Mevachilik mahsulotlarining marketingini yaxshilash yo`llari
Download 29.65 Kb.
|
Qishloq xo`jaligi korxonalarida marketing boshqaruvi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing” tushunchasi, uning mohiyati va samaradorligi
Qishloq xo`jaligi korxonalarida marketing boshqaruvi MEVACHILIK MAHSULOTLARINING MARKETINGINI YAXSHILASH YO`LLARI Reja: 1. “Marketing” tushunchasi, uning mohiyati va samaradorligi 2. Qishloq xo`jaligi marketingi funksiyalari 3. Qishloq xo`jaligi marketingi strategiyasini turlari “Marketing” tushunchasi, uning mohiyati va samaradorligi Hozirgi paytda qishloq xo`jaligini rivojlantirishda ma`lum bir iste`molchilarning talablarini aniqlash va qondirishga qaratilgan marketingga ko`proq e`tibor qaratilmoqda. Marketing (inglizcha market-bozor) – tadbirkor muhitini, bozorni, iste`molchining aniq talabini va ular uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni ko`zda tutishni o`rganishga asoslangan, qishloq xo`jaligi korxonalarining ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bozor konsepsiyasidir. Qishloq xo`jaligi marketingining maqsadi- talabni shakllantirish va rag`batlantirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchisi ishning rejalari va qabul qilinadigan boo`qaruv qarorlarining asosliligini ta`minlash hamda qishloq xo`jaligi mahsulotlarining savdo ko`lami, bozor hissasi va foydasini ko`paytirishdan iborat. Sotiladigan, ya`ni bozori chaqqon qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish – qishloq xo`jaligi fermeri faoliyatiga marketing nuqtai nazaridan yondashishining asosiy nishonidir. Boshqacha qilib aytganda, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishidan oldin, qo`lga kiritilgan ma`lumotlarga qishloq xo`jaligi mahsulotlarini to`liq ishlab chiqarish va mukammallashtirish va shundan keyingina shu tovar bilan bozorga chiqish, qishloq xo`jaligi fermeri konkret iste`molchilari talablarini puxta o`rganishni tartibga solish kerak. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirib, keyin uni sotish bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklarga duch kelmaslik lozim. Marketing – iste`molchi talabi tahlili va nazarda tutilishining ilmiy ishlab chiqilgan konsepsiyasi. Bu rag`batlantirish, reklama andozalarini o`z ichiga olgan sotishni tashkil qilish tizimidir. Marketing – peshtaxtaning boshqa tomonida turib biznesga iste`molchi ko`zi bilan qaray olishdir. Bu xaridor topish va uni ushlab turish, unga raqobatchiga ko`ra yaxshiroq va tezroq xizmat ko`rsatish va uning talablarini qondirish qobiliyatidir. Agar moliyaviy faoliyat sohasida fermerlar tomonidan asosiy e`tibor marketing yondashuvining qabul qilinishigacha narxga emas tannarxga qaratilgan bo`lsa, marketingishlab chiqaruvchilarni xaridor to`lashga tayyor bo`lgan narxga yo`naltiradi. Shunga ko`ra, qishloq xo`jaligi fermeri budjeti ham sotish sohasidagi talablarga muvofiq ravishda qurilishi kerak. Agar oldin korxona birinchi navbatda ishlab chiqarishga tegishli tadqiqotlarni bajargan bo`lsa, unda marketing tizimi asosiy e`tiborni bozordagi ahvolning tahliliga qaratadi. Agar qishloq xo`jaligi mahsulotlari assortimentini rejalashtirish oldin faqat uning sifatini yaxshilashga qaratilgan bo`lsa, unda marketing tizimi, asosan, iste`molchi talablarini hisobga oladi. Ishlab chiqarishga qarab ish tutishda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotish va tarqatish masalalari bilan shug`ullanayotgan mutaxassis qishloq xo`jaligi fermeri uchun buyurtma oluvchi sifatida ikkinchi darajali rol o`ynaydi. Marketingni nazarda tutib ish yuritishda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotish bo`yicha menejer tashkiliy tizimdagi boshliqlardan biri bo`lib, uning vazifasi bozorning tovar va xizmatlar bilan to`lgan qiyin sharoitlarda korxonaning uzluksiz va samrali ishlashini ta`minlashdan iborat. Aynan to`la bozor, ya`ni sotuvchilar taklifi xaridorlar talabidan oshganda, “xaridor bozori” marketing konsepsiyasini qo`llash va uning samarali bo`lishini ta`minlash uchun asosiy shart-sharoit bo`lib xizmat qiladi. Umuman, sotishni tashkil qilish va ishlab chiqarish tizimining tarixiy taraqqiyoti bozor munosabatlarining xususiyati va bozorda talab va taklifning o`zaro munosabatlari bilan bog`liq ravishda vujudga kelgan. Birinchi bosqichda tovar sotilishini tashkil qilishning ishlab chiqarish tizimi o`z aksini topgan “tovar - xaridor” (xaridor talabi taklifni qamrab oladi) tizimidir. Bunda sotuvchi bozorning tavarga bo`lgan talablaridan xoli holda uni ishlab chiqaradi va hech qanday qo`shimcha xarajat va qiyinchiliksiz sotadi. Bu usul “sotuvchi bozori” sharoitida o`z samarasini beradi. Bunday holatda ishlab chiqaruvchining asosiy vazifasi – ishlab chiqarish quvvatini oshirish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini chiqarishni ko`paytirish hamda xarajatlar va narx raqobatini kamaytirishdir. Tovar sotishni tashkil qilishning ishlab chiqarish tizimi aniq ko`rinishi – tovar tizimi bo`lib, uni ishlab chiqaruvchining asosiy e`tibori chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning xossa va sifatini mukammallashtirishga qaratiladi. Ishlab chiqaruvchi yuqori sifatli tovar reklamaga muhtoj emas va u har doim o`z xaridorini topadi, degan konsensiyadan kelib chiqadi. Ikkinchi bosqichda yanada murakkabroq tip vujudga keladi – sotishni tashkil etish tizimi: “tovar - sotishni rag`batlantirish - iste`molchi”. Boshqacha qilib aytganda, noma`lum xaridor uchun chiqarilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini bozorga kiritish tizimi. U ko`proq talab va taklif nisbatan muvozanatda bo`lgan yoki taklif talabdan ozroq oshgan vaziyatga mos tushadi. Bozorda shunday holat yaratiladiki, unda xaridorlarga kerak bo`lgan tovarlar taklif ko`rinishida mavjud bo`ladi va sotuvchining vazifasiga axborat berish, xaridorni qiziqtirish va uni raqobatchilarning emas, balki o`zining tovarini sotib olishga undash kiradi. Bu holatda sotuvchi o`z qishloq xo`jaligi mahsulotlari reklamasiga, uning sotilishini rag`bantlantirishga, texnik xizmat ko`rsatishga va boshqa shunga o`xshash narsalarga qo`shimcha xarajatlar qiladi. Undan tashqari, sotuvchi uchun savdo – sotiqning samaradorligini oshiruvchi asosiy omil qishloq xo`jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilashdir. Uchinchi bosqich – bozor talablari va xaridorlarning aniq ehtiyojlari bilan ishlab chiqarish vazifalarining bog`liqligiga asoslanga ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish tizimining vujudga kelishi.bunday tizim quydagilarni o`z ichiga oladi: “bozorni o`rganish - fan yangiliklarini joriy etish - qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarilishi - talabni shakllantirish va sotishni rag`batlantirish - istemolchi”. Bu tizim “xaridor bozori” sharoitida qo`llanadi va ancha keng tarqalgan marketing konsepsiyasi hisoblanadi. Bunday holatda tovar aynan bozor uchun emas, balki talablari bir xil iste`molchilar gurihi uchun ishlab chiqariladi. Tavarlar individuallashtirilada va o`ziga xos ustunliklarga ega bo`ladi, buning ustiga , har bir fermer o`z qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorning aniq bir segmentida ma`lum va ustun bo`lishiga intiladi. Bundan oldin ahamiyatli bir tadqiqot ishi mavjud: bozor, uning muhiti yeste`molchilarning motivlari o`rganiladi, bozor segmentatsiyasi o`tkaziladi, qishloq xo`jaligi fermerining roqobat ustunligi va eng maqbul bozor segmenti aniqlanadi. Butun bir bu segment uchun bozor maqsadlari, marketing strategiyasi va dasturlari ishlab chiqiladi va bozorga qishloq xo`jaligi mahsulotlaring, narx, sotish va rag`batlantirish siyosati hisobiga qishloq xo`jaligi fermerining raqobatdoshligini mustahkamlash va ko`tarish maqsadida marketingga ta`sir o`tkazish tizimining me`yorlari tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Marketing tizimi yopiq emas, uning asosiy elementlari takrorlanishi va ketma – ketligi sharoitida ularning yangi, zamonaviy darajasi kuzatiladi. Bunday paytda marketing xizmati bir vaqtning o`zida turli qishloq xo`jaligi mahsulotlari bo`yicha har xil marketing tadbirlarini amalga oshirishi zarur bo`ladi. Qishloq xo`jaligi fermerining ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish va ilmiy – texnikaviy faoliyati bilan boshqarish konsepsiyasi sifatida marketing o`tgan asrning 60-70 yillarida vujudga kelgan (marketing tadqiqotlarining ilk kurtaklari 30- yillarning oxirida va bevosita ikkinchi jahon urishidan so`ng kuzatilgan). Uning paydo bo`lishi, birinchi navbatda, ilmiy – texnikaviy taraqqiyotning informatsion infratuzilma sohasidagi rivoji va qishloq xo`jaligi ichki boshqaruvining takomillashtirilishi hamda ko`pchilik tovar bozorlarida sotishni tashkil etish borasida bir qancha jiddiy qiyinchiliklarning vujudga kelishiga bog`liqdir. Ma`lum bir darajada marketing konsepsiyasi maqsadli bozorni aniqlash yo`li bilan raqobat kurashining ko`rinishini o`zgartirishga va uni silliqlashga yo`naltirilgan. Marketing qishloq xo`jaligi faoliyatining barcha jixatlari bilan to`liq boshqaruv tizimining muhim soxalaridan birini o`zida aks ettirgan holda moliyaviy, ta`minot tizimi, xizmatlarning tashkiliy tuzulganligi, kadrlar siyosati bilan boshqarishni o`z ichiga olib, unga faol ta`sir ko`rsatadi. Qishloq xo`jaligi marketingi uchun quydagi asosiy holatlar yoki tamoyillar mosdir: qishloq xo`jaligi biznesining iste`molchilar talablarigi qarab ish tutishi; segmentatsiya va maqsadli bozorni aniqlash; ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishning aktiv va potensial iste`molchilarning talablariga va bozor sharoitlarining o`zgarishiga moslashishi yoki egiluvchan ta`siri; yangiliklar kiritish; strategik rejalashtirish va boshqalar. Qishloq xo`jaligi fermerining iste`molchilar talablariga yo`naltirishi ko`p tajriba talab qiladigan ilmiy – amaliy, tadqiqot va analitik ishni, bozor ehtiyojini chuqur va har tomonlama o`rganishni, bozor muhiti va iste`molchining motivatsiyasini o`rganishni nazarda tutadi. Analiz uchun bozor hajmi, narxni tashkil etish tizimi, narx sur`ati, qishloq xo`jaligi mahsulotlarining iste`mol xususiyati, hamkor qishloq xo`jaligi fermerlari ishining qurilishi va uslublari spetsifikasi, sotishni tashkil etish kanallari, sotishni rag`batlantirish usullari, savdo ishining o`ziga mosligi va boshqalar kerak bo`ladi. Shu bilan birgalikda qishloq xo`jaligi mahsulotlarining turlari assortimenti taftishi, ishlab chiqarish quvatini, moddiy – texnikaviy ta`minot tizimini o`z ichiga oladigan ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish imkoniyatlario`rganiladi; kadrlar tarkibining strukturasi va malakasi darajasi, moliyaviy imkoniyatlar, sotishni tashkil etish va savdo xizmatini shakillantirish va faoliyati xarakterining shart – sharoitlari tahlil qilinadi. Bu tatqiqotlarningmaqsadi qishloq xo`jaligi fermerining bozorda olib borayotgan faoliyat strategiyasi taktitasini aniqlash va raqobatchilarga nisbatan ko`rroq omadga va afzallikka erishishini ta`minlashdir. Bozor, marketing muhiti va iste`molchilar xohishini o`rganishning asosiy uslubi so`rov, kuzatish, test va taqlid hisoblanadi. Keng miqyosli va sermashaqqat marketing tatqiqotining asosiy sharti – kompyuter texnikasi, bank ma`lumotlaridan foydalangan holda yaxshi jihozlangan va to`liq ishlab chiqilgan informatsion tizimdir. Segmentatsiya va maqsadli bozorni aniqlash qishloq xo`jaligi korxonalarning bir turdagi iste`mol xohishlari xarakteri va marketining ta`sir choralariga bir tipli reaksiyasi bilan ajralib turuvchi iste`molchilar guruhini aniqlashda namoyon bo`ladi. Asosiy maqsad – raqobatchi qishloq xo`jaligi fermerlari bilan taqqoslangan paytda ustunliklarga erishish, o`z xarakatlarining samaradorligini oshirish, ixtiloflarni va bozorda to`g`ridan – to`g`ri raqobat kurashi kuchayishining oldini olish. Undan tashqari, qishloq xo`jaligi fermeri imkoniyatlariga mos keladigan maqsadli bozor segmentining tanlovi ham ko`zda tutiladi. Bu tanlov qishloq xo`jaligi mahsulotlarining xarakatiga qarab intensiv marketing faoliyati amalga oshiradigan iste`molchilarning aniq guruhiga nisbatan bo`ladi. Segmentatsiya va maqsadli bozorni tanlash sotuv bozorlarining o`zlashtirilishi va kengaytirilishi sharoitida qishloq xo`jaligi fermerining xarajatlarini optimallashtirish va raqobatdoshlikni kuchaytirish vazifalari bilan bog`liqdir. Ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishning aktiv va potensial talab holatlarida bozor va iste`molchilarning aniq talablari, narx yoki boshqa shartlar bo`yicha hamda talab va laklifning egiluvchanligiga bog`liq holda qishloq xo`jaligi fermerining ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish faoliyatni boshqarishning harakatchanligi nazarda tutiladi. Bozor bilan doimiy aloqa, bozor segmentining o`zgarishini puxta o`rganish va iste`mochilar talablarining o`ziga xosligini tahlil qilish qishloq xo`jaligi fermerining barcha faoliyatida islohat o`tkazish va uni mukammallashtirishda asosiy yo`nalishlardan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda, ishlab chiqarishda va sotishda innovatsion jarayon faoliyatining shakl va usullari tashkiliy tuzilishi ham aniqlanadi. Moslashuv prinsipi qishloq xo`jaligi fermeri tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini individuallashtirishga bo`lgan yondashuvni talab qiladi. Bu tamoyil foydalanilayotgan asbob – uskunani faol mukammallashtirish va moslashuvchan ishlab chiqarish chiziqlari va qayta ishlash markazlarini ishlatishni nazarda tutadigan faoliyatning ishlab chiqarish va texnik sohasiga urg`u beradi. Innovatsiya boshqaruvning marketing konsepsiyasi prinsipi tarkibi sifatida ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish faoliyatini qamrab oladi. Birinchi navbatda u ishlab chiqariladigan qishloq xo`jaligi mahsklotlarini doimiy mukammallashtirish, tashqi ko`rinishini o`zgartirish va ularni yangilab borish, yanada mukammalroq texnologiya ishlarining yangi yo`llarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Innovatsion siyosatga yangi bozorlarga chiqishning yangi shakl va usliblarini joriy qilish, sotishni rag`bantlantirish va qishloq xo`jaligi mahsulotlavri uchun reklanma faoliyatiga yangiliklar kiritish, qishloq xo`jaligi fermeri, shirkat xo`jaligi boshqaruvida yangi xizmatlarni shakillantirish, tovar harakati va sotishni tashkil etish tarmog`ida yangi kanallarni aniqlash kabilar kiradi. Marketing faoliyatining prinsipi sifatida strategik rejalashtirish moslashuv prinsipi bilan chambarchas bog`liq hamda uning davomi va to`ldiruvchisi hisoblanadi. Strategik rejalashtirish prinsipi bozor bashoratlari va ilmiy – texnikaviy taraqiyot rivojining bashoratlariga asoslangan ishlab chiqarish – sotishni tashkil etish marketing dasturlarini tuzishni nazarda tutadi. Marketing dasturlari qishloq xo`jaligi fermeri va shirkat xo`jaligining oldiga maqsadlarni amalga oshirishiga qaratilganini, strategiyalar va me`yorlarni o`zida mujassam etadi. Ular muhim darajada tadbirkorlarni noqulay bozor munosabatlari sharoitida ishdagi risk darajasini kamaytiradigan, qishloq xo`jaligi fermerining rivojlanishiga qulaylik yaratadigan va ishlab chiqariladigan qishloqxo`jaligi mahsulotlarining sotilish ko`lami kafolati o`sishini ta`minlaydigan rejali boshqaruvning yangi usullarini shakillantirish nuqtai nazaridan o`ziga jalb qiladi. Qishloq xo`jaligi fermeri va shirkat xo`jaliklari ichidagi rejalashtirish marketing dasturlariga tayangan holda o`zining asosliligi va realligi bilan ajralib turadi va ma`lum darajada bozor raqobatining keskinligini yumshatishga xizmat qiladi. Download 29.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling