Mexanika 1-laboratoriya ishi fizik kattaliklarni o`lchash. O`lchash xatoliklarini hisoblash Ishning maqsadi


Download 78.6 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi78.6 Kb.
#1126406
1   2   3
Bog'liq
1-Lab (2)

Bevosita o`lchash deganda-o`lchamlami jihozlar yordamida to`g`ridan to`g`ri aniqlash tushuniladi. Uzunlik-chizg`ichda, tarozida, og`irlik-tarozida, tok kuchi-ampermetrda va hokazo.
Bilvosita o`lchash-bevosita o`lchashdan olingan natijalarni mazkur kattaliklarni bog`lovchi biror tegishli (fizik kattaliklarni o`zaro bog`laydigan) formulaga qo`yib hisoblash tushuniladi.
Istalgan kattalikning haqiqiy qiymati va o`lchashdan olingan taqribiy qiymati orasidagi farq (ayirma) o`lchash xatoligi deb yuritiladi.
O`lchashda yo`l qo`yiladigan xatoliklar quyidagi turlarga bo`linadi.
Qo`pol xatoliklar yoki yanglishislilar — tajriba olib boruvchining e`tiborsizligi tufayli (qurilmaning ko`rsatkichini noto`g`ri ko`rish) yuzaga keladigan xatolar.
Sistematik xatoliklar — biror sabab ta`sirida yuzaga keladigan takrorlanuvchi (tarozi ko`rsatkichining nol nuqtada turmasligi) xatolar.
Tasodifiy xatoliklar kutilmagan sabablarga ko`ra (bino ichida haroratning ko`tarilib yoki pasayib ketishi) yuzaga keladigan va har qaysi o`lchashda turlicha sabablarga ko`ra, yo`l qo`yiladigan xatolar.
Bevosita o`lchashIarning tasodifiy xatoliklarini aniqlash
Ma`lumki, biror kattalikning o`lchangan qiymati, uning haqiqiy qiymatidan farq qiladi. Biror kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish uchun ayrim o`lchashlarda topilgan natijalarning o`rta arifmetik qiymati hisoblanadi:
(1)
Har qaysi o`lchash natijasi kattalikning o`rtacha arifmetik qiymatidan farq qiladi. Birorta o`lchash natijasining o`rtacha arif­metik qiymatidan ayirmasi (farqi) shu o`lchashning absolut xatoligi deyiladi:


………………….

(2)
O`lchash xatoligini to`laroq xarakterlash maqsadida nisbiy xatolik tushunchasi kiritiladi. Ayrim o`lchashning nisbiy xatoligi deb shu o`lchash absolut xatoligi Δxo`r ning, kattalikni o`lchashda topil­gan o`rta arifmetik qiymati xo`r ga nisbatiga aytiladi va u εxbilan belgilanadi:

formuladan ko`rinadiki, o`lchashning nisbiy xatoligi o`lchamsiz sondir.
O`lchashlarning nisbiy xatoligi odatda % larda ifodalanadi.



Odatda o`lchashlaming o`rtacha nisbiy xatoligi hisoblanadi. Demak, o`rtacha absolut xatolik Δxo`r ning o`lchanayotgan kattalikning o`rtacha arifmetik qiymati Δxo`r ga nisbati o`rtacha nisbiy xatolik deb ataladi.
Juda aniq o`lchash zarur bo`lmagan hollarda 5% gacha nisbiy xatolikka yo`l qo`yish mumkin deb hisoblanadi.

Download 78.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling