Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
-rasm. ISO-22000 xalqaro standartining asosiy elementlari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
22.2-rasm. ISO-22000 xalqaro standartining asosiy elementlari
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimlarini joriy qilishda xavflarni aniqlash Dunyo amaliyotida mahsulot sifatini boshqarish va nazorat qilishda xalqaro standartlarni qo‘llash va samarali boshqarish texnologiya hamda tizimlarini yaratish, ularni qo‘llashga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarish sanoati faoliyati va ularda texnologik jarayonlarni nazorat qilish hamda boshqarishning O‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishi barcha tarmoqlarda jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek qandolatchilik mahsulotlari sifatini boshqarish va ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, “2017-2021 yillarga mo‘ljallangan beshta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda mamlakatimiz iqtisodiy – ijtimoiy sohalarini rivojlantirishga tegishli meyoriy – huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami jihatdan salmoqlidir. Oziq – ovqat maxsulotlari sifatini boshqarish va ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro hujjatlar tahlilida Yevropa Ittifoqida oziq – ovqatlarning xavfsizligiga qo‘llaniladigan quyidagi direktivalar amal qiladi: 29.04.2004 yildagi oziq-ovqatlar gigiyenasi bo‘yicha ЕС 852/2004 (14.06.1993 yildagi ЕС 93/43 Direktiva bilan almashtirishgan). 29.04.2004 yildagi jonivorlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida davlat nazoratini tashkillashtirish bo‘yicha talablardan tarkib topgan ЕС 854/2004 Direktivadir. Direktiva talablari umumiy tavsifi hamda ishlab chiqarish texnologiyalaridan kelib chiqib, har bir korxona aniqlashtirilmog‘i lozim. Shu tariqa oziq – ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligini zarur darajada ta’minlash, saqlash uchun НАССР – ХАССП (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf – xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari, XT va KNN) tizimini korxonalarda ishlab chiqish va joriy etish tavsiya etiladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun 2005-yil 1-iyuldan kirish komponentlari (xom ashyo)dan boshlanib va yakuniy mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha texnologik zanjirning aniq va ravshanligi majburiydir. Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida, O‘zbekistonda ham oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifat va xavfsizlik talablarini o‘rnatuvchi milliy standartlar va boshqa meyoriy hamda qonuniy hujjatlar mavjud. Oziq – ovqat korxonalarida mahsulot xavfsizligi va sifatini boshqarish tizimiga yagona xalqaro talablarning mavjud emasligi ISO 22000 seriyali “Oziq – ovqat mahsulotlarining xavfsizlik menejmenti tizimi. Yetkazib berish zanjirining barchasiga talablar”ni ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi va u 2005 yilning sentabridan amalga kiritilgan. ISO 22000 НАССР– ХАССП (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf – xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari, XT va KNN) va ISO 9001:2015 standartini birlashtiruvchi oziq – ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimi bayon etib, bir vaqtning O‘zida GMP (yaxshi ishlab chiqarish tajribasi) dastlabki shartlar dasturini birlashtiradi va tushunchalarga izoh beradi. Ushbu standartda asosiy e’tibor oziq – ovqat mahsulotlari xavf – xatar chiqaruvchi, xavf – xatarlarni samarali boshqarish va tizim jarayonlarini modernizatsiyalash yo‘li bilan xaridorlarni qanoatlantirishga qaratilgan. Ayni paytda hujjatlar tuzilmasi bu tizimni sifat menejmenti va atrof muhitni himoyalash tizimlariga qulay birlashtirish imkonini beradi. Tadqiqotlar natijasi shuni kursatmoqdaki, ISO 22000 seriyali standart dunyo hamjamiyatida ommabop bo‘lib, ushbu standart talablari asosida O‘z mahsulotlarini sertifikatlashtirgan korxonalar soni keskin ko‘paygan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda sifat menejmenti tizimi talablarini o‘rnatuvchi O‘zDSt ISO 22000:2010 va ISO 22000:2018 “Oziq – ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi. Oziq – ovqat mahsulotlarini yaratish zanjirida qatnashuvchi tashkilotlarga talablar” standarti qabul qilingan va joriy etilgan. standartning asosiy maqsadi dalada, fermer xo‘jaliklaridan boshlanib, do‘kongacha bo‘lgan tugallangan zanjir doirasida ushbu mahsulotlar xavfsizligini boshqarish global uyg‘unlashuvi sanaladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling