O‘zbekiston respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida


-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana22.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1219900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
2-§. Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish 
7. Yo‘lovchilarni tashish quyidagi turlarga bo‘linadi: 
a) shaharda tashish; 
b) shahar atrofida tashish; 
v) shaharlararo tashish; 
g) xalqaro tashish. 
Yo‘lovchilar: 
a) yo‘nalishli avtobuslarda; 
b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari)ga yoki 
tashishning boshqa shartnomalari bo‘yicha beriladigan avtobus va yengil avtomobillarda; 
v) yo‘nalishsiz taksilarda; 
g) yo‘nalishli taksilarda tashiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
8. Yo‘nalishli avtobuslar va yo‘nalish taksilari harakati:
a) shahar yo‘nalishlarida — shaharlar hokimliklari yoki O‘zbekiston avtomobil transporti 
agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan;
b) shahar atrofi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — viloyatlar hokimliklari 
yoki O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan;
v) viloyatlararo-shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda -O‘zbekiston avtomobil transporti 
agentligi tomonidan tuziladigan jadvallar bo‘yicha tashkil etiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
9. Yangi yo‘nalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining 
hududiy boshqarmalari tomonidan yo‘nalish sxemalarini Toshkent shahar IIBB, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi IIV va viloyatlar IIB yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan 
holda;
b) shahar atrofi va viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri yoki O‘zbekiston avtomobil transporti 
agentligining hududiy boshqarmalari Toshkent shahri IIBB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV va 
viloyatlar IIB yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda;


v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda — O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yo‘nalishlar sxemalarini kelishgan 
holda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi. 
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son) 
10. Har bir yangidan ochiladigan va foydalaniladigan yo‘nalishlar uchun yo‘nalish pasporti 
tasdiqlanadi, unda quyidagilar bo‘ladi: 
a) yo‘nalishning asosiy ko‘rsatkichlari bilan birga titul varaqasi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
b) yo‘nalish sxemasi (sxemada to‘xtab o‘tish manzillari, harakatlanish uchun xavfli bo‘lgan 
yo‘l uchastkalari, temir yo‘lni kesib o‘tish joylari, kesishgan yo‘l ustidan o‘tkazilgan ko‘ndalang 
yo‘llar va shu kabilar ko‘rsatiladi). Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlar sxemalarida, 
bundan tashqari, dam olish joylari, ovqatlanish shoxobchalari ko‘rsatiladi; 
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-
noyabrdagi 294-sonli 
qarori
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda) 
v) masofani o‘lchash protokoli va avtotransport vositasining harakatlanish vaqti 
xronometraji; 
g) avtotransport vositasining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish jadvali; 
d) yo‘l haqi tariflari. 
11. Yo‘lovchilarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli (shu jumladan bepul) yurish 
huquqi beriladi. 
Avtomobil transportida imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar toifalari va 
ushbu imtiyozlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 
12. Muntazam yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda 
yo‘lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi, uni butun yo‘lda yurish vaqti davomida saqlashi va uni 
nazoratchining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart. 
13. Yo‘lovchilar yo‘l chiptalarini kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib 
oladi. 
14. Yo‘nalishdagi avtotransport vositasi nosoz bo‘lgan taqdirda yo‘lovchilarga berilgan 
yo‘lda yurish hujjatlari aynan shu yo‘nalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy 
hisoblanadi. Yo‘lovchilarni boshqa avtotransport vositasiga o‘tkazish nosoz avtotransport 
vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi. 
Yo‘lovchilar yo‘qotib qo‘ygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun to‘langan pul qaytarib 
berilmaydi. 
15. Avtobusda:
a) yo‘lovchilarning mast holda yurishi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
b) alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish; 
(15-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-
maydagi 148-sonli 
qarori 
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 22-son, 244-modda) 
v) haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish; 
g) oynadan tashqariga osilish
d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va 
ashyolarni, g‘ilofsiz o‘q otar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish; 
e) o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 
kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib 
yurish; 
j) salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib 
yurish; 
z) tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish taqiqlanadi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling