O‘zbekiston respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida


-§. Yo‘lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo‘yiladigan talablar


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana22.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1219900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
3-§. Yo‘lovchilar tashuvchi transport vositalariga qo‘yiladigan talablar 


16. Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik 
foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak. 
17. Avtotransport vositalari Dst 974/2000 O‘zbekiston davlat standartiga muvofiq 
anjomlarga ega bo‘lishi kerak. 
4-§. Yo‘lovchilarni tashuvchi haydovchilarga qo‘yiladigan talablar 
18. Avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar O‘zbekiston davlat 
standartlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak. 
19. Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar 
haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda: 
tender kontraktiga muvofiq ushbu yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga; 
tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga); 
yo‘nalish hujjatlariga
yo‘l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga; 
yo‘l varaqalarida yo‘lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o‘tkaziladigan avtotransport 
vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlarga
qatnov jadvaliga va yo‘nalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro 
yo‘nalishlarda — unda aholi yashash joylaridan o‘tish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash 
vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda) ega bo‘lishi kerak. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Turistik-ekskursiya qilish yo‘nalishlarda ishlashda avtobuslarning haydovchilari turistik 
yo‘nalishga xizmat ko‘rsatiladigan qatnov yo‘li sxemasiga ega bo‘lishlari kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-sonli 
qaroriga 
asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 
09/19/424/3170-son)

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling