Mexanika-mashinasozlik


Rektifikatsion kolonnalarni hisoblash


Download 1.25 Mb.
bet16/21
Sana02.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1147664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Modda almashinish

Rektifikatsion kolonnalarni hisoblash
Yuqoridagi aytib o‘tilgandek, sanoatda rektifikatsiya jarayonini amalga oshirish uchun turli kolonnalar ishlatiladi. Bu borada tarelkali kolonnalar eng samarali hisoblanadi. Misol tariqasida suyuqlikni o‘tkazish qurilmalari bo‘lgan tarelkali kolonnaning gidravlik hisobini ko‘rib chiqamiz.
Texnolog hisoblash natijasida rektifikatsiya jarayonining asosiy kattaliklari (bosim, harorat, suyuqlik va bug‘ning sarfi, kollonnadagi tarelkalar soni) aniqlanadi. Bu malumotlar gidravlik hisoblashlarga asos bo‘ladi. Gidravlik hisoblar kolonna va tarelkalar asosiy ish o‘lchamlarini tanlashga yordam beradi. Kolonnada tegishli gidravlik rejim tashkil qilinsa, bu holda kerakli ish unumiga va apparatning samarali ishlashiga erishiladi.
Kolonnadagi bug‘ning chiziqli tezligi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:

Bug‘ning massaviy tezligi esa ushbu tenglama bo‘yicha topiladi.

Bu yerda: G – kolonna erkin kesimidagi bug‘larning massaviy tezligi; kg/ m2soat; – bug‘ va suyuqlikning zichliklari, kg/m3, stuzatish koeffitsienti, uning qiymati tarelkaning tuzilishiga, tarelkalar oralig‘idagi masofaga (odatda bu masofa 0,2 ..... 0,8 m atrofida bo‘ladi) va suyuqlikning sirt tarangligiga bog‘liq.
Kolonaning diametri quyidagi tenglama bo‘yicha topiladi:

bu yerda: Gb bug‘ miqdori, kg/ soat.
Apparatning aniqlangan diametri eng yaqin standart qiymatgacha yaxlitlanadi va suyuqlikni o‘tkazish qurilmalari hisoblangandan so‘ng solishtirib ko‘riladi.
Suyuqlikning bir tarelkadan keyingisiga qo‘yilishi uchun moslangan qurilmalarni hisoblashda 6.9– rasmda ko‘rsatilgan sxemadan foydalaniladi.
Bunda Sk > lk shart bajarilishi kerak, bu yerda Sk - o‘tkazish qurilmasi yuqorigi qismning kengligi; lk – o‘tkazish to‘sig‘idan o‘tib, otilib tushayotgan suyuqlik oqimning kengligi.
Otilib tushayotgan suyuqlik oqimning kengligi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:


bu yerda: = h0ω1; Kpo‘tkazish qurilmasi balandligi zapas koeffitsenti; Kp ning suyuqlikning ko‘piklanish darajasiga bog‘liq:
Ko‘piklanish darajasi.......................…...................................... Kp
Kam ko‘piklanadigan suyuqliklar……......…………..................1,25 – 1,50
Kuchli ko‘piklanadigan suyuqliklar……………….....…............2,5 – 3,0

Quyilish chuqurchasi yuqorigi qismning kengligi quyidagicha qabul qilinadi:


Sk ≥ (1,5 – 2,0) lk



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling