Mexanika-mashinasozlik


Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar


Download 1.25 Mb.
bet14/21
Sana02.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1147664
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Modda almashinish

Rektifikatsion kolonnalarni hisoblash va loyihalash

4.1 Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar


Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qo‘llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo‘lib, aralashma qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil bo‘lgan bug‘lar rektifikatsion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o‘tadi. Bug‘ kolonna buylab ko‘tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib boradi. Deflegmotordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o‘z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug‘ fazasiga beradi. Bug‘ va suyuq fazalarning bir necha bor o‘zaro kontakti natijasida bug‘ fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan to‘yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat qilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.
O‘rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi masofa 450 mm dan kam bo‘lmagan qiymatda qabul qilingan.



4.1- rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilma sxemasi
1-haydash kubi; 2-rektifikatsion kolonna; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5-sovitkich; 6,7-yig‘gichlar.

Kolonnaning yuqorigi qismidan bug‘lar deflegmatorga o‘tadi va u yerda to‘la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug‘lar to‘la kondensatsiyalanganda hosil bo‘lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan so‘ng, yig‘ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to‘xtatiladi, qoldiq tushiriladi va sikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo‘lishini uning qaynash haroratiga qarab aniqlanadi(6.1-rasm).




4.2 Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar

Bunday qurilmalar sanoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmaning prinsipial sxemasi 4.2– rasmda ko‘rsatilgan Qurilmaning asosiy apparati rektifikatsion kolonnadir. Kolonna silindrsimon shaklda bo‘lib, uning ichiga tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan bo‘ladi.






Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling