"metrologiya va standartlashtirish" fanining ma`ruza mashg’uloti


Download 0.94 Mb.
bet3/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1441523
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 maruza

Stixiyali rivojlanish davri. Metrologiya xizmati va metrologik
ta’minot masalalarining dastlabki kurtaklari turli davlatlarda turlicha
tarzda vujudga kela boshlagan. Masalan, rus knyazi Svyatoslav Yaroslavich
belidagi oltin kamaridan uzunlikning namunaviy o‘lchash vositasi sifatida
foydalangan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra knyazь davriy ravishda bozor rastalarini
oralab yurib, turli mato sotuvchilarining uzunlik o‘lchovlarini kamari bilan
taqqoslab turgan. Agar ular orasidagi tafovut belgilanganidan ortib ketsa,
sotuvchini shafqatsiz jazolagan.
Italiyada ham bu borada muayyan tartib belgilangan edi (o‘rta asrlarda).
CHerkov va butxonalarda aniq sondagi marvarid donalari saqlanib, ulardan
sochiluvchan (dispers) moddalarning hajm va massa birliklarini hosil qilishda
foydalanganlar.
Markaziy Osiyoda ham o‘lchovlar va ularning turg’unligini saqlash, o‘lchash
qoidalariga qat’iy rioya etish masalalariga jiddiy e’tibor berilgan. Aksariyat
hollarda buning nazorati eng yuqori amaldorlar tomonidan olib borilgan. Masalan,
islom ta’limotida to‘g’ri o‘lchash, ya’ni xaridor haqini urib qolmaslik (buni hozirda
ham «tarozidan urib qolish» deyiladi) masalalariga juda qattiq qaralgan.
Tarixiy yozishmalarda davlatlar orasida urushlarning kelib
chiqishlarida ba’zan o‘lchashlardagi kelishmovchilik ham sabab
bo‘lganligi kabi ma’lumotlar ham keltirilgan.
Garchand, o‘lchashlar nazariyasining, bundagi yondoshuvlarning
turli davlatlardagi rivojlanishi turlicha uslub va usullarda, muayyan
ma’noda stixiyali tarzda bo‘lgan bo‘lsada, barcha hollarda quyidagi
umumiylik printsiplari saqlanib qolgan:
- o‘lchovning o‘z xossalarini uzoq muddat saqlab qolishi;
- o‘lchov qiymatining takrooriy o‘lchashlarda o‘zgarmasligi
(doimiyligi);
- o‘lchanayotgan kattalikning turli qiymatlarini xosil qilish
imkoniyatini mavjud bo‘lishi.
Bu davrdagi o‘lchashlarning asosiy kamchiligi sifatida o‘lchov
birliklarining o‘zaro mutanosibligi bo‘lmaganligi hamda asosiy
kattaliklarning birliklarini bir-biriga bog’liq emasligini ko‘rsatish
mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling