«Mexanika» fanining «Mashina detallari»
Download 1.48 Mb.
|
MMN javoblari
Podshipniklar.
Podshipniklar val hamda o ‘qlaming tayanchlariga o‘matilib, tayanch vazifasini o‘taydi, ya’ni tayanchga tushadigan kuchni bevosita qabul qiladi. Mashinalaming ishlashi va ishga chidamliligi podshipnikning sifatiga ko‘p jihatidan bogiiq. Shuning uchun podshipniklarni tanlash va ish jarayonida ularni kuzatib turish masalalariga alohida e'tibor berish lozim. Aylanayotgan val yoki o kq shiplari podshipniklarda ishqalanadi, shu ishqalanishning turiga qarab podshipniklar sirpanish podshipniklari bilan dumalash podshipniklariga bo'Iinadi. Shuningdek, har xil yo‘nalishda ta’sir qiladigan kuchlar uchun har xil podshipniklar ishlatiladi. Masalan, val o‘qiga tik ta’sir qiluvchi kuchlarni qabul qilish uchun radial podshipniklar; va! o ‘qi bo‘ylab yo‘nalgan kuchlarni qabul qilish uchun tirak podshipniklar; val o‘qiga tik hamda val o'qi bo‘ylab ta’sir qiluvchi kuchlar uchun radial-tirak podshipniklar ishlatiladi. Sirpanish podshibniklari. Sirpanish podshipniklarida sirpanib ishqalanish hodisasi sodir boiadi. Val va o'qlarining tayanchga mo'ljallangan qismi sapfa deyiladi. TSapfaning shakli silindrsimon, konussimon (9.1-rasm,a ,b), zoldirsimon (9.1-rasm, v) boMishi mumkin Tayanchlar val yoki o‘qning uchida joylashgan bo‘lsa ship (9.1a-rasm), o ‘rtasida joylashgan bo‘lsa bo'yin (9.1b-rasm) deb ataladi. Agar val yoki o ‘qning sapfasi ularning uzunligiga tik tekislikda joylashgan bo‘lsa, bunday sapfa tovon deyiladi (9.2-rasm). Yuqorida qayd etilgan sirpanish podshipniklaridan konussimon hamda zoldirsimon sirpanish podshipniklari nisbatan kam ishlatiladi. Sirpanish podshipniklari tuzilishi jihatidan ajralmaydigan va ajraladigan podshipniklarga bo‘linadi. Ajralmaydigan ichquymasiz podshipniklaming tuzilishi oddiy bo‘lib, vaqt-vaqti bilan ishlaydigan sekin harakatlanuvchi mashinalarda ishlatiladi Ajraladigan podshipniklar (9.4-rasm) korpus (1), ikki bo‘lak ichquyma (2), qopqoq (3) hamda mahkamlash uchun ishlatiladigan bo‘lt (4) dan iborat bo‘ladi. Sirpanish podshipnikning afzalliklari: katta tezlikda ishlatish mumkin; tebranma va zarb yuklanishlarda ham ishlatiladi; radial oMchamlari nisbatan kichik; podshipnikni ikki pallali qilib tayyorlash mumkin; tuzilishi oddiy va tannarxi arzon. Sirpanish podshipniklarining togrisida umumiy ma’lumotlar va tansifi. Sirpanish podshipniklarining shartli hisoblash . Sirpanish podshipniklarning ishga layoqatligi ichquymalarni yeyilishga chidamliligi bilan belgilanadi. Nim quruq va nim suyuqlik sharoitda ishlaydigan sirpanish podshipniklari shartli hisoblanadi. Bunda sapfa bilan ichquyma o'rtasidagi o;rtacha bosimning qiymati chegaralanadi. natijada moylashga sharoit yaratiladi. Dumalash podshipniklari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi Dumalash podshipniklarini hamma elementlari standartlashgan bo‘lib, dumalash elementlari uchun yoMakchalari bo‘lgan tashqi va ichki halqalar (1;2), dumalash elementi (3) (zoldir, rolik), dumalash elementlarini bir-biridan ajratib turadigan separator (4) (10.1-rasm)dm tashkil topgan. Dumalash podshipniklari ishlash jarayonida asosan bitta halqasi ko‘pincha tashqi halqa aylanmaydi. Dumalash elementlari esa shu maxsus yo‘lakchalarda harakat qiladi. Afzalliklari. Sarflanadigan moy miqdorining kamligi; uzunlik bo‘yicha oichamini sirpanish podshipniklarinikiga nisbatan birmuncha qisqaligi; rangli metall ishlatishni talab etmasligi; elementlarning yuqori darajada o ‘zaro almashuvchanligi; ishqalanish kuchi va unda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdorining kamligi; vallarning aylana boshlashi uchun zarur boMgan qo'zg‘atish momentining sirpanish podshipniklarga nisbatan (5-10) marta kichikligi. Katta seriya bilan tayyorlanganligi uchun tannarxi nisbatan arzonligi. K am chiligi. Diametri bo‘yicha oMchamlarini nisbatan kattaiigi; ishlash muddatining qisqaligi(chunki kontakt kuchlanishning qiymati katta); kam seriyali, yuqori aniqlikda tayyorlanadigan podshipniklar tannarxining yuqoriligi; katta tezlik bilan harakatlanganda shovqin bilan ishlashi. Dumalash podshipniklarining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling