Mexanik tebranishlar 1- mashq 1


Download 156.78 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi156.78 Kb.
#1152223
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-sinf. 3-chorak masalalari


Mexanik tebranishlar
1- mashq
1. Prujinaning bikrligi 40 N/m ga teng bo‘lsa, unga mahkamlangan 100 g massali jismning tebranish chastotasi qanchaga teng?
2. Prujinaga mahkamlangan 30 g massali jism 1 minutda 300 marta tebransa, prujinaning bikrligi qanchaga teng?
3. Prujinaga mahkamlangan jism biror T davr bilan tebranmoqda. Agar jism massasi 60 g ortsa, tebranish davri ikki marta ortadi. Jismning dastlabki massasi qanchaga teng?
2-mashq
1. Mayatnik 30 s ichida 24 marta tebranadi. Uning tebranish davri va chastotasi qancha?
2. Mayatnikning uzunligi 98 m. U qanday chastotada tebranadi? Agar mayatnik muvozanat holatidan 5° burchakka og‘ib tebransa, uning tebranish amplitudasi qancha?
3. Yerda 0,5 Hz chastotada erkin tebranadigan mayatnikni kosmonavtlar Oyga olib chiqishdi. Oy sirtida bu mayatnik qanday chastotada tebranadi? Oyda erkin tushish tezlanishi qiymati Yerdagidan 6 marta kichik.
4. Ikkita mayatnikni muvozanat holatlaridan og‘dirib, bir vaqtda quyib yuborildi. Osmasining uzunligi 4 m bo‘lgan birinchi mayatnik biror vaqt oralig‘ida 15 marta tebrangan. Ikkinchisi esa xuddi shuncha vaqt ichida 10 marta tebrandi. Ikkinchi mayatnikning uzunligi qancha?
3-mashq
1. Gorizontal mayatnik prujinasi uchidagi massasi 1 kg bo‘lgan yukka tebranish chastotasi 16 Hz bo‘lgan o‘zgaruvchan kuch ta’sir qiladi. Agar prujinaning bikrligi (elastikligi) 400 N/m bo‘lsa. bunda rezonans hodisasi kuzatiladimi?
2. Temir yo‘l vagonining xususiy vertikal tebranish davri 1,25 s ga teng. Relslarning ulanish joylarida vagonning majburiy tebranishiga sabab bo‘luvchi davriy urilishlar bo‘ladi. Tezlik qancha bo‘lganda vagon rezonansga uchraydi? Relsning uzunligi 25 m.
To‘lqinlar
4-mashq
1. Baliqchi to‘lqin do‘ngliklari yakorda turgan qayiq tumshug‘i oldidan har 6 s ichida utib turganini payqadi. U ikki qo‘shni do‘nglik orasidagi masofani o‘lchadi va bu masofa 20 m bo‘lib chiqdi. To‘lqin tezligini aniqlang.

Download 156.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling