Mexanika-mashinasozlik


-rasm. Uzluksiz ishlaydigan reaktor


Download 1.25 Mb.
bet18/21
Sana02.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1147664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Modda almashinish

5.1-rasm. Uzluksiz ishlaydigan reaktor


Reaktorlarni hisoblash
Reaktorning asosiy o‘lchamlari (hajmi, fazalarning to‘qnashish yuzasi) quyidagi umumiy nisbatdan aniqlanadi:

bu yerda M - kimyoviy o‘zgarishga uchragan yoki bir fazadan ikkinchisiga o‘tgan material miqdori (o‘zatilayotgan yoki ajratib olinayotgan issiqlik miqdori); D - jarayonning harakatga keltiruvchi kuchi; K - jarayonning tezlik koeffitsienti.
Kimyoviy jarayonning qaysi omili hal etuvchi bo‘lishiga qarab, reaktor asosiy o‘lchami jarayon davomiyligi (agar jarayon kinetik zonada bo‘lsa), moddaning bir fazadan ikkinchisiga tarqalish tezligi (agar jarayon diffuzion zonada bo‘lsa) yoki issiqlik uzatilishi (ajratib olinishi) orqali aniqlanadi. Oxirgi ikki usulda esa, reaktor xuddi issiqlik va massa almashinish qurilmasi kabi hisoblanadi. Bundan keyin, faqat jarayon davomiyligi orqali reaktorlarning asosiy o‘lchamini hisoblashni ko‘rib chiqamiz.
Davriy, ideal aralashish reaktorlari. Eng oddiy reaktor zmeevik yoki g‘ilofli qozon va aralashtirgichlardan tarkib topgan bo‘ladi. Aralashtirgich aralashmani intensiv qorishtiradi va hajmning istalgan nuqtasida bir xil konsentratsiya bo‘lishini ta’minlaydi, ya’ni konsentratsiya faqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi.
Reaktorlarni hisoblash uchun quyidagi parametrlar berilgan bo‘ladi: vaqt birligidagi ish unumdorligi va jarayon davomiyligi . Agar, jarayon davomiyligi  topib olinsa, qurilmada bir sutkada ishlab chiqariladigan mahsulot partiyalarining soni ni aniqlash juda oson.
 ni soatda ifodalab, quyidagi nisbatni olamiz:



Bir sutkada ishlab chiqariladigan partiyalar soni esa ushbu nisbatdan topiladi:



bu yerda Vsut – bir sutkada qayta ishlanayotgan materialning hajmi.


(5.17) va (5.18) tenglamalardan quyidagi bog‘liqlikni topish mumkin:





bu yerda n - parallel ishlayotgan qurilmalar soni.

Agar, qurilmalarning ishchi hajmi Va ni qabo‘l qilib olsaq, qurilmalar soni n ni aniqlash mumkin. Agar, bitta qurilma (n=1) qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lsa, unda (9.57) tenglamadan uning ishchi hajmini aniqlash mumkin:






Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling