Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet40/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

15-AMALIY MASHG‘ULOT
QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI TEKSHIRISHDA QO‘LLANILADIGAN FIZIK USULLARNI O‘RGANISH


Ishning maqsadi: Mahsulotlar tarkibini aniqlashning fizikaviy usullari, ularning kimyoviy tarkiblarini, fizikaviy, mikrobiologik, texnologik xususiyatlarini aniqlashda keng qo‘llaniladi. O‘lchash usuli, O‘z navbatida, fizikaviy va fizik – kimyoviy, kimyoviy, mikrobiologik, tovarshunoslik-texnologiya usullarga bo‘linadi. Bu usullarning qulayligi shundan iboratki, unda natija miqdoran ya’ni, raqamlar bilan va bu natija katta aniqlikda ifodalanadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tarkibini tekshirishning ushbu usullari maxsulotning solishtirma og‘irligini, yopishqoqligini, erish, qotish va qaynash haroratini, optik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning solishtirma og‘irligi va zichligini areometr, piknometr va gidrostatik tarozilar yordamida o‘lchash mumkin. Ularning solishtirma og‘irligi asosida ma’lum darajada kimyoviy tarkibi va sifati haqida sO‘z yuritish mumkin.
Yog‘larning erish va qotish harorati asosida ular tabiatining tozaligini va ma’lum darajada uning tarkibida qanday yog‘ kislotalari borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Yog‘larning erish va qotish harorati yog‘ning qattiq holatdan suyuq holatga o‘tish paytidagi haroratini termometr bilan o‘lchash natijasida aniqlanadi.
Oziq – ovqat mahsulotlarining optik xususiyatlari esa polyarimetriya, refraktometriya, fotokalorimetriya, lyuminessent hamda xromatografiya usullari yordamida aniqlanadi.
Refraktometriya usuli
Refraktometriya usuli bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida yog‘ning, suvning, spirtning, qandning va boshqa quruq moddalarning foiz miqdorini aniqlash mumkin. Ushbu usulni tahlil asosida o‘rganamiz.
Refraktometriya usuli nurning bir muhitdan ikkinchi bir muhitga o‘tish paytida uning yo‘nalishining O‘zgarishiga yoki sindirish ko‘rsatkichi koeffitsiyentlarini aniqlashga asoslangandir. Masalan, refraktometr yordamida asalning tarkibida qancha suv borligini, sharbatlar tarkibida qancha quruq modda borligini yoki bo‘lmasa moy va yog‘larning sindirish ko‘rsatkichlari orqali ularning tozaligini va buzilgan – buzilmaganligini aniqlash mumkin.
Refraktometriya usuli moddaning nur sindirish ko‘rsatkichini (refraksiyasini) aniqlashga asoslangan. Bunda moddaning tabiati, uning tozaligi yoki eritmadagi tarkibi aniqlanadi. Bu usulda juda oddiy hamda nihoyatda kam miqdorda bo‘lgan moddalarni ham aniqlash mumkin bo‘lganligi uchun hozirgi vaqtda ko‘p qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tarkibini tahlil qilish uchun bu usuldan keng foydalanilmoqda. Shu jumladan oziq – ovqat mahsulotlari –yog‘, moy, tomatli mahsulotlar, murabbo va jemlar refrektometriya yordamida tekshirilmoqda. Masalan, oziq – ovqat mahsulotlari tarkibidagi yog‘ni miqdoriy aniqlash, suyuqliklardagi spirtning miqdorini o‘lchash, konditer mahsulotlari va har xil noalkagol ichimliklar tarkibidagi asosiy mahsulotni texnologik protsesslar jarayonida nazorat qilishda refraktometriyadan keng foydalaniladi.
Refraktometrlar yordamida nur sindirish ko‘rsatkichi aniqlanadi. Moddaning tozaligi uning aniqlangan sindirish ko‘rsatkichini jadvaldan olingan toza moddaning konstantasi bilan taqqoslab ko‘riladi. Agar moddaning nur sindirish ko‘rsatkichi kerakli qiymatdan ko‘pi bilan 0,001 ga farq qilsa, bunday modda toza hisoblanadi.
Nur sindirish ko‘rsatkichi temperaturaga bog‘liq, shuning uchun refraktometriya o‘lchashlarni 20 S da bajarish qabul qilingan. O‘lchash vaqtida temperaturalar orasida farq bo‘lsa, u holda maxsus jadvaldan temperaturalar farqining qiymati ham hisobga olinadi. Bosim ortishi bilan nur sindirish ko‘rsatkichi ham ortadi.
Nur sindirish ko‘rsatkichini aniqlash usuli ikki xil muhit chegarasidan monoxramatik nur o‘tganda nurning burilish (sinish) prinsipiga asoslangan. Nurning to‘liq ichki qaytish burchagining qiymati refraktometr shkalasidan olinadi. Laboratoriyalarda foydalaniladigan ko‘pchilik refraktometrlarning oddiy umumiy tuzilishi bilan tanishaylik. Ko‘pchilik refraktometrlarda tushirilayotgan suyuqlik ikkita prizma orasida joylashtiriladi. Prizmadan o‘tayotgan nur sinadi yoki u muhit chegarasi orasidan aks etishi natijasida, yaqqol yorug‘ va qorong‘u chegara hosil bo‘ladi. Shkaladagi bu chegaraning o‘rni tekshirilayotgan moddaning to‘liq ichki qaytish burchagiga bog‘liq.
Yorug‘lik manbai sifatida natriydan ajralib chiqadigan monoxromatik nur yoki oddiy yorug‘lik nuridan foydalaniladi va maxsus oyna bilan yorug‘lik tushudigan holatga keltirilib, so‘ngra yorug‘lik prizmaga yo‘naltiriladi. Ma’lumki, yorug‘lik har xil to‘lqin uzunlikdagi nurlardan tarkib topgan. Yorug‘lik prizmalardan o‘tayotganda dispersiya hodisasiga uchraydi. Natijada ikki chegara orasida (yorug‘ qism bilan qorong‘u qism chegarasida) kamalak chiziqchalar hosil bo‘ladi. Bu refraktometr shkalasidan hisob olishni qiyinlashtiradi. Hozirgi vaqtda chiqarilayotgan refraktometrlarda yorug‘lik dispersiyasini yo‘qotish uchun kompensatorlar qo‘yilgan. Kompensator dastasini burash bilan yaqqol yorug‘ va qorong‘i chegara hosil qilinadi. Refraktometr ko‘rsatkichining to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirish uchun normal suyuqliklardan yoki distillangan suvdan foydalaniladi. Distillangan suvning 20 S dagi nur sindirish ko‘rsatkigi 1,333 ga teng.
Qayta ishlash korxonalarining laboratoriyalarida ko‘pincha, IRF – 22 markali (3.1-rasm) va RPL – 3 markali (3.2 - rasm) refraktometrlardan foydalaniladi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling