Metrologiyaning rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar Qadimiy, ko‘hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar
Odam tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchash birliklari
Download 58.76 Kb.
|
FAYZULLAYEV AXMAD METROLOGIYA 1
Odam tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchash birliklari.
Quyidagi Rossiya xalqlarida inson tanasi a’zolariga moslikka asoslanib qabul qilingan va o‘lchash ishlarida qo‘llanilgan birliklar ko‘rsatilgan. Inson tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchov birliklari. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar Metrologiyada sohasida ishlatiladigan ayrim tushunchalar va ularning ta’riflarini quyida keltirib o‘tamiz: Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birliligini ta’inlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan. Nazariy metrologiya – metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab chiqish predmeti bo‘lgan sohasidagi metrologiya bo‘limi. Qonunlashtiruvchi metrologiya – metrologiya bo‘yicha milliy idora faoliyatiga qarashli va birliklar, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va o‘lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o‘z ichiga olgan metrologiya qismi. Amaliy metrologiya – nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo‘llanish masalalari bilan shugʻullanuvchi metrologiya bo‘limi. Kattalik – sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir. Kattalik o‘lchami – muayyan miqdoriy ob’yekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi. Kattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash. Parametr – berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik. O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oraligʻida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita. Kattalik o‘lchovi – o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) – kattalikning o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchashlar vositasi yoki o‘lchash vositalarining majmui. Birlamchi etalon – birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon. Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon. Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon. Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon. Nusхa–etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon. Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon. Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon. Milliy etalon – mamlakat uchun boshlangʻich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon. O‘lchashlar birliligi – o‘lchash natijalari rasmiylashtirilgan kattaliklar birliklarida ifodalangan va o‘lchashlar xatoligi berilgan ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda joylashgan o‘lchashlar holati. Download 58.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling