Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


Download 1.47 Mb.
bet41/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

15.1-rasm. IRF – 22 refraktometri

IRF – 22 markali refraktometrda nur sindirish ko‘rsatkichi 1,3 – 1,7 oraliqda bo‘lgan moddalar o‘lchanadi. Bu refraktometrlardan suyuq va qattiq holatdagi sanoat va oziq – ovqat mahsulotlarining eritmalarini analiz qilishda foydalaniladi. RPL – 3 markali refraktometrlar suyuqliklarni hamda konditer mahsulotlardagi, konservalardagi, kraxmaldagi quruq moddalarning miqdorini saxaroza miqdoriga taqqoslab nur sindirish ko‘rsatkichini aniqlashga mo‘ljallangan.



15.2-rasm. RPL – 3 refraktometri
Quyida ushbu usulning fizikaviy asoslarini qarab chiqamiz. Aslida, refraktometriya – tahlil qilishning eski usullaridan biri bo‘lib I.Nyuton, L.Eyler va M.Lomonosovlar tomonidan asoslangan. Lekin, shunga qaramasdan ushbu usuldan bugungi kungacha moddalarning tuzilishini o‘rganish usuli sifatida keng foydalanilmoqda. Refraktometrik usul – shunday usulki bunda yorug‘lik turi bir (1) muhitdan ikkinchi (2) muhitga o‘tganda ular fizik xossalarining turlichaligi sababli tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlarning tezligi va yo‘nalishi O‘zgaradi. Ushbu O‘zgarishlarning (2.3 - rasm) o‘lchanadigan eksperimental xarakteristikasi bo‘lib, n – sinishning ko‘rsatkichi (koeffitsiyenti) hisoblanadi.
Muhit (2) ning (1) muhitga bo‘lgan nisbiy sindirish ko‘rsatkichi quyidagi tenglama (Snellius qonuni) asosida ifodalanadi

Bu yerda , - yorug‘lik to‘lqinlarining 1 va 2 muhitdagi tarqalish tezliklaridir.
– nurning tushish burchagi;
– sinish burchagi.
Agar yorug‘lik nuri 1 – muhitdan kichik sindirish qobiliyati katta bo‘lgan muhitga o‘tsa u holda, – sinish burchagi, – tushish burchagidan kichik bo‘ladi.
2 – muhitning absolyut sindirish ko‘rsatkichi – bu ushbu muhitning va unga nisbatan o‘lchangan sindirish ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi:

Bu yerda с – yorug‘likning vakuumdagi tezligi
Moddaning sindirish ko‘rsatkichiga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi faktor uning zichligi – bo‘lib hisoblanadi. Moddaning zichligi qancha katta bo‘lsa uning sindirish ko‘rsatkichi shuncha katta bo‘ladi.
Ushbu usulning kamchiliklarini sanab o‘tamiz:
- sezgirligining yuqori emasligi;
- o‘lchash aniqligining yuqori emasligi;
Usulning afzalligi:
- soddaligi, foydalanishiga bo‘lgan qulayligi;
- o‘lchashlarda namunaning kam miqdorda bo‘lishi;
- ekspress (tezkorligi);
- tejamkorligi.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozoriga eksport qilishda quyidagi O‘zbekiston davlat standartidan foydalaniladi: O‘z DSt ISO 2173:2011. Meva – sabzavot mahsulotlari. Refraktometr bilan eruvchan quruq moddalar miqdorini aniqlash usuli. (ISO 2173:2003, IDT)

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling