Shaxsiy himoya vositalariga
Shaxsiy himoya vositalarining turkumlanishi.
Quyida shaxsiy himoya vositalarining sinflari va turlari keltirilgan:
1.
Maxsus kiyimlar: kombinezonlar, yarim kombinezonlar, shimlar, kostyumlar, xalatlar, plashlar va
fartuklar. Izolyatsiya kostyumlari: pnevmokostyumlar, gidroizolyatsiyalovchi kostyumlar va skafandrlar.
2.
Nafas
olish
a’zolarini
himoyalovchi
vositalar:
gazniqob
(protivogaz)lar,
respiratorlar,
pnevmoshlemlar.
3.
Maxsus poyafzallar: etiklar, yarim etiklar, botinkalar.
4.
Boshni himoyalash vositalari: kaska, shlem, shapka, beret va shlyapalar.
5.
Qo‘lni himoyalash vositalari: qo‘lqoplar, yengcha, barmoqqa kiygichlar.
6.
Yuzni himoya qilish vositalari: himoyalovchi maskalar va himoyalovchi shitlar.
7.
Eshitish a’zolarini himoyalovchi vositalar: shovqinga qarshi shlemlar, quloqchin (naushnik)lar,
tiqinlar.
8.
Ko‘zni himoyalovchi vositalar: ko‘zoynaklar, shitlar.
9.
Saqlovchi moslamalar: saqlovchi belbog‘lar, dielektrik gilamchalar, tizzagacha va yelkaga kiygichlar.
10.
Dermatologik himoyalovchi vositalar: kremlar, surgi(maz)lar. pastalar, yuvish uchun moddalar.
Boshni himoyalovchi vositalar.
Qurilish, metallurgiya va boshqa sohalarda ishchilar boshini himoyalash maqsadida
himoyalovchi kaskalar keng qo‘llaniladi. Kaskalar boshni turli jaroxatlanishlardan asraydi
(saqlaydi). Ular ishchilar boshini mexanik ta’sirdan himoyalashda asosiy shaxsiy himoya
vositasi hisoblanadi.
Ko‘zni himoya qilish vositalari.
Himoyalovchi ko‘zoynaklar ko‘zni zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan:
qattiq jismlar, chang, suyuq va suyultirilgan metall sachrashidan, ultrafiolet, infraqizil,
radioaktiv va lazer nurlanishidan himoyalovchi shaxsiy himoya vositasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |