Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Kristallyuks – 4000 M turdagi xromatografga doir ma’lumotlar tafsiloti
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
Kristallyuks – 4000 M turdagi xromatografga doir ma’lumotlar tafsiloti
Ushbu gaz xromatografi RF (Rossiya federatsiyasi) o‘lchash vositalari davlat reyestriga №24716 – 08 bilan kiritilgan. Kristallyuks – 4000 M turdagi gaz xromatografi butunlay avtomatlashtirilgan. YA’ni proba kiritishdan tortib xromatografik ma’lumotni ishlovigachan, undan tashqari, termostatlar temperaturasini avtomatik rostlash, gaz – eltuvchining bosimi, yordamchi gazlar, detektorlarni avtomatik yondirilish, ish jarayonida olovning yonishini nazorati, detektorlarning signallarini 24 – razryadli ARO‘ (analog – raqamli O‘zgartgich) yordamida o‘lchash funksiyalari realizatsiya qilingan. Kristallyuks seriyasidagi ishlab chiqarilgan xromatograflarning nom ro‘yxati 30 tadan ortiq modellarni O‘z ichiga oladi va ularning har biri iste’molchi qo‘ygan konkret masalaga moslashtirish mumkin. Xromatograf quyidagilardan tashkil topgan: Analitik blok Xromatografik ma’lumotni kontrol qilish va ishlov berish uchun foydalaniladigan boshqaruv stansiyalari. Ular sifatida personal kompyuter ishlatiladi. Windows muhitida ishlovchi “NetChrom” dasturlari. Undan tashqari qo‘shimcha dasturlar bilan ta’minlanadi: Tabiiy gazning issiqlik xarakteristikalarining hisobi; Transformator moyini diagnostikalash; Shuxartning kontrol kartalarini hisoblash; Ko‘pkomponentli aralashmalarni identifikatsiyalash (masalan, o‘simlik moyini, kon’yakni, uglevodorod yonilg‘ilar va b.q.) Bitta kompyuter real vaqtda bir nechta (8 tagacha) analitik bloklar bilan ishlay oladi, undan tashqari, “Kristall – 2000” va “Kristallyuks – 4000” gaz xromatograflarining signallariga ishlov berish va ular ishini boshqaradi hamda boshqa turdagi xramotograflar signallariga ARO‘ orqali ishlov beradi. Kompyuter, analitik bloklar va xromatograf orasida axborot almashinuvi RS – 232C, USB orqali amalga oshiriladi. Xromatografni 3000 m masofadan boshqarish mumkin. Rejimlarni o‘rnatish va axborotga kompyutersiz ishlov berish uchun Pocket PC mikrokompyuteri bazasida xromatografni boshqarish uchun tashqariga chiqarilgan panel mavjud. Analitik blok uchtagacha axborotni bo‘lish va ishlov beruvchi bog‘liq bo‘lmagan kanallarga ega bo‘lib kolonkalar termostatidan, almashuvchan analitik modul va gaz oqimlarini boshqarishning elektron blokiga ega. Analizni boshlash uchun har bir kanalda “Standart” tugmasi bo‘lib u dasturiy tugmasi bilan dublyorlangan. Kolonkalar termostati 7 l effektiv hajmga ega va unga to‘rtagacha nasadka (metal yoki shisha) yoki uchtadan kam bo‘lmagan kapilyar kolonkalarni joylash imkonini beradi. Termostatni boshqarish temperaturasi ushlab turish aniqligini ta’minlovchi yangi yuqori aniqlikdagi termostatlash algoritmi yordamida amalga oshiriladi. Termostatning manfiy temperaturalar sohasida ishlashi uchun termostatga kriostatlashning ikkita qurilmasidan bittasi ulanishi mumkin. Avtomatlashtirilgan Kristallyuks – 4000 M turdagi gaz xromatografi quyidagilar uchun mo‘ljallangan: Tabiiy gaz va siqilgan gaz tarkibi va sifatini tahlil qilish, gaz kondensati, nisbiy va absolyut zichlik xamda to‘yingan bug‘larning bosimini aniqlash; Oktan sonini hisobga olgan holda benzin sifati. Detanli va guruhiy tarkib tahlili; Neft va gazda oltingugurtning vodorodli birikmasi va boshqa oltingugurtli birikmalarning mavjudligi bo‘yicha tahlilini; Kimyoviy va neftikimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlarining tahlili; Transformator moyini tarkibida erigan gazlar, suvlar mavjudligining tahlili; Spirtli ichimliklarning aslligining tahlili; Vino va vinomateriallarini etanol va boshqalarni borligi bo‘yicha tahlili; Suvdagi, tuproqdagi va oziq – ovqatlarda pestitsidlar tahlili; Atmosfera havosini galogen saqlovchi va aromatik uglevodorodlar, uglerod oksidlari va boshqalarning mavjudligi bo‘yicha tahlili; Atom elektrostansiyalari gaz muhitining tahlili; Domenli ishlab chiqarishdagi mahsulotlar va metallurgiyada foydalaniladigan gazlar sifatining tahlili; Neftni uchuvchi organik birikmalar mavjudligiga tahlili; Lokbo‘yoq ishlab chiqarish mahsulotlarining tahlili; Tamaki mahsulotlari sifatining tahlili; Propeslent, aerozol va xlodagentlar tahlili; Almashuvchan analitik modul kolonkalar termostatiga o‘rnatilgan bo‘lib xromatograf modelini aniqlaydi va detektor (multidetektor), ikkita injektor va qo‘shimcha liniyalarga ega. Modul konfiguratsiyasi buyurtmachi tomonidan tahlilning konkret sharoitlari uchun tanlanishi mumkin. Masalan, PID/PID PID/PID/PID/ ikki yoki uchta bog‘liq bo‘lmagan PID li bo‘lish kanallariga ega. Ushbu modul ikkita detektorlarda parallel ishlashi mumkin. PID – fluktatsion shovqin darajasi – 50 mkV, maksimal signal – 25.00 voltgacha. Undan tashqari DTP, DTP/PID, EZD/TID, FID,GID, MSD turdagi turli detektorli modullardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling