Arxiv hujjatlarini
kataloglashtirish – arxiv fondlariga kataloglar tuzish bilan bog’liq ishlar
Rubrika – arxiv katalogining sarlavhasi
Mantiqiy tuzilishdagi
kataloglar – hujjatlar haqidagi ma’lumotlar mantiqiy o’zaro bog’liqlik negizida tuzilgan kataloglar (sistematik, mavzuiy, xronologik va hokazo)
Alfavit kataloglar – hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan holda, ya’ni alfavit bo’yicha tuzilgan kataloglar (ismlar, geografik nomlar bo’yicha tuzilgan kataloglar)
Sistematik katalog – hujjatlar haqidagi ma’lumotlar bilim sohalari yoki ijtimoiy faoliyat sohalari bo’yicha guruhlashtirilgan katalog
Mavzuiy katalog – konkret bir mavzularga doir hujjatlar guruhlashtirilgan katalog
Xronologik katalog – hujjatlar tarixiy davrlarga qarab guruhlashtirilgan katalog
Do'stlaringiz bilan baham: |