O‘zbekiston respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana22.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1219900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh., 
2003-yil 4-noyabr, 
482-son 
Vazirlar Mahkamasining 
2003-yil 4-noyabrdagi
482-son 
qaroriga 
 
1-ILOVA
Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish
QOIDALARI 
I bob. Umumiy qoidalar 
1. Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari (keyingi 
o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) “
Avtomobil transporti to‘g‘risida
”, “
Shahar yo‘lovchilar transporti 
to‘g‘risida
”, “
Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi to‘g‘risida
”, “
Iste’molchilarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida
”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va 
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi. 
2. Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajlarni tashish tegishli litsenziya, tender 
natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda tuzilgan muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilar transportida 


xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan shartnomalar (kontrakt) mavjud bo‘lgan taqdirda amalga 
oshiriladi. 
3. Yo‘lovchilar va bagajni tashishga tariflar miqdorlari mazkur Qoidalar va boshqa qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi. 
4. Avtomobilda yo‘lovchilar va bagajni xalqaro tashishlar, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi. 
5. Yo‘l chiptalari, yo‘l va chiptani hisobga olish varaqalari rekvizitlari, yo‘nalishlar, 
avtovokzallar (avtostansiyalar) pasportlari, avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashishga 
taalluqli shakllar va yo‘riqnoma-metodik hujjatlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti 
agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 
II bob. Yo‘lovchilar va bagajni tashish 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling