Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet50/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

17-AMALIY MASHG‘ULOT:
KOMPLEKS VA OLDINDAN STANDARTLASHTIRISHNI O‘RGANISH


Ishning maqsadi: Har bir mahsulot (jarayon, xizmat) O‘z hayot davri davomida bir necha bosqichlardan (rejalashtirish, meyorlashtirish, ishlab chiqish, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash, yo‘q qilish) o‘tadi. Mahsulotning sifati va xavfsizligini ta’minlash uchun yuqorida qayd etilgan har bir bosqich standartlashtirishi zarur. Standartlashtirish obyektining xayot davri uzviyligini ta’minlash uchun, albatta, standartlash­tirish kompleks tarzda, barcha elementlarning O‘zaro bog‘liqligini ta’minlagan holda olib borilishi kerak.
Kompleks standartlashtirish O‘z DSt 1.10:1998 da keltirilganga ko‘ra — aniq bir muammoning eng maqbul yechimini topish maqsadida, aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan va reja asosida belgilashni hamda obyektga ta’sir etuvchi O‘zaro bog‘liq talablar tizimlarini umuman kompleks standartlashtirish obyektiga va uning tashkil etuvchi asosiy qismlariga, xuddi shunday boshqa material va nomaterial omillariga tatbiq etishni amalga oshirishga qaratilgan standartlashtirish jarayonidir. Kompleks standartlashtirish (KS) barcha O‘zaro aloqada bo‘lgan faktorlarni tizimlashtirish va bir-biriga bog‘lashga hamda mahsulot sifatining optimal darajasini ta’minlashga qaratilgan tadbir bo‘lib, bu maqsadlar KS dasturlarini ishlab chiqish va amal­ga kiritish orqali amalga oshiriladi.
KSda nafaqat standartlashtirish obyektining O‘zaro bog‘liq elementlari ko‘rsatgichlarini muvofiqashtirilishini, balki standartlarning joriy etilish vaqti va ketma-ketligini kelishilgan holda olib borishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, KS orqali O‘zaro bog‘liq, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida mahsulotni ishlab chiqarish va iste’molga berishda kelishilgan faoliyat ko‘rsatishga, bir-birini ishini qaytarmaslikka, bu bilan esa resurslarni tejashga, fan-texnika yutuqlarini va zamonaviy texnologiyalarni samarali tarzda amaliyotga joriy etishga, istemolchi talabini yetarli darajada qondirishga erishiladi.
KS dasturlari ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar O‘z RH 51-079:1999da keltirilgan.
Kompleks standartlashtirish uch yo‘nalishdagi obyektlarni O‘z ichiga olgan dasturlar asosida amal oshirilishi mumkin:

  1. materiallar va buyumlar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, detallar va shu kabilar);

  2. mahsulot sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan nomaterial omillar (hisoblash, loyihalash, nazorat usullari, sifatni ta’minlash ti- zimlari);

  3. texnologik jarayonning barcha bosqichlaridagi omil­lar (texnologik uskunalar, jarayon va bu jarayonda nazorat tizimi).

KSning samaradorligi bir necha muhim talablarni bajarilishi bilan ta’minlanadi:

  • tizimlilik — KSda ishtirok etadigan barcha obyektlarni yaratilish va foydalanish jarayonlarida O‘zaro bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan talablarni o‘rnatish;


  • Download 1.47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling