Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”


– rasm. ISO ning tarkibiy strukturasi


Download 220.89 Kb.
bet2/3
Sana04.12.2020
Hajmi220.89 Kb.
#159382
1   2   3
Bog'liq
metrologiya 1-amaliy var-42


1 – rasm. ISO ning tarkibiy strukturasi.

ISO da prezident, vitse – prezident, g„aznachi va bosh sekretar lavozimlari mavjud. Bosh Assambleya – ISO ning Oliy Rahbari bo„lib, ISO ning yig„ilishi uch yilda bir marta bo„ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.

Bosh Assambleya o„tkazish vaqtida sanoat sohasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo„nalishlari muhokama qilinadi.

ISO kengashi yiliga bir marta o„tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi, kengash idoralarining a‟zolarini hamda texnikaviy qo‟mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko„riladi.

ISO tashkilotining kengashiga quyidagi byuro va komitetlar bo‟ysunadi.


  1. PLAKO – texnik byuro;

  2. STAKO – standartlashning ilmiy tamoyillarini o„rganuvchi komitet;

  3. KASKO – muvofiqlikni baholash komiteti;

  4. INKO – ilmiy texnikavii axborot komiteti;

  5. DEVKO – rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko„rsatuvchi tashkilot;

  6. KOPOLKO – iste‟molchilar manfaatlarini himoya qiluvchi komitet;

  7. REMKO – standart namunalari boyicha komitet.

ISO tashkilotining rasmiy tillari – ingliz, rus, fransuz tillari hisoblanadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so„ng erishgan muhim yutuqlaridan biri – bu uning 1992 yilda ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga 92 – nchi davlat sifatida qabul qilinishi bo„ldi. O„zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a‟zolaridan biri hisoblanadi.



102.Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK) qanday maqsadda tuzilgan?

1.2 Xalqaro elektrotexnika komissiyasi.

Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari 1881 yilda elektr boyicha birinchi Xalqaro kongressning o„tkazilishidan boshlangan edi. 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora – xalqaro

elektrotexnika komissiyasi (XEK) tuzish to„g„risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi boyicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug„ullana boshladi.

XEK (ko‟pgina adabiyotlarda MEK deb berilgan, bu ruscha

“Mejdunаrodnаya elektrotexnicheskаya komissiya” so‟zlarining bosh harflaridan olingan) nizomiga ko„ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo„shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir.

ISO va XEK faoliyatlari boyicha farqlanadi, XEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari boyicha shug„ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar boyicha standartlashtirish bilan shug„ullanadi.

Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‟mitalar XEK ning a‟zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer kurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste‟molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir.

XEK ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi.

XEK ning Oliy rahbar idorasi XEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo‟mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo„lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse – prezident, g„azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. XEK har yili bir marta o„z kengashiga yig„iladi va o„z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.



1972 yilga qadar XEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko„rsatar edi. 1972 yili esa XEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.

1.3 Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot.

Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) yoki OIML (Organization

Internationale de Metrologe Legale) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi – davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.



MOZM faoliyatining asosiy yo„nalishlari

MOZMga a‟zo bo„lgan mamlakatlar uchun o„lchash vositalarining uslubiy me‟yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash;



  • qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va ishchi o„lchash asboblarini uyg„unlashtirish;

  • xalqaro ko„lamda birxillashtirilgan o„lchash birliklarini

mamlakatlarda qo„llanishini ta‟minlash;

  • metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish boyicha davlat ko„rsatmalarining birliligini ta‟minlash;

  • rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta‟min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta‟minlashda ilmiy – texnikaviy yordamlashish;

  • metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun – qoidalarini belgilash.

MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi



Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to„rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma‟ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili – fransuz tilidir.

1.4 Sifat bo’yicha Yevropa tashkiloti.

Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferentsiyasi chaqirilgan yili – 1957 yilda tashkil topdi, biroz keyinroq uning nizomi ham tasdiqlandi.

YeoKKning har yili konferensiya o„tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish boyicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va Amaliy masalalarini hal qilish, bu sohadagi so„nggi yutuqlarni targ„ibot qilish, sifatning aktual mummolari boyicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taalluqli ko„pgina boshqa masalalarni ko„rib chiqishdir.

1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKKning rahbariy hujjatlari qaytadan ko„rib chiqildi.

U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o„z nizomini o„zgartirib, hozirda sifat boyicha Yevropa tashkiloti (YeOK) deb ataladi.

Sifat boyicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo„luvchi hujjatlari YeOKning nizomi, ish tartibi qoidalari, qo‟mita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo„ljallangan asosiy masalalar boyicha yo„nalish rejalari mavjuddir.

YeOK tarkibida 26 ta to„la huquqli a‟zolari, 12 ta muxbir a‟zolari hamda 37 ta alohida muxbir a‟zolari va 10 ta faxriy a‟zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 tasi bilan o„z bitimlariga egadir.

YeOk maxsus bitimlari asosida sifat boyicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, Yangi Zelandiya, AQSH, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdo„stlik aloqalari o„rnatilgan.

YeOKning Oliy lavozimi egasi, uning prezidenti bo„lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma‟muriy idoralari – kengash, ijroiya qo‟mitasi va sekretariatdir.

YeOKning ish yuritish rasmiy tillari – ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o„zining ilmiy – texnikaviy jurnaliga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi.

Hozirgi vaqtda YeOkning 12 ta texnikaviy qo‟mitalari mavjud bo„lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste‟mol masalalari bo‟yicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funktsional – baholashni tahlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHMning matematik ta‟minlanishida sifat, sifat to‟garaklari, mahsulot sifatini metrologik ta‟minoti bilan shug„ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavjuddir:



  • avtomobil;

  • energetika;

  • qurilish;

  • oziq – ovqat;

  • farmatsevtika;

  • sifat masalalari bo„yicha maslahatlar ko„rsatish.

Texnikaviy qo‟mitalar va tarmoq seksiyalari YeOKning to„la huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o„z navbatida YeOKning a‟zo mamlakatlarining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta‟minlaydigan tashkilotlarning hujjatlaridan foydalanadi.

Download 220.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling