Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Mexanik kattaliklarni o‘lchash va moddalarning sarf


Download 1.47 Mb.
bet25/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

Mexanik kattaliklarni o‘lchash va moddalarning sarf,
hajm parametrlarini o‘lchash laboratoriyasi
Mexanik kattaliklar va sarfni o‘lchash laboratoriyasi mexanik kattaliklarni: kuch va qattiqlik (namunaviy dinamometrlar, sinov pressi va mashinalar, qattiq o‘lchagichlar, dinamometrik kalitlar) o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi, ushbu qiyoslash ishlarini bajarish uchun “DO-2-5-0,5” turdagi 2-razryadli namunaviy kuch o‘lchash mashinasi, 0,01kn dan 5000kn gacha 3-razryadli namunaviy dinamometrlar, 2-razryadli (MTR, MTSH, MTB turdagi) namunaviy kuch o‘lchovlari mavjud.
Harakat parametrlari asboblarini (spidometrlar, taxometrlar, sekundomerlar, Iskra-video, Kris, Arena, Vizir turdagi harakat tezligi o‘lchagichlarini) qiyoslash uchun laboratoriya UPS-4, UT-0,5-60, UPMS-1, IS-24 uskunalarga ega; hajm va sig‘imlarni O‘V (1-chi va 2-chi razryadli namunaviy o‘lchovlar, yoqilg‘i, moy va gaz tarqatish kolonkalari, kalibrlash avtotsisternalari, shisha sig‘im o‘lchovlari va rezervuarlar kalibrovkasi) qiyoslash uchun laboratoriya 3-razryadli, 1-razryadli namunaviy tarozilar bilan jihozlangan.
Shuningdek 2-razryadli namunaviy o‘lchovlarni hamda 1-chi va 2-chi razryadli texnik o‘lchovlarni qiyoslash uchun 2 ÷ 500 dm3 dan 1-razryadli namunaviy o‘lchovlar mavjud.
3÷100 m3 dan rezervuarlarni qiyoslash va kalibrlash uchun GOST 8.346-2000 va GOST 8.570-2000 bo‘yicha namunaviy O‘V va kompyuter dasturi mavjud.
Bo‘lim shuningdek O‘V metrologik attestatlash, hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, O‘V sertifikatlashtirish sinovlarini bajaradi.
Hozirgi vaqtda bo‘lim 27ta yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari va 87ta namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu o‘lchashlar birliligini ta’minlash uchun respublika xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida metrologik tekshiruvni rivojlantirish uchun bo‘limda o‘lchash vositalarini qiyoslashning yangi turlari O‘zlashtirilmoqda, mustaqil o‘qish orqali va SMSITIda malaka oshirilmoqda.
2009 yilda faoliyatning O‘zDst ISO/ MES 17025:2007 da o‘rnatilgan talablarga muvofiqligiga bo‘lim davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tarqalish doirasida qo‘llanadigan o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash va turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazishda texnik omilkorlik va mustaqillikka akkreditlangan.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling