Метрология


Download 1.06 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi1.06 Mb.
#1037723
Bog'liq
O\'LCHASHLAR VA ULARNING TURLARI

Metrologiya

O’lchashlar, uning turlari va o’lchash vositalari

Reja:

Reja:

1. O‘lchash turlari va usullari

2. O‘lchash vositalari va ularning turlari.

3. Etalonlar, ularning tabaqalanishi.

O‘lchash deb, shunday solishtirish, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizikaviy tajriba, ya‘ni eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.


O‘lchash jarayoni – bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
O‘lchash usuli – bu fizik eksperimentning aniq, ma’lum struktura, o‘lchash vositalari va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilish, amalga oshirilish usulidir.
O‘lchash natijasi – o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi:
Х = n(х),
bu yerda: X – o‘lchanadigan kattalik;
n – o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son qiymati;
(х) – o‘lchash birligi.
X=2(kg)
O‘lchash jarayoni sxemasi.
O’lchash turlariga misollar
Bevosita o’lchash
Bilvosita o’lchash
O’lchash turlariga misollar
Majmuaviy o’lchash
Birgalikda o’lchash
Bevosita baholash usuli – bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topishdir. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish.
O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli – o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish)dir. Masalan tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining o‘zini bir nechta turlari mavjud.
O’lchash usullari
Ayirmali o‘lchash (differentsial) usuli – o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o‘lchash asbobiga ta‘sir qilishdir. Misol uchun, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash.
∆U=U0 – Ux; Ux=U0 – ∆U
Ux bilan U0 qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq bo‘ladi.
Nolga keltirish usuli – bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta‘siri natijasini nolga keltirish lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘la muvozanatlashtirib o‘lchash.
O’lchash usullari
O‘rindoshlik usuli – o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma‘ lum qiymatli kattalik bilan o‘rin almashishiga asoslangan.
Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma – gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish.
Mos kelish usuli – o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini moslash.
O’lchash usullari

O‘lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi.

Etalon deb, kattalikning o‘lchamini hosil qilish, saqlash va uni boshqa o‘lchash vositalariga uzatish uchun xizmat qiladigan o‘lchovlarga aytiladi.


Etalonlarning tabaqalanish pog‘onasi quyidagicha joylashgan:
– birlamchi etalonlar;
ikkilamchi etalonlar;
– ishchi etalonlar.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o’lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan birlamchi yoki maxsus etalon.
Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon bo‘lib, milliy metrologiya organi tomonidan tasdiqlanadi.
Guvoh etalon – davlat etalonining butliligini va o‘zgarmaganligini tekshirish uchun va buzilgan toki yuqolgan hollarda uni almashtirish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
Nusxa etalon ishchi etalonlarga birliklar o‘lchamlarni uzatishga mo‘ljallangan ikkilamchi etalon hisoblanadi.
Taqqoslash etaloni ham ikkilamchi etalon bo‘lib, undan biror sababdan ko‘ra bir – biri bilan bevosita solishtirib bo‘lmaydigan etalonlarni taqqoslash uchun foydalaniladi.
Yuqori aniqlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalariga va ayrim hollarda juda katta aniqlikka ega bo‘lgan namunaviy o‘lchash vositalariga birlikning o‘lchamini uzatish uchun ishchi etalon qo‘llaniladi.
Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling