Meva daraxtlariga shakl berish, ularni parvarish qilish
Mevachiikda shoxlarning ahamiyati va turlari
Download 32.35 Kb.
|
meva ko\'chatlarga shakl berish, ularni parvarish qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- YArusli shoxlar.
Mevachiikda shoxlarning ahamiyati va turlari
Mevachilikda shoxlar shartli ravishda tabiiy va sun’iyga bo’linadi. Tabiiy shox-shabbalar erkin o’suvchi daraxtlarda bo’ladi, ularga bir necha tartib shoxlar bilan shakl beriladi. Sun’iy shox-shabbalar juda turli-tuman va ko’pincha manzarali bo’ladi, ular maxsus moslamalar yordamida tuziladi (barpo etiladi), o’sishi va hosil berishini tartibga solish uchun maxsus texnika talab qiladi hamda asosan shakl beriladigan mevachilikda qo’llaniladi. Erkin o’suvchi shoxlar tana balandligiga nisbatan har xil butasimon (tanasining balandligi 50 sm dan kam), past tanali (50-70 sm), o’rtacha tanali (80-100 sm) va baland tanali (150-200 sm) bo’ladi. O’zbekistonda meva daraxtlari turlarining ko’pchiligi past tanali qilib shakl beriladi, chunki bu meva daraxtlarining hosilga juda erta kirishini ta’minlaydi, quyosh kuydirishiga, shamol va sovuqqa qarshi chidamligini oshiradi, shuningdek, darxtlar bog’larga ishlov berishning barcha turlarini mexanizatsiyalashtirishni ayniqsa daraxt shox-shabbalarni tutashib ketishi qiyinlashtiradi. Nav xususiyatlari tana balandligiga birmuncha ta’sir qiladi. Egilgan (majnuntolga o’xshab) shoxli navlarga (Renet Simirenko, Zolotoye Grayma va boshqalar) past tanali qilib shakl berilganda shoxlari yanada yoyilgan shaklga kirgan, ana shu navlarning o’ziga o’rtacha tanali qilib shakl berilganda shox-shabbalari birmuncha ko’tarilgan holda bo’ladi. Markaziy tananing bo’lishiga va asosiy shoxlarning joylashish xususiyatiga qarab shox-shabbalar bir-biridan yarusli, yarussiz (lider), vazasimon (kosasimon), yotib o’sadigan, butasimon shakllarda bo’lishi bilan farq qiladi (35, 36 – rasmlar). YArusli shoxlar. Qator meva daraxtlarda (olma, nok, gilos va boshqalarda) erkin o’sayotgan asosiy shoxlar tanada yarus bo’ylab joylashadi, har bir yarusda 3-5 tadan shox bo’ladi. SHox-shabbaning bu tipi birmuncha mukammallashtirilgandan keyin bog’larda mutovka-yarusli shox-shabba qabul qilinadi. Bu shakl berish tabiiy shakl berishga yaqin bo’lib, bunda daraxt shox-shabbalariga yorug’lik yaxshi tushadi. Hozirgi vaqtda bu siyrak yarusli shox-shabbaga almashtirilmokda. Uning xususiyatlari: bunda shox-shabbalarning birinchi shakldagiga qaraganda birmuncha siyrak joylashadi. Download 32.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling