoqova biriktirilsin.
8.“Abiturient shtabi”da bitiruvchilarning OTMga tayyorgarligi to’g’risidagi kunlik monitoriningni yuritish vazifasi maktab psixologi B. Fayzullayeva zimmasiga yuklatilsin.
9.Maskur buyruq ijrosi nazorati o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B.Xasanov zimmasiga yuklatilsin.

5-maktab direktori : F.To`ychiboyev

Paxtaobod.sh


“ ” _______2021 y.
№ - _______
Download 22.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling