Axborotning muhim xarakteristikalaridan biri uning adekvatligi hisoblanadi. Axbortning adekvatligi – olingan axborot yordamida yaratilgan obrazning real ob`ekt, jarayon, hodisa va shunga o’xshashlarga mosligining ma`lum darajasi. Axborotning adekvatligi uchta shaklda ifodalanishi mumkin: semantik, sintaktik va pragmatik. Semantik (ma`noli) adekvatlik – ob`ektning uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axborotning ma`noli mazmunini hisoblashni ko’zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma`lumotlar tahlil qilinadi, ma`nolar bog’liqligi ko’riladi. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko’rsatish mumkin. Axbortning adekvatligi Sintaktik adekvatlik – axborotning mazmuniga tegmagan holda, uning rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajadagi axborotni ifodalash usulida axborot elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash kodining o’lchamlari, bu kodlarni o’zgartirish aniqliligi va ishonchliligi hisobga olinadi. Axborotning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sabali, bunday axborot ma`lumot deb ataladi. Axbortning adekvatligi Pragmatik (foydalanuvchanlik) adekvatlik – axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish sistemasi maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat axborot (ob`ekt), foylanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida namoyon bo’ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foylanish bilan bevosita bog’langan. Axborotni kodlash va fizik ifodalash usullari Axborotni qayta ishlashida qulaylik va samaradorlikni ta’minlash maqsadida ob’ekt nomini shartli belgi bilan almashtirish uchun kodlash sistemasi qo‘llaniladi. Kodlash sistemasi - ob’ektlarni kodli belgilash qoidalari majmuidir. Kod harf, raqam va boshqa simvollardan tashkil topgan alfavit asosida quriladi. Kodni xarakterlovchi tushunchalar - uning uzunligi va strukturasidir. Kod uzunligi koddagi o‘rinlar (pozitsiyalar) sonini, kod strukturasi - kodda simvollarning joylashish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |