12-AMALIY MASHG‘ULOT
YED-N TURDAGI ELEKTRON TAROZINING TEXNIK XARAKTERISTIKALARI VA QIYOSLASH METODIKASINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi: Ushbu turdagi tarozilarning ish tamoyili, yukni qabul qiluvchi platformada bo‘lgan tortiladigan yukdan hosil bo‘lgan ta’sirni tenzorezistorli datchik yordamida elektr signalga aylantirishga asoslangan. Signal datchikdan, yukning massasiga bohliq holda raqamli signalga aylantiriladi va tortish natijasi tarozi displeyida (2.1-rasm) ifodalanadi.
12.1-rasm. YED-N turdagi elektron tarozi
Tarozilar OI ML R 76 – 1 (Qonunlashtiruvchi metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilot) tavsiyalari asosida yuqori (II)aniqlik sinfi bilan klassifikatsiyalanadi.
Tarozilar platformasi plastmassadan, uning qopqog‘i esa – zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan.
Tarozilar quyidagi asosiy funksiyalarga ega:
“0” ning avtomatik holda o‘rnatilishi;
O‘lchash diapazoni bo‘yicha taraning massasini tanlash;
O‘lchash birligini tanlash;
Hisob rejimida ishlashi;
Foizlarda o‘lchashi;
Manbadan uzilganda ma’lumotlarning saqlanib qolishi;
Nobarqaror yuklamada ko‘rsatishlarning o‘rtachalanishi;
Nuqsonlar diagnostikasi;
O‘lchash natijalarini nashrdan chiqarish (printer mavjud bo‘lsa)
Ma’lumotlarni uzatish uchun interfesy RS – 232 C mavjud;
Suyuq kristalli yoritkich.
Tarozilar korxonalarda, sanoatda va qishloq xo‘jaligida yuklarning massasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
12.1-jadval
YED–N turdagi tarozilarning texnik xarakteristikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |