Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Partiyadagi urug‘lik miqdori quyidagicha chegaralanadi
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
Partiyadagi urug‘lik miqdori quyidagicha chegaralanadi: Temir yo‘l transporti orqali transportlanishida bitta vagon bilan; Avtotransport bilan saqlanadigan joyidan sutka davomida transportirovka qilinadigan urug‘ miqdori bilan; Ishlab chiqarish joyidan bevosita bir sutka davomida transportyorlar bilan yetkaziladigan urug‘ miqdori bo‘yicha. Paxta urug‘ligining sifati bo‘yicha qabul qilinishi: Urug‘lik partiyasining sifati 2 kg atrofidagi o‘rtacha namuna massasini tahlil natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Ushbu namuna jamlangan namunadan ajratib olinadi. Agar birorta ko‘rsatgich bo‘yicha sinashlar bo‘yicha qoniqarsiz natija olinganda ya’ni, yetkazib beruvchi va iste’molchining laboratoriya tahlillari yo‘l qo‘yiladigan chegaradan ortib ketganda jamlangan namunadan boshqa o‘rtacha namuna ajratib olinadi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha takroriy sinashlar o‘tkaziladi. Paxta urug‘i namligining massaviy ulushi chegaralangan normadan ortib ketganda o‘rnatilgan tartibda narxdan chegirma qilinadi. Paxta urug‘ligida pestitsidlar mavjudligi bo‘yicha normalarga muvofiq bo‘lmagan hollarda ularni qabul qilib olish va sotilishi yetkazib beruvchi va iste’molchining roziligi bo‘yicha aniqlanadi. Paxta urug‘lari miqdor bo‘yicha quyidagicha qabul qilinadi. Paxta urug‘ligining partiyasi konditsion massa bo‘yicha qabul qilinadi. Konditsion massa (Mk) kilogrammlarda formula bo‘yicha hisoblanadi: Bu yerda Mf – urug‘ning real massasi, kg; Wf – namlikning amaldagi massaviy ulushi, %; Wb – namlikning massaviy ulushining hisobiy 10 % ga teng normasi; Sf – mineral va organik ifloslanganlikning amaldagi massaviy ulushi, %; Sb – mineral va organik ifloslanganligining 0,5% ga teng bo‘lgan massaviy ulushi. Urug‘lar O‘zbekiston Respublikasida majburiy sertifikatlashtirishga tortiladi va bunda o‘rnatilgan talablarga muvofiq har bir urug‘lik partiyasi sinaladi. Nazorat qilish usullarini qarab chiqamiz: Namunalar O‘zDSt 598 bo‘yicha tanlanadi; Namunalar tanlovi O‘zDSt 598 bo‘yicha; Nuqsonli urug‘larning massaviy ulushini aniqlash O‘zDSt 597 bo‘yicha; Mineral va organik ifloslanganligi O‘zDSt 599 bo‘yicha; Namlikning massaviy ulushi O‘zDSt 600 bo‘yicha; Tukliligining massaviy ulushi O‘zDSt 601 bo‘yicha; Urug‘likdagi yog‘ning kislotaviy soni O‘zDSt 603 bo‘yicha; G‘O‘za urug‘ligidagi qoldiq toksinlar, mikotoksinlar va pestitsidlar akkreditlangan sanitar – gigiyenik laboratoriyalarda o‘rnatilgan tartibdagi usullar asosida amalga oshiriladi. Tayyorlovchi va iste’molchi laboratoriya tahlillarining farqi normativ hujjatlardagi nazorat usullari uchun o‘rnatilgan qiymatlardan ortmasligi kerak. Transportlashtirish va saqlash talablari: G‘O‘za urug‘lari quruq va toza sochiluvchan holda, tashqi hidlarsiz transport vositalarida tasdiqlangan va o‘rnatilgan tartibda transportlanadi G‘O‘za urug‘i sochiluvchan holda ventilyatsiya vositalari bilan jihozlangan omborlarda bostirma ostida yoki ochiq maxsus maydonlarda sanitariya va saqlash sharoitlari qoidalariga muvofiq holda saqlanadi Urug‘larni qisqa 5-10 sutka davomida ochiq maydonlarda saqlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Transportlash va saqlashda o‘rta tolali va uzun tolali seleksiyali navlarini va turli sanoat navlari va klasslarini hamda namligining massaviy ulushi 9% gacha va 9% dan ortiq bo‘lgan urug‘larni aralashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Urug‘lik chigitning pishganligini aniqlashning standart usulini o‘rganish Ushbu standart O‘zbekiston Respublika fanlar Akademiyasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti (O‘zRFA PSUYEATI) tomonidan ishlab chiqildi. “Navurug‘nazorat” texnik qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi. Standart quyidagi tuzilmaga ega: Qo‘llanish doirasi Ushbu standart urug‘ga mo‘ljallangan, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda qo‘llaniluvchi O‘zDSt 663 bo‘yicha urug‘lik chigitga (bundan keyin urug‘lik deb yuritiladi) joriy etiladi va uning unib chiqish qobiliyatini tavsiflaydi. Meyoriy hujjatlarga havolalar Ushbu standartda quyidagi meyoriy hujjatlar havolalaridan foydalanildi: GOST 9147 – 73 Posuda i oborudovaniye laboratornoye farforovoye GOST 9461 – 74 Lupi zernoviye GOST 12026 – 66 Bumaga filtrovalnaya laboratornaya GOST 18481 – 81 Areometri obshego naznacheniya steklyanniye dlya izmereniya plotnosti jidkostey v predelax ot 700 do 2000 kg/m3 O‘zDSt 581:2002 Paxtani qayta ishlash. Atamalar va ta’riflar O‘zDSt 663:2017 Urug‘lik chigit. Texnikaviy shartlar O‘zDSt 1080:2005 Urug‘lik paxta va Urug‘lik chigit. Namuna tanlab olish usullari O‘zDSt 1110:2006 G‘O‘za genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi, urug‘shunosligi va ekiladigan urug‘ni ishlab chiqarish. Atama va ta’riflar. Ushbu standartda O‘zDSt 581, O‘zDSt 1110 bo‘yicha atamalar qo‘llanilgan. Namuna tanlash - O‘zDSt 1080 bo‘yicha amalga oshiriladi. Urug‘larning pishganligini aniqlashda qo‘lda yoki urug‘ hisoblagich yordamida ishchi namunadan tanlanmasdan har biri 100 ta dan ikkita namuna sanaladi O‘lchov vositalari, yordamchi asboblar va materiallar Urug‘larning pishganligini aniqlashda quyidagi laboratoriya uskunalari qo‘llaniladi: GOST 18481 – 81 bo‘yicha areometrlar; GOST 9461 – 74 bo‘yicha 5x gacha kattalashtiruvchi lupalar; GOST 6859 – 72 bo‘yicha 50 ml litrli menzurkalar; Diametri 200 mm bo‘lgan Byuxner voronkalari; GOST 9147 – 73 bo‘yicha sig‘imi 400 ml bo‘lgan farfor stakanlar; Pinsentlar; Kislotaga chidamli tayoqchalar; Zichligi 1,84 g/sm3 bo‘lgan sulfat kislota; GOST 12026 – 66 bo‘yicha filtr qog‘ozi; Klyonka fartuklar; Kleyonka; BO‘z gazlama; Rezinali qo‘lqoplar. Tahlil o‘tkazishga tayyorlash bosqichi: Tukli va kam tukli urug‘lik chigitlarini tuksizlantirish uchun zichligi 1,84 g/sm3 gacha bo‘lgan nisbiy og‘irlikdagi sulfat kislotasi yordamida momiqdan ajratiladi. Buning uchun urug‘ namunasi sulfat kislotali sig‘imi 15 sm3 farforli stakanga solinadi va urug‘ bir maromda namlanishi uchun bir daqiqa oralig‘ida 3 marotaba vaqti – vaqti bilan aralashtiriladi. Aralashtirishni boshlanishidan 20 daqiqasidan so‘ng urug‘lik Byuxner varonkaga solinib suv bilan yuviladi, tashqi qobiqdan ajralgungacha artiladi va qayta yuviladi. Mexanik usulda tuksizlantirilgan chigitni sulfat kislotasida kuydirish yo‘li bilan momiqdan ajratiladi, tukli chigit uchun kO‘zda tutilgandek, lekin urug‘ni kislotali stakanda bo‘lish vaqti 10 – 15 daqiqaga qisqartiriladi. Kimyoviy usulda tuksizlantirilgan chigitlar 30 daqiqa davomida suvda namlangandan so‘ng qadoqlash matosidan tayyorlangan qopchaga solinadi. Kislotada erigan momiqni va yuqori qatlamidagi uvalanadigan qobiqni ajratib olish uchun yengil artiladi va qaytadan yuviladi. Tahlil olib borish tartibini o‘rganamiz Urug‘likni pishganligini aniqlash usuli asosan urug‘ni kO‘z bilan baholash orqali amalga oshiriladi, pishgan urug‘lar chigitning shohsimon qobiq qatlamining turli ranglari bo‘yicha tanlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Urug‘dagi ortiqcha namlikni yo‘qotib bo‘lgach, nam urug‘lar shisha ustiga qo‘yiladi va chigit qobig‘ining rangi bo‘yicha 4 guruhga bo‘linadi I guruh – pishgan urug‘lar, to‘q – gilos rang, jigarrang – qizil tusli; II guruh – pishgan urug‘lar och – gilos rangli; III guruh – yetilib pishmagan urug‘lar to‘q sariq va och – jigarrang tusli; IV guruh – pishmagan urug‘lar, och – sariqdan oqish ranggacha, birinchi rasmda ko‘rsatilgandek Qachonki 85% gacha chigit yuzasidagi rangi birinchi va ikkinchi guruhlarga taalluqli bo‘lsa, olachipor urug‘lar pishgan urug‘lar tarkibiga kiritiladi. Urug‘larning o‘rtacha pishganligi ikkita takrorda 100 ta dan o‘rug‘likda hisoblanadi Yo‘l qo‘yilgan o‘lchash xatosi Pishganligini aniqlashda ikkita namunalar orasidagi ruxsat etilgan og‘ishlar foiz hisobida muvofiq: Pishganligi 90 – 100 % bo‘lganida farqlanish 4 % ruxsat etiladi Agarda farqlanish meyordan oshsa, tahlil takrorlanadi. Misol. Urug‘lik chigitning pishganligini aniqlash Pishganlik darajasini aniqlashdan olingan natijalar: birinchi namuna bo‘yicha I – guruh 85%, ikkinchi 11%, uchinchi 3%, to‘rtinchi 1%. Pishgan urug‘lar I – va II – guruhlardan iborat bo‘lib, yig‘iladi va 96/11 yoziladi, pishganligi 96 %, shuning ichida II guruh 11% bo‘lganligini anglatadi. Ikkinchi namunada bo‘yicha I – guruh 90%, ikkinchi 9%, uchinchi 1% va to‘rtinchi guruh yo‘q, pishganligi 99/9 ga teng. O‘rtacha pishganlik 98/10 ni tashkil etadi, farq 4% dam kam bo‘lsa, tahlil to‘g‘ri bajarilgan hisoblanadi. 1000 dona urug‘lik chigit vaznini aniqlashning standart usulini tahlillash asosida o‘rganish Ushbu O‘zDSt O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti (O‘zRFA PSUYEAITI) tomonidan ishlab chiqilgan. “Navurug‘nazorat” texnik qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi. Ushbu standart Xalqaro urug‘ nazorat uyushmasi (ISTA) ning 10 bandidagi usul bilan muvofiqlashtirilgan. Qoidalar urug‘ tahlil usullari bo‘yicha xalqaro standartni ifodalaydi Standart quyidagi tuzilma asosida tahlil qilindi. Qo‘llash doirasi: 1000 dona urug‘lik chigit vaznini aniqlashning standart usuli ekishga mo‘ljallangan urug‘lik chigitga joriy qilinadi (bundan keyin urug‘lik deb yoritiladi) Ushbu standart talablari majburiydir va urug‘lik chigitlarni sertifikatlashtirish maqsadida qo‘llanilari. Meyoriy hujjatlarga havolalar: Ushbu standartda quyidagi meyoriy hujjatlar havolalaridan foydalanildi: GOST 12042 – 80 Smena selskoxozyaystvennix kultur. Metodi opredeleniya massi 1000 shtuk semyan. GOST 24104:2001 Vesi laboratorniye. Obshiye texnicheskiye trebovaniya O‘z DSt 581:2002 Paxtani qayta ishlash. Atamalar va ta’riflar O‘z DSt 1080:2013 Urug‘lik paxta va Urug‘lik chigit. Namuna tanlab olish usullari O‘z DSt 1110:2006 G‘O‘za genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi, urug‘shunosligi va ekiladigan urug‘ni ishlab chiqarish. Atamalar va ta’riflar. Atamalar va ta’riflar: Ushbu standartda O‘z DSt 581, O‘z DSt 1110 bo‘yicha atamalar qo‘llanilgan. O‘lchash usuli: Ushbu usul urug‘larning soni bo‘yicha vaznini aniqlashga qaratilgan. O‘lchov vositalari, yordamchi asboblar va ashyolar 1000 dona urug‘lik chigit vaznini aniqlashda quyidagi laboratoriya uskunalari qo‘llaniladi: GOST 24104 bo‘yicha shkalasining bo‘linmalari 10 mg bo‘lgan eng katta tortish chegarasi ko‘pi bilan 1000 g bo‘lgan laboratoriya tarozi; Shpatel; Pinset; Rozetka; Yig‘iladigan taxta; Urug‘ hisoblagich; Sinov o‘tkazishga tayyorgarlik: O‘z DSt 1080 bo‘yicha namuna tanlab olish; 1000 dona urug‘ vaznini aniqlash uchun, ishchi namunadan har biri alohida 100 donadan sakkiz qaytariqda qo‘lda yoki urug‘ hisoblagich bilan tanlanmagan holda hisoblanadi. Sinov o‘tkazish tartibi: 1000 dona urug‘lik vaznini aniqlash. 1000 dona urug‘ning o‘rtacha vazni 100 ta urug‘ning sakkiz qaytariqda hisoblanadi. Har bir qaytariqdagi 100 ta urug‘ gramm hisobida o‘ntalik kasrga qadar aniqlikda o‘lchanadi. Yo‘l qo‘yiladigan xatoligi: Hisoblab chiqilgan namunalar orasidagi ruxsat etilishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqlik O‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti yordamida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bu yerda x – grammda har bir qaytariqdagi urug‘ning vazni. n – qaytariq soni Standart og‘ish Variatsiya koeffitsiyenti d – 100 ta urug‘ning o‘rtacha vazni Variatsiya koeffitsiyenti muvofiq 4,0 dan oshmasligi kerak, bu holda natijani aniqlashni amalga oshirish mumkin. 1000 dona chigit vaznini aniqlash uchun misol keltiramiz: Birinchi namuna vazni 12,1 g, ikkinchi 12,5 g, uchunchi 12,4 g, to‘rtinchi 12,1 g, beshinchi 12,5 g, oltinchi 12,2 g, yettinchi 12,2 g va sakkizinchi 12,3 g ga teng, har bir takrorlanishning vazni kvadratga oshirilib, birinchi namuna 146,4 g, ikkinchi 156,3 g, uchinchi 153.8 g, to‘rtinchi 146.4 g, beshinchi 156,3 g, oltinchi 148,8 g, yettinchi 148.8 g va sakkizinchi 151.3 g muvofiq vaznlarni olamiz. 1208,1 g ga teng vaznlar yig‘indisini sakkizga qo‘paytiramiz va 9664,8 olamiz. Keyingi har bir vaznni qo‘shib chiqamiz va 98,3 g ni olamiz, olingan miqdorni kvadratga oshiramiz 9662,9 ni olamiz. Formulaga asosan birinchi olingan yig‘indidan ikkinchi olingan yig‘indini ayiramiz va ellik oltiga bo‘lamiz, 0,034 dispersiyani olamiz. Standart og‘ish ga teng bo‘ladi; Variatsiya koeffitsiyenti ga teng. Variatsiya koeffitsiyenti 4,0 dan oshmaganligi sabab, 1000 dona urug‘ning vazni hisoblashga kiritish mumkin, u 123,0 g ga teng bo‘ladi. (12,1+12,5+12,4+12,1+12,5+12,2+12,2+12,3):8=12,3(12,28)x10 Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling