Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


-rasm. Atom – absorbsion spektrometr (AAS)


Download 1.47 Mb.
bet45/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

15.5-rasm. Atom – absorbsion spektrometr (AAS)


Xromatografiya usullari
Xromatografiya moddalarni ajratish va tahlil qilish usullaridan biri bo‘lib, ularning O‘zaro aralashmasidan ikki faza(turg‘un va xarakatchan) orasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan.
Xromatograflar gaz aralashmalari, bug‘lar va bug‘lanadigan suyuqliklar tarkibini miqdoran aniqlash uchun mo‘ljallangan. Xromatograflar boshqa tarkib analizatorlaridan ikkita O‘zgartgichga ega ekanligi bilan farqlanadi, ulardan biri murakkab aralashmani alohida komponentlarga (xromatografik kolonka) ajralishini ta’minlasa, ikkinchisi esa har bir komponentning miqdorini (detektirlash tizimi) aniqlanishini ta’minlaydi. Ushbu O‘zgartkichlarning xossalarini tanlash orqali ko‘plab ishlab chiqarishdagi qorishmalar tarkibini aniqlash va ajratish mumkin.
A, V, S, va D – ya’ni to‘rtta komponentlardan tashkil topgan tahlillanayotgan gazning xramotografik taqsimlash prinsipi – rasmda keltirilgan. Tahlillanayotgan gaz probasi xromatografik 1 – kolonkaga kiritiladi va gaz – eltuvchi vositasida kolonkaning to‘ldiruvchi qatlami (sorbent) orqali ko‘chiriladi.

15.6-rasm. Xromatograf sxemasi. 1 – xromatografik kolonka;
2 – detektor; 3 – qaydlovchi pribor; 4 – diagramma (xromatogramma)

Qaydlovchi – 3 pribor detektor signalini diagrammada (xromatogramma) 4 yozib oladi. O‘lchov kolonkalari signal yoki v – simon trubkalar ko‘rinishida (ichki diametri 4 – 8 mm, uzunligi 1.....3 m) bajariladi.


Agar A, V, S, va D bo‘lgan gaz aralashmasining komponentlari turlicha sorbsiyalanishga (yutiluvchanlikka) kolonka to‘ldirgichiga nisbatan ega bo‘lsa, u holda, ushbu komponentlarning harakatlanish tezligi turlicha bo‘ladi. Eng ko‘p sorbsiyalaydigan komponent eng kichik tezlik bilan harakatlanadi. Ayrim vaqtdan so‘ng V – komponent kam sorbsiyalanuvchi sifatida oldinga o‘tib oladi, undan keyin D – harakatlanadi va nihoyat, ko‘p sorbsiyalanganligi uchun sekinroq harakatlanuvchi A va S komponentlar o‘tadi. Ularning davomli harakatida komponentlar uzil – kesil ajralishadi, buning natijasida xromatografik kolonkadan gaz aralashmaning tashkil etuvchilari alohida – alohida gaz – eltuvchi yoki binar aralashma gaz eltuvchi – komponent sifatida chiqadi.
Gaz – eltuvchi sifatida sorbentga nisbatan inert bo‘lgan (havo, azot, vodorod, argon, geliy) gaz qo‘llaniladi.
Gaz adsorbsion xromatografiyada sorbent sifatida g‘ovak moddalar: aktivlashtirilgan ko‘mir, silikagel, alyuminiy oksidi va boshqalardan foydalaniladi.
Kolonka chiqishida detektor – 2 o‘rnatiladi, ushbu detektor chiqishi bo‘yicha tartibiga ko‘ra ajratilgan komponentlarini aniqlaydi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling