Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


-rasm. SU – 4 tipidagi refraktometr


Download 1.47 Mb.
bet43/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

15.3-rasm. SU – 4 tipidagi refraktometr
Saxarimetr yordamida noma’lum eritma tarkibidagi saxaroza konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Masalan, asal va konditer mahsulotlari tarkibidagi saxaroza miqdori tekshiriladi. Oziq – ovqat mahsulotlarini analiz qilishda xam saxarimetr ishlatiladi.
Fotokolorimetriya va spektrofotometriya usullari
Ushbu usulda moddaning nurni O‘ziga tanlab singdirish qobiliyatiga asoslangandir. Bu usul bilan rangli eritmalarda rang beruvchi moddalarning miqdorini aniqlash mumkin.
Fotokolorimetriya usulida eritma tarkibidagi moddalar aniqlanadi. Bu usul tekshirilayotgan moddaning monoxromatik nurni tanlab yutishiga asoslangan. Tekshirilayotgan modda eritmasining rangi tabiiy yoki spetsifik reagent ta’sirida hosil qilingan bo‘lishi mumkin. Fotokolorimetriya usulida eritmalarning nur yutish darajasi, fotoelementli maxsus asbob bilan aniqlanadi. Bunday asboblar fotoelektrokolorimetr (FEK) deyiladi.
Fotoelement rangli eritmadan o‘tayotganda yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Bunda hosil bo‘layotgan fototok tushayotgan yorug‘likka to‘g‘ri proporsional bo‘lganligi sababli tushayotgan yorug‘lik nurini kamayishini FEK yordamida aniqlash mumkin. Bu usulning afzalligi shundaki doim yangi etalon eritma tayyorlanmaydi va kO‘z xatosiga yo‘l qo‘yilmaydi, shu sababli ancha aniq natija olinadi.
Har bir rangli modda O‘zining yutilish spektri bilan xarakterlanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan FEK tipidagi fotokolorimetrilar eng mukammal va universal hisoblanadi. Ular quyidagi: FEK – 56М – УБ, ФЭК – Н – 57 va FEK – 60 markalarda chiqarilmoqda. 2.4 – rasmda FEK – 56 – UB markali fotokolorimetr keltirilgan.
Oziq – ovqat tovar mahsulotlarini tahlil qilish uchun fotokolorimetriya usulidan keng foydalaniladi. Masalan, Griss usuli bilan go‘shtli mahsulotlardagi nitridlar aniqlanadi

15.4-rasm. FEK – 56 fotokalorimetr
Spektrofometriya usulida esa bir muncha murakkab tuzilgan SF – 4, SF – 4A, SF – 10, SF – 16 va boshqa markali spektrofotometrlar ishlatiladi.shuningdek bu usullar bilan uzum vinolari va uzum tarkibidagi antotsionlar miqdorini, choy va kofedagi, kakaodagi teobromin meva va sabzavotlarda esa rang beruvchi moddalarning miqdorini aniqlash mumkin.
Ushbu usullar: O‘z DSt ISO 5518:2013. Mevalar, sabzavotlar va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar. Benzoy kislota miqdorini aniqlash. Spektrofotometrik usul (ISO 5518:2007. IDT). Standartida foydalaniladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling