Mexanika-mashinasozlik


Download 1.25 Mb.
bet1/21
Sana02.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1147664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Modda almashinish




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


MEXANIKA-MASHINASOZLIK
fakulteti


5320300- “Texnologik mashinalar va jihozlar”
yo‘nalishi talabalariga

Kimyo sanoati mashina va jihozlari”


fanidan


AMALIY MASHG‘ULOTLARNI
bajarish uchun
II QISM
U S L U B I Y
K O‘ R S A T M A L A R
F a r g‘ o n a – 2022

O‘zbekiston Respublikasi


Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Farg‘ona politexnika instituti


Mexanika-mashinasozlik fakulteti

5320300- “Texnologik mashinalar va jihozlar”


yo‘nalishi talabalariga

“Kimyo sanoati mashina va jihozlari”


fanidan
AMALIY MASHG‘ULOTLARNI
bajarish uchun


U S L U B I Y K O‘ R S A T M A L A R
II QISM

FarPI Uslubiy


Kengashi tomonidan tasdiqlandi
«____» son majlis bayoni «____» ___________ 2022 y.
F a r g‘ o n a - 2022

Uslubiy ko‘rsatma«Texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi uslubiy seminarida «___» _________ 2022 yil kungi «__» - son majlis bayoni bilan ma’qullangan


Kafedra mudiri: t.f.d.prof. Tojiev R.J.


Uslubiy ko‘rsatma Mexanika-mashinasozlik fakulteti o‘quv uslubiy komissiyasida «___» _________ 2022 yil kungi «___» - sonli majlis bayoni) ma’qullangan va nashr etishga tavsiya etilgan.


Kamissiya raisi: t.f.d.prof.Tojiev R.J.


Tuzuvchilar:


ass: Isomiddinov A.S.
ass: Madaminova G.I.

Ushbu uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan mavzular O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan professional Oliy ta’lim Davlat standartlari asosida 5320300- “Texnologik mashinalar va jihozlar” yo‘nalishi talabalariga “Kimyo sanoati mashina va jihozlari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun fanning namunaviy dasturi mazmuniga mos keladi.


Uslubiy ko‘rsatmada kimyoviy materiallarni ishlab chiqarish sanoatidagi mashina va apparatlarning konstruktiv va texnologik hisoblarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Taqrizchi: dots. Polvonov X.

So‘z boshi


“Kimyo sanoati mashina va jihozlari” fanida xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari sanoat korxonalaridagi xomashyoni kimyoviy yo‘l bilan tayyor mahsulotlarga aylantirishda texnologik chiziqlaridagi mashina va apparatlarning tuzilmalari, ularning ishlash, hisoblash va loyihalash asoslari keltirilgan.
5320300 “Texnologik mashinalar va jihozlar” (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chiqariladigan bakalavrlar o‘z mehnat faoliyatlarida ishlab chiqarish, texnologik, loyihalash-konstruktorlik va tajriba – tadqiqot ishlar bilan shug‘ullanishadi. Bakalavrlar texnologik mashinalar va jihozlarni loyihalash, konstruksiyalash va ishlatishni mukammal bilishi kerak. Bu ishlarni bajarish uchun mutaxassis albatta texnologik mashinalarda kechayotgan jarayonlarni, ularning ishchi rejimlarini tanlash xususiyatlarini, xomashyo va yoqilg‘i – energetik manbalarni ratsional ishlatish va atrof muhitni muhofaza qilish masalalarini chuqur anglashi zarur.
Bu mutaxassisliklar xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga taalluqli bo‘lib, birinchi qarashda bir-biridan juda katta farq va uzoq turganga o‘xshaydi. Lekin aksariyat ko‘pchiliklari sanoat ishlab chiqarish sohalariga kirishadi va sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkil etishning umumiy qoidalariga javob berishadi (mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo, energiya manbalari, mexanik asbob-uskunalar va mashinalar, ishchi kuchi va hokazo).
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlarning asosini shakllantiruvchi qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib kelinmoqda. Bular asosida “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risisda”gi qonunlar alohida o‘rin tutadi. Bu qonunlardan kelib chiqadigan vazifa ta’lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutadi. Bular munozara darslari, texnika muzokaralari, ishbilarmon o‘yinlar, muammoli holatlarni, keys stadilarini yechish va hokazolardir. Ushbu usullar talabalarning ijodiy faolligini oshirishda, texnik - iqtisodiy masalalalarni hal qilishda, mummoni hal qilishning eng maqbul yo‘llarini topishda yordam beradi.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling