O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILAR
VA BAGAJ TASHISH QOIDALARINI HAMDA AVTOBUSLARDA YO‘LOVCHILAR
TASHISH XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA DOIR TALABLARNI TASDIQLASH
HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan yo‘nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi,
yo‘nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi, avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish
yo‘nalishi sxemasini, yo‘nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi, avtomobil transportida
yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishining pasportini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yo‘nalishli avtobus harakati
jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlarini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-
avgustdagi PQ-1604-son
qaroriga
asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunini
bajarish yuzasidan,
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatining
huquqiy asoslarini yanada
shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalari
1-ilovaga
muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga
doir
talablar
2-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qarorga 2-ilova
15-bandining
nazorat priborlari (taxograflar)
bilan jihozlashga doir talablari 2004-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston
Respublikasida
Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”
1997-yil 31-iyuldagi 378-son
qarori
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.