Metrologiya to‘g‘risida”gi standartlashtirish to’g’risidagi Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida’gi mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risidagi O’zr qonuni bo’yicha tushunchalar berish Reja


Download 35.94 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1477965
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy

3 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi.
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
10-modda. Davlat metrologiya xizmati.
“O‘zstandart” agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism).
11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan xollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
4 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlari.
Kuyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari hisoblanadi: etalonlar, o‘lchov vositalari, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari, axborot-o‘lchov tizimlari, o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari, metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga ob’ektlar.
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar.
15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari.
16-modda. O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash.
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
17-modda. O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish (O‘zR 26.05.2000 y. 82-2-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda).
Tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism).
18-modda. O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish.
Ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada ko‘llanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda).
18.1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish xuquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish.
19-modda. Metrologiya normalari va koidalarini buzganlik uchun javobgarlik.
5 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash.
21-modda. Metrologik ishlar va xizmatlar uchun xaq to‘lash.
O‘lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchovlarning bajarilish sifatini baholash bo‘yicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq, tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq to‘lanadi (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda).
Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yxati belgisi qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling