Metrologiyaning rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar Qadimiy, ko‘hna o‘lchovlar va o‘lchash birliklari. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar


Download 58.76 Kb.
bet5/5
Sana23.09.2023
Hajmi58.76 Kb.
#1686484
1   2   3   4   5
Bog'liq
FAYZULLAYEV AXMAD METROLOGIYA 1

O‘lchashlar birliligini ta’minlash – O‘BT Qonunlar, shuningdek
o‘lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va boshqa
me’yoriy hujjatlarga muvofiq o‘lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan
metrologik xizmatlar faoliyati.
Metrologik xizmat – bu o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va
metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil
etiladigan xizmat.
Davlat metrologik xizmati – bu mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash
bo‘yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash
ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi.
Metrologik tekshiruv – o‘lchash jarayoni elementlarini me’yoriy hujjatlar
talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o‘z ichiga olgan vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
Metrologik nazorat – o‘lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va
o‘rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun
vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish – o‘lchash vositalarining belgilab
qo‘yilgan texnikaviy talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari (vakolat berilgan boshqa idoralar, tashkilotlar)
tomonidan bajariladigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini
va o‘lchash birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash
maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.


XULOSA
Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.


Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. M. etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi.
Qonunlashtiruvchi M. — davlat tomonidan aniq belgilanishi va tekshirilishi talab qilinadigan, oʻlchashlar va oʻlchash vositalarining bir xilligigaerishish bilan bogʻliq masalalarni koʻradi. Davlatlarda oʻlchashlar bir xilligini talab etiladigan darajada taʼminlash va saqlab turish uchun M. boʻyicha milliy idoralar tomonidan boshqariladigan metrologik xizmatlar tashkil etiladi.
Download 58.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling