Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulotlari


IV-BOB. NIZOLARNI QARAB CHIQISH. SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK


Download 464.5 Kb.
bet12/19
Sana08.01.2022
Hajmi464.5 Kb.
#245058
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
metrologiya amaliy metod

IV-BOB. NIZOLARNI QARAB CHIQISH. SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

20-modda. Mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni qarab chiqish

Mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda qarab chiqiladi.

21-modda. SHikoyatlarni qarab chiqish

Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda manfaatdor tomon «O‘zstandart» agentligining SHikoyatlarni qarab chiqish kengashiga murojaat etishga haqlidir.

SHikoyatlarni qarab chiqish kengashi to‘g‘risidagi nizomni «O‘zstandart» agentligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

«O‘zstandart» agentligining SHikoyatlarni qarab chiqish kengashi sertifikatlashtirish organlari va sinov tajribalarining (markazlarining) qarorlari ustidan berilgan shikoyat arizalarini qarab chiqadi.

SHikoyat arizalari ikki hafta ichida qarab chiqiladi.

«O‘zstandart» agentligining, SHikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.

22-modda. Sertifikatlashtirish organlarining va sinov tajribalarining (markazlarining) javobgarligi

Sertifikatlashtirish organi:

muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;

arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun;

arizachining tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar bo‘ladi.

Akkreditatsiya qilingan sinov tajribasi (markazi) sertifikatlashtirish organiga sinovlarning natijalari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berganlik uchun javobgar bo‘ladi.

Sertifikatlashtirish organlari va sinov tajribalari (markazlari) mazkur moddada aytib o‘tilgan xatti-harakatlar natijasida arizachiga etkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘la hajmda qoplashlari shart.

23-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini bo‘zganlik uchun javobgarligi

Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini bo‘zganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan sertifikatlash-tirilmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun tayyorlovchining (tadbirkorning) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor — tayyorlovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi tayyorlovchilarni (tadbirkorlarni) majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazishdan ozod qilmaydi.




Download 464.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling